Yomon so'z so'zlovchiga oiddir
Mana shu jumla ko'p vaziyatlarda meni xotirjam qildi.
Sizni so'kadi. Haqorat qiladi. Yomon so'zlar ishlatadi.
Qizishib biz ham so'kishimiz kerakmi?
Loy kartoshkani ushlasangiz qo'lingiz loy bo'ladi. U kartoshkani o'zidan.
Siz ham unga loy otmaysizku?
Xuddi shuningdek, odamlarning yomon so'zlari o'zlariga oiddir.
So'zlari asl yuzlarini ko'rsatyapti.
Siz ham asl yuzingizni ko'rsating.
Lekin sizning asl yuzingiz ham ularnikidek loy emas, "loylar"ni tozalovchi bir pok suv bo'lsin.
@Sarvar_Nazarboyev

5🔥14❤🔥7⚡6
Shukur va noshukurlik o'rtasini topamiz
Qahramonimiz bir chalkashlikka duch keladi.
Shukur qilib o'tirsam, rivojlanmay qolamanku? Odamlar to'xtab qolma, yanada ko'prog'iga erish deyapti.
Lekin kattalar boriga shukur qil, deydi. Nima qilay?
Ovqatimiz zo'r chiqishi uchun, qozonga ham shukurni, ham noshukurlikni solishimiz kerak bo'ladi.
Harakatlarimizdan rozi bo'lmaymiz. Amallarimizni kam sanaymiz. Bu borada noshukurlik rejimini yoqamiz.
O'zimizdan norozi bo'lamiz.
Natijalarga esa shukur qilish. Nima bo'lishidan qat'iy nazar. Chunki, ish tugab bo'lgan.
Harakatlarimizdan qoniqish — rivojlanishdan to'xtab qolishga olib boradi.
Natijalarga shukur qilmaslik — siqilishga olib boradi.
Bu borada bir duo eshitgandim:
Xulosa aniq: harakatlarimizdan qoniqmaymiz, natijaga shukur qilamiz.

"O'zgartira oladigan narsalarimni o'zgartirishga quvvat ber. O'zgartira olmaydiganlarimni qabul qilishga sabr ber. Va ikkisini farqlashga hikmat ber"
Xulosa aniq: harakatlarimizdan qoniqmaymiz, natijaga shukur qilamiz.
@Sarvar_Nazarboyev
💯18❤🔥5⚡4
Ko'rinmaydigan yaxshiliklar
Mansab/pul odamni buzmaydi. Uning asl yuzini ko'rsatadi.
Puli yo'q odam uni isrof qila olmaydi. Mansabsiz odam ishchilarga qo'pollik qila olmaydi shundoq ham.
Kuzatganlarimning ko'p qismida mansab va boylik ularning salbiy jihatlarini ochib bergan.
Kibr, isrof, maqtanchoqlik, zulm ko'paygan.
Endi, ko'tarilsa ham o'zgarmaydiganlar bor. Sanagan ishlarimizni qilmaydi.
Qilinmagan ish bizga ko'rinmaydi. Nuqta shu yerda: "yomonlikdan tiyilish ham yaxshilik"
Yaxshi ishlar qilishdan ko'ra, yomondan tiyilish qiyinroq.
Ustozim aytgandilar: "Allohga farzlarni bajarishdan ham ko'ra, gunohlardan tiyilish ko'proq yaqinlashtiradi", — deb.

🔥16❤🔥6💯4⚡1
Dedilar: "ilm yo'li mashaqqatli yo'l. Unda boringni bermasang, hech narsa ololmaysan."
Buyuklar manoqiblarida o'qidim:"Ular ilmdan olgan lazzatichalik boshqa hech narsadan lazzat olishmagan."
Savol tug'iladi: ilm lazzatlimi, mashaqqatlimi?
Yordamga baliq tutish misoli keladi:
Mashaqqatli: Qarmoqlarni olib, anhorga borasiz. Baliq ovlaysiz. Olib kelasiz. Tozalaysiz. Pishirasiz.
Rohati: yeganda.
Demak, ilmning rohati – uni ishlatganda ekan. Unga amal qilganda. Boshqalar qilgan xatoni ilm sababli qilmaganda.
Ilm sababli to'g'ri va xotirjam yashashga o'tganda.
Baliqdan farqi, baliq tugaydi. Ilm uni ishlatishingiz bilan, ko'payadi.

