Sarvar Nazarbayev | Blog
671 subscribers
307 photos
43 videos
13 files
174 links
Download Telegram
Chin bayramimiz Hayit ayyomi muborak bo’lsin!

Kun iqtibosi:

Shablon tabrik jo’natganlar bilan shaxsan yozib yoki audio bilan tabriklaganlar barobar bo’lmas.)

@Sarvar_Nazarboyev
💯29😁9❤‍🔥88
Robert Chaldiniga ko'ra, biz – bizga aytilgan sifatlarga loyiq bo'lishga harakat qilamiz.

Siz juda aqllisiz deyishsa, doim aql bilan ish tutishga;

Siz juda halol insonsiz deyishsa, doim halol bo'lishga intilar ekanmiz.

Maddohlik bilan farqi – unda yo’q sifat bilan maqtaysiz, bunda esa, mavjud sifat bilan.

Oldingilarimiz shogirdlariga, farzandlariga "qorim", "shayxim" deya murojaat qilganlari bejiz emas.

Ahmoq, mol, odam bo’lmaysan deganimizdan keyin, u kim bo’lsin?

Xulosa: do'stlarni, farzandlarni yaxshi sifatlar bilan maqtayvering, unga loyiq bo'lishga tabiiy intilishadi.

@Sarvar_Nazarboyev
💯16🔥10
Yeganimizni sarf qilmasak semirib ketamiz.

Kam yeb, ortiqcha sarf qilsak ozamiz.

Kontent bilan ham shunday.

Ketma-ket foydali matnlar o’qiyapsiz, videolar ko’ryapsiz, qanchasi qolyapti?

Kontent ko’rishda zo’r qoida bor:

“Qancha kontent ko’rsang, shuncha kontent yarat”


• 2 daqiqalik matn o’qidingiz. 2 daqiqa matndan olgan foydangizni yozing.

• 30 minut podkast ko’rdingiz. 30 minut kimgadir gapirib bering. O’zingizga bo’lsa ham.

Birinchi ko’rishda 10% igina esimizda qoladi. Tushuntirganda 70%.

Bu qoida filtr ham bo’ladi. Kontent kuzatishdan oldin “buni kimgadir gapirib bera olamanmi?” – degan savol keladi.

Axlat kontentlar avtomat yo’qolib ketadi.

@Sarvar_Nazarboyev
💯25🔥117❤‍🔥3
"Taqdir bizni yetaklaydi, agar rozi bo‘lsak – yengil olib ketadi, agar qarshilik ko‘rsatsak – sudrab olib ketadi."

©️ Seneka

@Sarvar_Nazarboyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯20❤‍🔥7😁76
Sababiyat va duo

Rosululloh sollallohu alayhi vassallam Badr g'azotida qo'shin tayyorladilar, jang maydonini borib ko'rdilar, reja qildilar, qanaqa taktika qilish, hammasini hisob-kitob qildilar.

Urush boshlanmasidan oldin Allohga shunday duo qildilarki, go'yo hech qanday qo'shin olib kelmaganidek, hech narsa tayyorlamaganidek edi.

Sabablarni unutib hammasini Allohga tashlagan edilar.

Sababiyat va duo mavzusiga go'zal misol bu.

Qoida shu:

Sabablarini qil, xuddi taqdir tayin qilinmaganidek. Qilib bo'lib, taqdirga shunday ishonki, sababiyat yo'qdek


@Sarvar_Nazarboyev
❤‍🔥237💯6
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy:

Mening vazifam sizlarni:

"Tezda namozni o'qib olaylik, keyin mazza qilib ovqatlanamizdan

Tezda ovqatlanib olaylik, keyin mazza qilib namoz o'qiymiz darajasiga chiqarish"


Rosululloh sollallohu alayhi vassallam ovqat tayyor bo'lganda namoz vaqti kirib qolsa, oldin ovqatni tanovul qilib, keyin namoz o'qiganlarining hikmatini endi o'ylab ko'rarmiz?

@Sarvar_Nazarboyev
❤‍🔥418💯6🔥5
Ey Shayxim!

Kambag'al oilada tug'ildingiz. Otangiz olim bo'lishingiz uchun qattiq harakat qildi. Oldin o'zi olim bo'ldi. Olimlar duosini oldi.

