Ovqatlanayotganda foydali video ko'rsa bo'ladimi?
Qanday qilib kam vaqtda to'yib uxlash mumkin?
Hammasini qilsa bo'ladi. Lekin sen undan oldingi ishlarni qoyillatib qo'y.
Uyquni kamaytirishdan oldin, uyg'oqlikdagi ishlaringni sarhisob qil.
Ovqatlanayotganda ham vaqtni foydali o'tkazaman deysan. Undan tashqari vaqtlardagi behuda ishlaringni kim yo'qotadi?
Bekorchi suhbatlar, befoyda reelslar, tinimsiz chatlar.
Kuning shunchalik bandmiki, tabiiy ehtiyojlardan (uyqu, ovqatlanish) kesmoqchi bo'lasan?
Uyqu vaqtingni emas, uyg'oq vaqtingni ko'proq sarhisob qil.
@Sarvar_Nazarboyev

🔥31💯20❤🔥6⚡4
Hamma narsani biladigandan qoching.
Biznes qilib ko'rmagan – muvaffaqiyatli biznes qurishni o'rgatadi.
Oila qurmagan. Baxtli oila qurish haqida gapiradi.
Siyosatda ishlamagan. Davlatni qanday boshqarish kerakligini aytadi.
Bilmaganlarimiz haqida juda ko'p gapiramiz.
Tepadagi sohalar o'ylaganimizdan ancha chuqur. Boshqacha.
Biznes ichida yurganlar biladi: aksariyat biznes trenerlarning gaplari qanchalar kulguli.
Xulosa – 1. Gapirishdan oldin savol bering: bu mavzuga loyiqmanmi? Yo'lini bosib o'tganmanmi?
Xulosa – 2: Tinglovchisiz. So'zlovchi bu mavzuga loyiqmi? O'zi real hayotda qilib ko'rganmi?

💯19⚡6❤🔥6
Butun dunyo sizni tinglayotgan bo'lsa nimani aytardingiz degan savol bo'lar edi.
O'zni taftish qilish degan bo'lardim.
Kamina taftishni mo'jizaligini unga amal qila boshlagach sezdi.
Jamiyatni isloh qilaman deydiganlar mana shu yo'l orqali ketsa, yutadi.
Jamiyat – har bir inson o'zini o'nglashni boshlagach, yuksaladi.
Imom Shofe'iy hazratlaridan ham bu darajaga qanday erishdingiz deganlarida:
– degan ekanlar.
Boshqalarni tahlil qilayotganimiz, o'zimizni unutganimizni bildiradi.
Kaminangiz Obsidian dasturini ma'qul ko'radi. Daftar ham bo'laveradi. Muhimi har kuni.
Oddiy. Ertalabdan boshlab nima qilganlarini eslaydi. Qayerda xato qilganini va aslida qanday qilish kerak edi, yozadi.
Taftish – oynadir. Kirlarimizni ko'rsatadi. Ko'rmasak tozalay olmaymiz. Ko'rish uchun yozish kerak.
Har kuni 15-30 daqiqa yetadi.