3💯11❤🔥5⚡4🔥1
Yozishga mavzu topa olmay qoldim. O'zimga savol berdim:
"Nimani ertaroq bilmaganimga afsuslanaman?"
Bir necha javoblar keldi.
Postimizdagi 1-nazariya shu: Yozishga g'oya kelmasa, tepadagi savolni ber.
2-qism
Menda shu savolga kelgan javob: xato ishlarda o'zimni aybdor qilish.
Avtohalokatlarni o'rgangan Robert Makkun 75% holatlarda ishtirokchilar boshqalarni ayblagan. Bir necha mashina to'qnashgan vaziyatlarda esa 91% odam aybni boshqaga ag'dargan.
Siyosatni, jamiyatni, odamlarni, quruvchilarni, hayvonlarni ayblashadi.
Aybdor izlagan, doimo aybdor topadi.
Yomon tomoni: xato to'g'rilanmaydi. Kelajakda yana takrorlanadi. Biz ham o'smagan bo'lamiz.
O'zimizni ayblasak — xato to'g'rilanadi. Boshqa taktorlanmaydi. Ukalaringga esa shu xatoni qilmaslikni o'rgatasan
Bu postni, doimo boshqalarni aybdor qilib yuradigan do'stingga jo'natsang ham bo'ladi:)
@Sarvar_Nazarboyev
"Nimani ertaroq bilmaganimga afsuslanaman?"
Bir necha javoblar keldi.
Postimizdagi 1-nazariya shu: Yozishga g'oya kelmasa, tepadagi savolni ber.
2-qism
Menda shu savolga kelgan javob: xato ishlarda o'zimni aybdor qilish.
Avtohalokatlarni o'rgangan Robert Makkun 75% holatlarda ishtirokchilar boshqalarni ayblagan. Bir necha mashina to'qnashgan vaziyatlarda esa 91% odam aybni boshqaga ag'dargan.
Siyosatni, jamiyatni, odamlarni, quruvchilarni, hayvonlarni ayblashadi.
Aybdor izlagan, doimo aybdor topadi.
Yomon tomoni: xato to'g'rilanmaydi. Kelajakda yana takrorlanadi. Biz ham o'smagan bo'lamiz.
O'zimizni ayblasak — xato to'g'rilanadi. Boshqa taktorlanmaydi. Ukalaringga esa shu xatoni qilmaslikni o'rgatasan
@Sarvar_Nazarboyev
🔥9⚡1💯1
Kamina uchun bu noyob "Sirkachi" romanidan olgan xulosa va yangiliklarim juda ko'p bo'ldi. Hali kitobni to'liq tugatmadim. Kecha kechqurun 17-bobni o'qib tugatdim.
Faqat shu bobdan olgan xulosalarimni ulashaman:
Eshon oyim haqiqatda ilmli, hikmatli, ulug' bir ayol edi. Onalarga, qaynonalarga, xotinlarga haqiqiy ibrat qilib ko'rsatishga arziydi.
Qizi qaytib kelganida hozirgi zamonamiz onalari nima qilishini tasavvur qilsak: kuyovni uyiga befarosatlarcha bostirib boradi, uni so'kib, yetmaganiga ajrashtirish payiga tushadi. Inson bu qiz o'ziniki emasmi degan o'y bilan hayratga tushadi. Qizini battar gij-gijilaydi. Oraga sovuqchilikni battar tushiradi.
Eshon oyim esa, qizidan so'raydi: "och qoldingmi, kiyimsiz qoldingmi?". Qizining har bir shikoyatiga o'rinli javob beradi.
Qizi mediadagi yolg'on romantikalariga, g'arbning asli sarob bo'lgan "baxtli" hayotiga qiziqib yurgani yaqqol ko'rsatib berilgan edi. O'zining haqiqiy yo'lini, haqiqiy vazifasini unutgan edi.
Eshon oyim ayol kishining dunyoga kelishdan maqsadini yaxshi anglagan va qiziga buni tushuntirardi.
Eshon Oyimning tushidagi gavhar, taxminimcha Ma'suda bo'lsa kerak.
Men uchun yana bir yanglik bo'lgani, kuyovning hadyani qabul qilish jarayonidir. Ayol kishi, qaynona hadya berganda yigit kishiga uni olish, yo "kerak emas, qo'yavering" deyish bir qadar o'ngaysizlik tug'diradi. Kuyovning hadyani olib, duoni qilib, o'sha pulga yana o'zidan pul qo'shib qaytarib Eshon oyimga bergani va duo so'ragani esa o'zgacha bir munosabat bo'ldi.
Musulmon inson hikmatli bo'lishi, boshqalarni o'zidan yaxshi deya gumonda bo'lishi shu sahnada yaqqol ayon bo'ldi.
Ma'suda Eshon oyim bergan mo'tabar kiyimlarni kiyganida naqadar nurli bo'lib ketdi. Ayol zotiga eng munosib kiyimlar edi u.
Onasi ko'rib xursand bo'lgani, agar oldin shunday holat bo'lganida qizini bu kiyimdan qaytarib, ochiqroq kiyintirishga urinishi aytiladi. Lekin ona unday qilmadi. Sabab qilib qalbning poklanganligi, qalb poklanishiga esa salavot va isitg'for tufayli erishilgani ko'rsatib berildi. Naqadar ajib.
Yana ibrat olsak bo'ladigan parchalardan biri bu Eshon oyim qizining qanday kitoblar o'qiyotganini ko'zdan kechirishidir. Hozirgi onalarni aldash oson, qizlar istalgan g'oyasi buzuq kitoblarni o'qib ketaveradi. Onalar qizim kitob o'qiyapti deb, xursand.
Bolalarimizni nima bilan zaharlashayotganini bilay deb, Eshon Oyim qarshi kuchlarning ham kitoblarini o'qigan edi. Qizini ana shu kitoblarni o'qib o'tirganini ko'rib, u kitoblarning mohiyatini, asli qanday kitoblar o'qilishi kerakligini tushuntirishi hozirgi onalar uchun yuksak ibrat namunasi bo'ladi.
Nikoh to'yi. Orzu havas, qimmat kiyimlar, dabdabali to'y, musiqa. Ularsiz ham bemalol to'y o'tishini Eshon oyim isbotlab berdi.
Qizining ustiga kuyoviga yana bir kundosh kelin olib bergani meni hayratda qoldirdi.(shogirdi Ma'sudani kuyoviga beradi. Negaligini esa, kitobni o'qib bilasiz)
Shu ishi bilan Eshon oyimning haqiqiy hikmat sohibi ekanligi ayon bo'ldi. Kuyovning ilmli, Allohdan qo'rqadigan, solih inson ekanligi, ikki ayolga adolat qila olishiga ko'zi yetgani uchun ham shunday qildi.
Bu atigi bitta bob uchun bir o'tirishda yozganlarim. Butun kitob xulosasini yozsam, kitobdan ham ko'payib ketarmikin balki))

3❤5🔥3⚡1