Onangiz tahoratsiz emizmadi. Siz uchun juda katta tayyorgarliklar ko'rildi.

Moddiy jihatdan ancha qiynaldingiz. Ammo to'xtamadingiz. Maktabda eng oliy baholarda o'qidingiz. Ustozlaringiz va sinfdoshlaringiz doim maqtadi.

7 yillik madrasa ta'limini 3 yilda tugatdingiz. Vaqtingizni bir oninida bekor sarflamasdingiz. Islomning tirik namunasi bo'ldingiz.

Katta Musxafni keltirdingiz. Haj nimaligini unutgan xalqqa bu buyuk amalni ado etish imkonini ochib berdingiz.

Sizni qadringizga yetishmadi. Yillar davomida yurtdan olisda bo'ldingiz. Biror marotaba Vatan haqida yomon so'z gapirmadingiz. Aksincha, maqolalaringizda maqtadingiz

Qanchalik qarshiliklarga qaramay hikmat hassasiga suyanib, xalqni ilmli qilishga oshiqdingiz...

Mansab sizga ta'sir qilmadi. Boyu-kambag'alni birdek ko'rdingiz

Ta'lif qilgan kitoblaringizni biz o'qib tugatolmayapmiz. Allohning bizga yuborgan haqiqiy do'sti edingiz

Sportni kanda qilmadingiz, hatto vafot etgan kuningiz ham sport bilan shug'ullangan edingiz

Doim ummatni g'amida bo'ldingiz. Islomni xizmatida bo'ldingiz. Bu yo'lda qop-qora sochlaringiz oppoq bo'ldi...

Texnologiyadan ortda qolmadingiz, eng zamonaviylarini foydali maqsadlarda ishlatar edingiz

Kitoblaringizni bosishga ruxsat berishmaganida o'zingiz "Hilol-nashr"ni ochdingiz.

2015-yil 10-mart kechqurun sport bilan shug'ullandingiz va shu tun....

Janozangizga "Tafsiri Hilol"laringizni,"Hadis va Hayot" laringizni ko'tarib muxlislaringiz ko'zda yosh ila keldi...

Bu umr Islomga bag'ishlandi. Ha Islomga bag'ishlangan umr!

Siz haqingizda yozishga loyiq emasman. Qalbimga kelganini yozdim. Zero, mening ojiz qalamim, sizdek insonni ta'riflashga juda zaiflik qiladi...

Tirikligingizda ko'ra olmadik. Firdavslarda ko'rishish nasib qilsin!

Xotirangiz abadiydir. Ey Shayxim Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf...

04.05.2024

@Sarvar_Nazarboyev
❤‍🔥767💯5🔥3
U — hamma seni yomonlaganda maqtaydi, hamma maqtaganda, o'zingga kelib xatolaringni aytadi.

U seni ranjitib qo'yishdan qo'rqmaydi. Istagan gapini gapira oladi. Ko'tarasan. Shuning uchun ham u — "udir".

U seni hech qanday sababsiz yaxshi ko'radi. Puling, obro'ying, mansabingni unga 1 tiyinlik qizig'i yo'q.

Orangizda pul bo'lmaydi. Sening puling uniki, uning puli seniki bo'ladi.

Maslahatni undan so'ra, u seni holatingni hammadan yaxshiroq biladi.

Ko'rganda Allohni eslatadi, gaplashsang qalbing taskin topadi, ibodatini ko'rib taqvoying oshadi.

Ha, ba'zan ataylab arazlaydi. Buning ham gashti bor. Ertasi unutib yuboradi.

Uni izlama. Sen tepadagidek bo'l. Shunday bo'lganlar o'zi birlashtiriladi.

U — chin do'stdir.

@Sarvar_Nazarboyev
24❤‍🔥13🔥10
Ishni qoyillatish ko'nikmasi

Do'konda bir bolaga vazifa berdim. Mahsulotlarni yig'ib, zavod buyurtmasini yetkazib berishi kerak edi.

Oddiy vazifa bo'yicha ko'p savollar berdi. Qilmaslikka bahonalar aytdi. Bu bizda yo'q, bu tugagan, shafyorimiz hali kelmadi, nima qilay, va h.z.