"Men o'zimni taftish qilish bilan band bo'ldim, boshqalarni tahlil qilishga vaqtim qolmadi"
– degan ekanlar.
Boshqalarni tahlil qilayotganimiz, o'zimizni unutganimizni bildiradi.
Kaminangiz Obsidian dasturini ma'qul ko'radi. Daftar ham bo'laveradi. Muhimi har kuni.
Oddiy. Ertalabdan boshlab nima qilganlarini eslaydi. Qayerda xato qilganini va aslida qanday qilish kerak edi, yozadi.
Taftish – oynadir. Kirlarimizni ko'rsatadi. Ko'rmasak tozalay olmaymiz. Ko'rish uchun yozish kerak.
Har kuni 15-30 daqiqa yetadi.
@Sarvar_Nazarboyev
🔥23⚡6💯5😁1
Paradokslar yutadi.
Sodda bo'l. "Шустрый" ham bo'l.
Muloyim bo'l. Qattiqqo'l ham bo'l.
Saxiy bo'l. Pulingni yaxshi tejovchi ham bo'l.
Seni bilib olish oson bo'lsin, sindirish imkonsiz.
Ruhiyatga ishla. Daromadga ham.
Qattiq ishla. Dam ham ol.
U tomonni manfaatini o'yla. O'zing ham manfaatsiz qolma.
Haqqingni berib qo'yma. Halim ham bo'l.
Shukur qil. O'zindan norozi ham bo'l.
Paradoks – mo'jizalar sodir bo'ladigan joy.
O'zingni dunyo qurgan qutilarga solib qo'yma.
Qutida qolib o'zini cheklaganlar, ko'p foydalardan mahrum qoladi.
Ikki qarama-qarshiliklar orasida – bir uzun arqon bor. Ko'pchilik unga yaqinlashmaydi ham.
Buyuklik – ana o'sha arqonda yugurishdan keladi.
Arqonni top. Yugur. Miyang chalkashdi. Zo'r tushunibsan.
@Sarvar_Nazarbayev

🔥22⚡10💯8
Qanday qilishni bilish muhim emas. Undan ham muhimi topildi
IELTS 9.0 ball qanday olishni 2023-gacha hech kim bilmagan deb o'ylaysizmi?
Bekzod akadan keyin bir yil ichida 30 odam oldi.
Bilisharmikin?
Odamlar bilan qanday chiqishib ketsa bo'ladi deyishadi.
Kitoblar o'qidim, baribir qilolmayapman deydi.
Yagona javobim – shu ishni qilayotgan odamni kuzating.
Jinoyatning oshkor qilinishi uni yana ham ko'payishiga olib kelishi mumkin. Copycat effekt
Bu qoidaning yaxshi tomonini olamiz: Qilishni xohlaydigan ishlarimizni qilayotgan odamlarni izlaymiz.
Zo'r yozuvchilarni, zo'r muomila qiladiganlarni, zo'r o'rgata oladiganlarni, zo'r pulni boshqaradiganlarni...
Qayerdan topamiz? Men topdim. Demak qoidamizga ko'ra siz endi topasiz:)
Toping. Kuzating. O'rganish o'z-o'zidan keladi.

🔥20⚡9💯6
Nyutonning o'rgatish bo'yicha ajoyib bir usuli bor ekan.
Nima deb o'ylaysiz? Qanday usul?
1...
2...
3...
Javobni topishni o'quvchini o'ziga qo'yib berish.
Maktabda geometrik teoremalarni ustozim mustaqil isbotlashimni topshirardi.
Hech kimdan so'ramasdan miyam qiynalib topganlarim uzoq esimda qolgan.
Tinchgina biror ustozdan so'rab topib qo'yganim – bir hafta ham esimda turmagan.
Muammo, savollar, fikrlar kelganda GPT, Google'ga yugurmasdan, dastlab miyamizni o'zidan qidirsak, yanayam esda qolarli bo'larkan.
Brunerning tadqiqotida ham Matematika, fizika, dasturlash, falsafa, mantiq sohalarida bu usulni samarali ishlashi isbotlangan
Miya javobni topib berishi muhim emas. Keyin topib olaveramiz.
Muhimi miyaning javob izlab qiynalishidir.