Azizlar, ishni qoyillatishni o'rganaylik. Ishxonada Bobur ismli bir akamiz bor.

Istalgan muammoni hal qilib ketadi. Hammasini shunga aytamiz, yo'l ko'rsatadi. O'zi qiladi yo telefonda bitirib beradi.

Ishxonada quruq chiroyli gaplaringiz, husningiz muhim emas. Ishni bitirishingiz muhim.

Bu ham ko'nikma. Kuchli ko'nikmalar qorishmasi:

Problem solving + communication = vazifani qoyillatish. Bo'lsa kerak.


Shu o'stiradi. Rahbarga ko'rinadigani va u uchun qiziq bo'lgani ham shu. Natija.

@Sarvar_Nazarboyev
💯21❤‍🔥65🔥4
Hech narsasi senga tegishli bo'lmagan dunyoda, nimanidir yo'qotishdan qo'rqishing nimasi?

©️ Marcus Aurelius

@Sarvar_Nazarboyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17💯108❤‍🔥5
Ovqatlanayotganda foydali video ko'rsa bo'ladimi?

Qanday qilib kam vaqtda to'yib uxlash mumkin?

Hammasini qilsa bo'ladi. Lekin sen undan oldingi ishlarni qoyillatib qo'y.

Uyquni kamaytirishdan oldin, uyg'oqlikdagi ishlaringni sarhisob qil.

Ovqatlanayotganda ham vaqtni foydali o'tkazaman deysan. Undan tashqari vaqtlardagi behuda ishlaringni kim yo'qotadi?

Bekorchi suhbatlar, befoyda reelslar, tinimsiz chatlar.

Kuning shunchalik bandmiki, tabiiy ehtiyojlardan (uyqu, ovqatlanish) kesmoqchi bo'lasan?

Uyqu vaqtingni emas, uyg'oq vaqtingni ko'proq sarhisob qil.

@Sarvar_Nazarboyev
🔥31💯20❤‍🔥64
Hamma narsani biladigandan qoching.

Biznes qilib ko'rmagan – muvaffaqiyatli biznes qurishni o'rgatadi.

Oila qurmagan. Baxtli oila qurish haqida gapiradi.

Siyosatda ishlamagan. Davlatni qanday boshqarish kerakligini aytadi.

Bilmaganlarimiz haqida juda ko'p gapiramiz.

Tepadagi sohalar o'ylaganimizdan ancha chuqur. Boshqacha.

Biznes ichida yurganlar biladi: aksariyat biznes trenerlarning gaplari qanchalar kulguli.

Xulosa – 1. Gapirishdan oldin savol bering: bu mavzuga loyiqmanmi? Yo'lini bosib o'tganmanmi?

Xulosa – 2:
Tinglovchisiz. So'zlovchi bu mavzuga loyiqmi? O'zi real hayotda qilib ko'rganmi?

@Sarvar_Nazarboyev
💯196❤‍🔥6
Butun dunyo sizni tinglayotgan bo'lsa nimani aytardingiz degan savol bo'lar edi.

O'zni taftish qilish degan bo'lardim.

Kamina taftishni mo'jizaligini unga amal qila boshlagach sezdi.

Jamiyatni isloh qilaman deydiganlar mana shu yo'l orqali ketsa, yutadi.

Jamiyat – har bir inson o'zini o'nglashni boshlagach, yuksaladi.

Imom Shofe'iy hazratlaridan ham bu darajaga qanday erishdingiz deganlarida:

"Men o'zimni taftish qilish bilan band bo'ldim, boshqalarni tahlil qilishga vaqtim qolmadi"


– degan ekanlar.

Boshqalarni tahlil qilayotganimiz, o'zimizni unutganimizni bildiradi.

Kaminangiz Obsidian dasturini ma'qul ko'radi. Daftar ham bo'laveradi. Muhimi har kuni.

Oddiy. Ertalabdan boshlab nima qilganlarini eslaydi. Qayerda xato qilganini va aslida qanday qilish kerak edi, yozadi.

Taftish – oynadir. Kirlarimizni ko'rsatadi. Ko'rmasak tozalay olmaymiz. Ko'rish uchun yozish kerak.