❤🔥11🔥7💯3⚡2
Tushunmagani qimmatga tushadi.
Rahbarini tushunmaydi. Jazolasa, qattiqqo'l deb noliydi. Ishdan ketadi.
Rahbar natijaga javobgarligini anglaganida edi.
Ota-onasini tushunmaydi. Ularni yomon ko'rib yuradi.
Ota-onalar farzandiga faqat yaxshilikni ravo ko'rishini bilganda edi...
Turmush o'rtog'ini tushunmaydi. Er ayolini, ayoli erining ko'zi bilan dunyoga boqa olmaydi. Ajrashib ketishadi.
Umuman, odamlarni tushunmaydi. Hammani ahmoq deb o'ylaydi. Nega unday bular deb siqilib yuradi.
Tepadagi hamma muammolar o'zidan boshqani tushuna olmaslikdan. Dunyoga faqat bitta perspektiva (nazar) bilan qarashdan.
Tushuna olish qamrovimiz qancha keng bo'lsa — shuncha yaxshi.
Boydan tortib qorovulgacha, yosh boladan tortib qariyagacha tanishlari bor odamning omadi kelibdi. Har birini eshitadi, tushunishga harakat qiladi. Qamrov kengayadi. Ularning ko'zlari bilan dunyoga boqa oladi.
Ogohlik: Boylardan dunyoga muhabbat, axloqsizlardan axloqsizlik, bolalardan ularga o'xshab qolish, amaldorlardan mansabga havaslik yuqib qolmasin.
Dunyoqarashini bilib oladigan darajada suhbatlashish kifoya.
Dunyoga faqat o'zining nazari bilan boqqanlar doim siqilib yashagan. Tushuna olganlarning yutqazganini hech ko'rmadim.

⚡14❤🔥8💯6🔥2
Bir narsani kuzatdim do'stlar.
O'qishga kirib namoz boshlayman degan sinfdoshlarim, birortasi boshlamadi. Mana 4-kurs bo'lishdi.
Maktab vaqti boshlab yuborganlar, hozir ham o'sha yo'lda.
Oyligi 1 million vaqti ham ehson qilib yurganlar, 10 million topganda ham qilyapti.
5 million topib, kelajakda ko'proq topsam, shunda qilaman deganlar, mana 3 barobar ko'p topishyaptiki — ehsondan darak yo'q.
Do'konlarda ishlaganman deb bir yigit keldi. Ishni qoyillataman dedi. 1 haftada asl yuz ko'rindi. Bo'shab ketdi. Oldingi joyidan ham ishini pachoq qilgani uchun bo'shagan ekan.
So'zlar aldamchi. Kimligini amallar ko'rsatadi.
Xulosa:
1. Yaxshi amallarni kelajakka surmang. Kelajakda bajara olishingiz kafolati — hozir imkon yo'g'ida ham oz-oz bajarishingizdir. Keyin avtomat bajarasiz. Ehson, kitob o'qish, sport va h.z
2. Gaplariga ishonmang. Oldingi amallariga qarang. Kichkina bo'lsa ham, bo'ynidagi vazifalarini zo'r qilganmi, endi kattaroq vazifa bersangiz ham qoyillatadi.

3⚡25❤🔥15🔥12💯6😁1
O'zim aytaman, amal qilmayman.
Intizomga targ'ib qilaman, o'zim intizomsizman.
Nafsingni yeng deyman, o'zim nafsimga yengilaman.
O'qi deyman, o'zim o'qimayman.
O'zingni taftish qil deyman, o'zim taftish qilmayman.
O'zimda shu qadar ko'p ayb-u nuqsonlar bor ekan, boshqalarni ayblarini kavlashga qayerdan vaqt topay?
Boshqalarga aql o'rgatishga qayerdan kuch topay?

🔥21💯9⚡3😁3
Odamlar va'dasidagi qonuniyatlar
1. Odamlar falon vaqtda bitirib beraman degan ishini kechiktirishi mumkin.
Ikki soatda bitiraman dedi. Siz 4 soatni hisobini oling. Har ehtimol.
Kechiksa, muammo bo'lmaydi shunda.
2. O'zingiz ham bitiraman deb o'ylagan ishingiz cho'zilib ketadi.
Uch kunda bitiradiganingizga 4-5 kunda deng. 3 kunda bitirsangiz, vaqtli tugatib katta hurmat qozonasiz.
4-5 kunga cho'zilsa, aytgan kuningizda bajargan bo'lib, baribir hurmat qozonasiz.
Eng yomoni, o'zimiz bilib turib aldashimiz:
2 soatda boradigan joy. 1 soatda boraman deymiz. Bu yaxshi emas ekan. Har tomonlama.