Har kuni 15-30 daqiqa yetadi.

@Sarvar_Nazarboyev
🔥236💯5😁1
Paradokslar yutadi.

Sodda bo'l. "Шустрый" ham bo'l.

Muloyim bo'l. Qattiqqo'l ham bo'l.

Saxiy bo'l. Pulingni yaxshi tejovchi ham bo'l.

Seni bilib olish oson bo'lsin, sindirish imkonsiz.

Ruhiyatga ishla. Daromadga ham.

Qattiq ishla. Dam ham ol.

U tomonni manfaatini o'yla. O'zing ham manfaatsiz qolma.

Haqqingni berib qo'yma. Halim ham bo'l.

Shukur qil. O'zindan norozi ham bo'l.

Paradoks – mo'jizalar sodir bo'ladigan joy.

O'zingni dunyo qurgan qutilarga solib qo'yma.

Qutida qolib o'zini cheklaganlar, ko'p foydalardan mahrum qoladi.

Ikki qarama-qarshiliklar orasida – bir uzun arqon bor. Ko'pchilik unga yaqinlashmaydi ham.

Buyuklik – ana o'sha arqonda yugurishdan keladi.

Arqonni top. Yugur. Miyang chalkashdi. Zo'r tushunibsan.

@Sarvar_Nazarbayev
🔥2210💯8
Qanday qilishni bilish muhim emas. Undan ham muhimi topildi

IELTS 9.0 ball qanday olishni 2023-gacha hech kim bilmagan deb o'ylaysizmi?

Bekzod akadan keyin bir yil ichida 30 odam oldi.

Bilisharmikin?

Odamlar bilan qanday chiqishib ketsa bo'ladi deyishadi.

Kitoblar o'qidim, baribir qilolmayapman deydi.

Yagona javobim – shu ishni qilayotgan odamni kuzating.

Jinoyatning oshkor qilinishi uni yana ham ko'payishiga olib kelishi mumkin. Copycat effekt

Bu qoidaning yaxshi tomonini olamiz: Qilishni xohlaydigan ishlarimizni qilayotgan odamlarni izlaymiz.

Zo'r yozuvchilarni, zo'r muomila qiladiganlarni, zo'r o'rgata oladiganlarni, zo'r pulni boshqaradiganlarni...

Qayerdan topamiz? Men topdim. Demak qoidamizga ko'ra siz endi topasiz:)

Toping. Kuzating. O'rganish o'z-o'zidan keladi.

@Sarvar_Nazarboyev
🔥209💯6
Nyutonning o'rgatish bo'yicha ajoyib bir usuli bor ekan.

Nima deb o'ylaysiz? Qanday usul?

1...
2...
3...

Javobni topishni o'quvchini o'ziga qo'yib berish.

Maktabda geometrik teoremalarni ustozim mustaqil isbotlashimni topshirardi.

Hech kimdan so'ramasdan miyam qiynalib topganlarim uzoq esimda qolgan.

Tinchgina biror ustozdan so'rab topib qo'yganim – bir hafta ham esimda turmagan.

Muammo, savollar, fikrlar kelganda GPT, Google'ga yugurmasdan, dastlab miyamizni o'zidan qidirsak, yanayam esda qolarli bo'larkan.

Brunerning tadqiqotida ham Matematika, fizika, dasturlash, falsafa, mantiq sohalarida bu usulni samarali ishlashi isbotlangan

Miya javobni topib berishi muhim emas. Keyin topib olaveramiz.

Muhimi miyaning javob izlab qiynalishidir.

@Sarvar_Nazarboyev
❤‍🔥11🔥7💯32
Tushunmagani qimmatga tushadi.

Rahbarini tushunmaydi. Jazolasa, qattiqqo'l deb noliydi. Ishdan ketadi.
Rahbar natijaga javobgarligini anglaganida edi.

Ota-onasini tushunmaydi. Ularni yomon ko'rib yuradi.
Ota-onalar farzandiga faqat yaxshilikni ravo ko'rishini bilganda edi...

Turmush o'rtog'ini tushunmaydi. Er ayolini, ayoli erining ko'zi bilan dunyoga boqa olmaydi. Ajrashib ketishadi.

Umuman, odamlarni tushunmaydi. Hammani ahmoq deb o'ylaydi. Nega unday bular deb siqilib yuradi.

Tepadagi hamma muammolar o'zidan boshqani tushuna olmaslikdan. Dunyoga faqat bitta perspektiva (nazar) bilan qarashdan.

Tushuna olish qamrovimiz qancha keng bo'lsa — shuncha yaxshi.

Boydan tortib qorovulgacha, yosh boladan tortib qariyagacha tanishlari bor odamning omadi kelibdi. Har birini eshitadi, tushunishga harakat qiladi. Qamrov kengayadi. Ularning ko'zlari bilan dunyoga boqa oladi.

Ogohlik: Boylardan dunyoga muhabbat, axloqsizlardan axloqsizlik, bolalardan ularga o'xshab qolish, amaldorlardan mansabga havaslik yuqib qolmasin.

Dunyoqarashini bilib oladigan darajada suhbatlashish kifoya.

Dunyoga faqat o'zining nazari bilan boqqanlar doim siqilib yashagan. Tushuna olganlarning yutqazganini hech ko'rmadim.

@Sarvar_Nazarboyev
14❤‍🔥8💯6🔥2
Bir narsani kuzatdim do'stlar.

O'qishga kirib namoz boshlayman degan sinfdoshlarim, birortasi boshlamadi. Mana 4-kurs bo'lishdi.

Maktab vaqti boshlab yuborganlar, hozir ham o'sha yo'lda.

Oyligi 1 million vaqti ham ehson qilib yurganlar, 10 million topganda ham qilyapti.

5 million topib, kelajakda ko'proq topsam, shunda qilaman deganlar, mana 3 barobar ko'p topishyaptiki — ehsondan darak yo'q.

Do'konlarda ishlaganman deb bir yigit keldi. Ishni qoyillataman dedi. 1 haftada asl yuz ko'rindi. Bo'shab ketdi. Oldingi joyidan ham ishini pachoq qilgani uchun bo'shagan ekan.

So'zlar aldamchi. Kimligini amallar ko'rsatadi.

Xulosa:

1. Yaxshi amallarni kelajakka surmang. Kelajakda bajara olishingiz kafolati — hozir imkon yo'g'ida ham oz-oz bajarishingizdir. Keyin avtomat bajarasiz. Ehson, kitob o'qish, sport va h.z

2. Gaplariga ishonmang. Oldingi amallariga qarang. Kichkina bo'lsa ham, bo'ynidagi vazifalarini zo'r qilganmi, endi kattaroq vazifa bersangiz ham qoyillatadi.

@Sarvar_Nazarboyev
325❤‍🔥15🔥12💯6😁1
O'zim aytaman, amal qilmayman.

Intizomga targ'ib qilaman, o'zim intizomsizman.

Nafsingni yeng deyman, o'zim nafsimga yengilaman.

O'qi deyman, o'zim o'qimayman.

O'zingni taftish qil deyman, o'zim taftish qilmayman.

O'zimda shu qadar ko'p ayb-u nuqsonlar bor ekan, boshqalarni ayblarini kavlashga qayerdan vaqt topay?

Boshqalarga aql o'rgatishga qayerdan kuch topay?

@Sarvar_Nazarboyev
🔥21💯93😁3
Odamlar va'dasidagi qonuniyatlar

1. Odamlar falon vaqtda bitirib beraman degan ishini kechiktirishi mumkin.

Ikki soatda bitiraman dedi. Siz 4 soatni hisobini oling. Har ehtimol.

Kechiksa, muammo bo'lmaydi shunda.

2. O'zingiz ham bitiraman deb o'ylagan ishingiz cho'zilib ketadi.

Uch kunda bitiradiganingizga 4-5 kunda deng. 3 kunda bitirsangiz, vaqtli tugatib katta hurmat qozonasiz.

4-5 kunga cho'zilsa, aytgan kuningizda bajargan bo'lib, baribir hurmat qozonasiz.

Eng yomoni, o'zimiz bilib turib aldashimiz:

2 soatda boradigan joy. 1 soatda boraman deymiz. Bu yaxshi emas ekan. Har tomonlama.

@Sarvar_Nazarboyev
💯23❤‍🔥42😁1