💯23❤🔥4⚡2😁1
Forwarded from Kariymulloh
Sundar Pichay Google SEOsi bo‘lishida hindlarning qo‘llovi katta. Stiv Jobs do‘stlarisiz Apple ham bo‘lmasdi.
MITdan ko‘ra Xitoydagi texnika universiteti ko‘proq bilim beradi. Lekin u yerda Trampning qizi, London merining o‘g‘li bilan o‘qimaysiz.
Netvorking — muvaffaqiyatli karyera asosi ekani isbot talab qilmas aksioma!
Shu maqsaddagi "LEGION" nomli klubimizning ilk mavsumi boshlandi.
Klubda:
🔹turli davlat idoralari, elchixonalar, BMT loyihalarida ishlaydigan;
🔹20 yoshida o‘z kompaniyasidan minglab dollar daromad qilayotganlar;
🔹Unicorn va katta kompaniyalardagi dasturchi-injenerlar;
🔹yosh startapchilar-u, yirik biznesmenlarning shogirdlari...
Xullas rivojlanishni tanlagan haqiqiy legionerlar jamlangan.
Klub bilan biznes lunch uchrashuvlar, jamoaviy o‘yinlar, futbol hamda tog‘ safarlarini reja qilganmiz.
Klubimizga arziydigan boʻlsangiz mana bu formani to‘ldiring. Hamma ham qabul qilinmaydi. Qabul esa 25-iyulgacha davom etadi. Maxfiy guruhimizda sizni kutyapmiz!
Klubga qo‘shilish uchun arzimagan to‘lovi bor. Klubning qadrini oshirish va ko‘proq narsaga ega bo‘lish uchun!
@kariymulloh
MITdan ko‘ra Xitoydagi texnika universiteti ko‘proq bilim beradi. Lekin u yerda Trampning qizi, London merining o‘g‘li bilan o‘qimaysiz.
Netvorking — muvaffaqiyatli karyera asosi ekani isbot talab qilmas aksioma!
Shu maqsaddagi "LEGION" nomli klubimizning ilk mavsumi boshlandi.
Klubda:
🔹turli davlat idoralari, elchixonalar, BMT loyihalarida ishlaydigan;
🔹20 yoshida o‘z kompaniyasidan minglab dollar daromad qilayotganlar;
🔹Unicorn va katta kompaniyalardagi dasturchi-injenerlar;
🔹yosh startapchilar-u, yirik biznesmenlarning shogirdlari...
Xullas rivojlanishni tanlagan haqiqiy legionerlar jamlangan.
Klub bilan biznes lunch uchrashuvlar, jamoaviy o‘yinlar, futbol hamda tog‘ safarlarini reja qilganmiz.
Klubimizga arziydigan boʻlsangiz mana bu formani to‘ldiring. Hamma ham qabul qilinmaydi. Qabul esa 25-iyulgacha davom etadi. Maxfiy guruhimizda sizni kutyapmiz!
@kariymulloh
🔥5
Baribir o'zimizga o'xsharkan
Bir sotuvchi bilan gaplashdim. Juda ko'p gapirdi. Chakagi tinmas ekan. Gapi ko'p, ishi kam. Yolg'onchilik sifati ham bor.
Qarasam, rahbari ham shunaqa ekan.
Bir bolani ko'rdim. Qo'rs, qo'pol, ahloqsiz. Otasini taniyman, u ham shunday odam edi.
Kitob o'qiydigan, izlanuvchan bir yigit bilan tanishdim. Bilsam, rahbari ham izlanuvchan, ko'p o'qiydigan odam ekan.
Ahloqli yigitni ko'rdim. Ustozini taniyman. Ahloqi yuksak kishi.
Qonuniyatni ko'ryapsizmi?
Xodim rahbariga, bola otasiga, shogird ustoziga o'xshayapti. Tabiiy hodisa.
Biz ham albatta, tepadagilardan biri bo'lamiz. Xodimimiz, bolamiz, shogirdimiz, baribir o'zimizga o'xshagan bo'larkan.
Ish o'zimizga qolarkan. O'zimizni zo'r qilaylik, qolganlar o'zi ergashadi.
Zo'r bo'lish o'zimizga yaxshi. Boshqalar ergashishi esa — bonus.

5🔥19❤🔥7⚡6
Postlar kamayib ketdi.
O'tirib o'yladim. Juda perfektsionist bo'lib ketibman.
Har bir post ideal bo'lishini kuta-kuta orada 15 kunlab vaqtlar o'tib ketdi.
Yozishni — yozmasdan kuchaytirib bo'lmaydi.
Xuddi, ovqat qilishni — ovqat qilmasdan turib o'rganib bo'lmaganidek.
Sherbek Almatov 90 kun har kuni ketma-ket yozganidan keyin, postlarida yaxshigina o'sishni ko'rdim.
Ideallikni kutmasdan, borini qilamiz.
Bugundan, sizlarni har kuni bezovta qilaman endi, nima demadinglar?

6⚡17🔥9❤🔥4
Yomon so'z so'zlovchiga oiddir
Mana shu jumla ko'p vaziyatlarda meni xotirjam qildi.
Sizni so'kadi. Haqorat qiladi. Yomon so'zlar ishlatadi.
Qizishib biz ham so'kishimiz kerakmi?
Loy kartoshkani ushlasangiz qo'lingiz loy bo'ladi. U kartoshkani o'zidan.
Siz ham unga loy otmaysizku?
Xuddi shuningdek, odamlarning yomon so'zlari o'zlariga oiddir.
So'zlari asl yuzlarini ko'rsatyapti.
Siz ham asl yuzingizni ko'rsating.
Lekin sizning asl yuzingiz ham ularnikidek loy emas, "loylar"ni tozalovchi bir pok suv bo'lsin.

5🔥14❤🔥7⚡6
Shukur va noshukurlik o'rtasini topamiz
Qahramonimiz bir chalkashlikka duch keladi.
Shukur qilib o'tirsam, rivojlanmay qolamanku? Odamlar to'xtab qolma, yanada ko'prog'iga erish deyapti.
Lekin kattalar boriga shukur qil, deydi. Nima qilay?
Ovqatimiz zo'r chiqishi uchun, qozonga ham shukurni, ham noshukurlikni solishimiz kerak bo'ladi.
Harakatlarimizdan rozi bo'lmaymiz. Amallarimizni kam sanaymiz. Bu borada noshukurlik rejimini yoqamiz.
O'zimizdan norozi bo'lamiz.
Natijalarga esa shukur qilish. Nima bo'lishidan qat'iy nazar. Chunki, ish tugab bo'lgan.
Harakatlarimizdan qoniqish — rivojlanishdan to'xtab qolishga olib boradi.
Natijalarga shukur qilmaslik — siqilishga olib boradi.
Bu borada bir duo eshitgandim:
Xulosa aniq: harakatlarimizdan qoniqmaymiz, natijaga shukur qilamiz.

"O'zgartira oladigan narsalarimni o'zgartirishga quvvat ber. O'zgartira olmaydiganlarimni qabul qilishga sabr ber. Va ikkisini farqlashga hikmat ber"
Xulosa aniq: harakatlarimizdan qoniqmaymiz, natijaga shukur qilamiz.
@Sarvar_Nazarboyev
💯18❤🔥5⚡4
Ko'rinmaydigan yaxshiliklar
Mansab/pul odamni buzmaydi. Uning asl yuzini ko'rsatadi.
Puli yo'q odam uni isrof qila olmaydi. Mansabsiz odam ishchilarga qo'pollik qila olmaydi shundoq ham.
Kuzatganlarimning ko'p qismida mansab va boylik ularning salbiy jihatlarini ochib bergan.
Kibr, isrof, maqtanchoqlik, zulm ko'paygan.
Endi, ko'tarilsa ham o'zgarmaydiganlar bor. Sanagan ishlarimizni qilmaydi.
Qilinmagan ish bizga ko'rinmaydi. Nuqta shu yerda: "yomonlikdan tiyilish ham yaxshilik"
Yaxshi ishlar qilishdan ko'ra, yomondan tiyilish qiyinroq.
Ustozim aytgandilar: "Allohga farzlarni bajarishdan ham ko'ra, gunohlardan tiyilish ko'proq yaqinlashtiradi", — deb.

🔥15❤🔥6💯4⚡1
Dedilar: "ilm yo'li mashaqqatli yo'l. Unda boringni bermasang, hech narsa ololmaysan."
Buyuklar manoqiblarida o'qidim:"Ular ilmdan olgan lazzatichalik boshqa hech narsadan lazzat olishmagan."
Savol tug'iladi: ilm lazzatlimi, mashaqqatlimi?
Yordamga baliq tutish misoli keladi:
Mashaqqatli: Qarmoqlarni olib, anhorga borasiz. Baliq ovlaysiz. Olib kelasiz. Tozalaysiz. Pishirasiz.
Rohati: yeganda.
Demak, ilmning rohati – uni ishlatganda ekan. Unga amal qilganda. Boshqalar qilgan xatoni ilm sababli qilmaganda.
Ilm sababli to'g'ri va xotirjam yashashga o'tganda.
Baliqdan farqi, baliq tugaydi. Ilm uni ishlatishingiz bilan, ko'payadi.

3💯11❤🔥5⚡4🔥1
Yozishga mavzu topa olmay qoldim. O'zimga savol berdim:
"Nimani ertaroq bilmaganimga afsuslanaman?"
Bir necha javoblar keldi.
Postimizdagi 1-nazariya shu: Yozishga g'oya kelmasa, tepadagi savolni ber.
2-qism
Menda shu savolga kelgan javob: xato ishlarda o'zimni aybdor qilish.
Avtohalokatlarni o'rgangan Robert Makkun 75% holatlarda ishtirokchilar boshqalarni ayblagan. Bir necha mashina to'qnashgan vaziyatlarda esa 91% odam aybni boshqaga ag'dargan.
Siyosatni, jamiyatni, odamlarni, quruvchilarni, hayvonlarni ayblashadi.
Aybdor izlagan, doimo aybdor topadi.
Yomon tomoni: xato to'g'rilanmaydi. Kelajakda yana takrorlanadi. Biz ham o'smagan bo'lamiz.
O'zimizni ayblasak — xato to'g'rilanadi. Boshqa taktorlanmaydi. Ukalaringga esa shu xatoni qilmaslikni o'rgatasan
Bu postni, doimo boshqalarni aybdor qilib yuradigan do'stingga jo'natsang ham bo'ladi:)
@Sarvar_Nazarboyev
"Nimani ertaroq bilmaganimga afsuslanaman?"
Bir necha javoblar keldi.
Postimizdagi 1-nazariya shu: Yozishga g'oya kelmasa, tepadagi savolni ber.
2-qism
Menda shu savolga kelgan javob: xato ishlarda o'zimni aybdor qilish.
Avtohalokatlarni o'rgangan Robert Makkun 75% holatlarda ishtirokchilar boshqalarni ayblagan. Bir necha mashina to'qnashgan vaziyatlarda esa 91% odam aybni boshqaga ag'dargan.
Siyosatni, jamiyatni, odamlarni, quruvchilarni, hayvonlarni ayblashadi.
Aybdor izlagan, doimo aybdor topadi.
Yomon tomoni: xato to'g'rilanmaydi. Kelajakda yana takrorlanadi. Biz ham o'smagan bo'lamiz.
O'zimizni ayblasak — xato to'g'rilanadi. Boshqa taktorlanmaydi. Ukalaringga esa shu xatoni qilmaslikni o'rgatasan
@Sarvar_Nazarboyev
🔥9⚡1💯1
Kamina uchun bu noyob "Sirkachi" romanidan olgan xulosa va yangiliklarim juda ko'p bo'ldi. Hali kitobni to'liq tugatmadim. Kecha kechqurun 17-bobni o'qib tugatdim.
Faqat shu bobdan olgan xulosalarimni ulashaman:
Eshon oyim haqiqatda ilmli, hikmatli, ulug' bir ayol edi. Onalarga, qaynonalarga, xotinlarga haqiqiy ibrat qilib ko'rsatishga arziydi.
Qizi qaytib kelganida hozirgi zamonamiz onalari nima qilishini tasavvur qilsak: kuyovni uyiga befarosatlarcha bostirib boradi, uni so'kib, yetmaganiga ajrashtirish payiga tushadi. Inson bu qiz o'ziniki emasmi degan o'y bilan hayratga tushadi. Qizini battar gij-gijilaydi. Oraga sovuqchilikni battar tushiradi.
Eshon oyim esa, qizidan so'raydi: "och qoldingmi, kiyimsiz qoldingmi?". Qizining har bir shikoyatiga o'rinli javob beradi.
Qizi mediadagi yolg'on romantikalariga, g'arbning asli sarob bo'lgan "baxtli" hayotiga qiziqib yurgani yaqqol ko'rsatib berilgan edi. O'zining haqiqiy yo'lini, haqiqiy vazifasini unutgan edi.
Eshon oyim ayol kishining dunyoga kelishdan maqsadini yaxshi anglagan va qiziga buni tushuntirardi.
Eshon Oyimning tushidagi gavhar, taxminimcha Ma'suda bo'lsa kerak.
Men uchun yana bir yanglik bo'lgani, kuyovning hadyani qabul qilish jarayonidir. Ayol kishi, qaynona hadya berganda yigit kishiga uni olish, yo "kerak emas, qo'yavering" deyish bir qadar o'ngaysizlik tug'diradi. Kuyovning hadyani olib, duoni qilib, o'sha pulga yana o'zidan pul qo'shib qaytarib Eshon oyimga bergani va duo so'ragani esa o'zgacha bir munosabat bo'ldi.
Musulmon inson hikmatli bo'lishi, boshqalarni o'zidan yaxshi deya gumonda bo'lishi shu sahnada yaqqol ayon bo'ldi.
Ma'suda Eshon oyim bergan mo'tabar kiyimlarni kiyganida naqadar nurli bo'lib ketdi. Ayol zotiga eng munosib kiyimlar edi u.
Onasi ko'rib xursand bo'lgani, agar oldin shunday holat bo'lganida qizini bu kiyimdan qaytarib, ochiqroq kiyintirishga urinishi aytiladi. Lekin ona unday qilmadi. Sabab qilib qalbning poklanganligi, qalb poklanishiga esa salavot va isitg'for tufayli erishilgani ko'rsatib berildi. Naqadar ajib.
Yana ibrat olsak bo'ladigan parchalardan biri bu Eshon oyim qizining qanday kitoblar o'qiyotganini ko'zdan kechirishidir. Hozirgi onalarni aldash oson, qizlar istalgan g'oyasi buzuq kitoblarni o'qib ketaveradi. Onalar qizim kitob o'qiyapti deb, xursand.
Bolalarimizni nima bilan zaharlashayotganini bilay deb, Eshon Oyim qarshi kuchlarning ham kitoblarini o'qigan edi. Qizini ana shu kitoblarni o'qib o'tirganini ko'rib, u kitoblarning mohiyatini, asli qanday kitoblar o'qilishi kerakligini tushuntirishi hozirgi onalar uchun yuksak ibrat namunasi bo'ladi.
Nikoh to'yi. Orzu havas, qimmat kiyimlar, dabdabali to'y, musiqa. Ularsiz ham bemalol to'y o'tishini Eshon oyim isbotlab berdi.
Qizining ustiga kuyoviga yana bir kundosh kelin olib bergani meni hayratda qoldirdi.(shogirdi Ma'sudani kuyoviga beradi. Negaligini esa, kitobni o'qib bilasiz)
Shu ishi bilan Eshon oyimning haqiqiy hikmat sohibi ekanligi ayon bo'ldi. Kuyovning ilmli, Allohdan qo'rqadigan, solih inson ekanligi, ikki ayolga adolat qila olishiga ko'zi yetgani uchun ham shunday qildi.
Bu atigi bitta bob uchun bir o'tirishda yozganlarim. Butun kitob xulosasini yozsam, kitobdan ham ko'payib ketarmikin balki))

3❤5🔥2⚡1