Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.97K subscribers
10.2K photos
807 videos
20 files
2.64K links
Download Telegram
#Ota_onalar_majlisi
#5_kun
#Samarqand_Prezident_maktabi

Samarqand shahridagi Prezident maktabida 2025-yil 8-yanvardan 16-yanvar kunlari o‘quvchilarning akademik o‘zlashtirishi yuzasidan I semestr natijalari, maktabning asosiy maqsadi, ustuvor vazifasi va bitiruvchilarning xususiyatlari bo‘yicha ota-onalar yig‘ilishi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

🔹Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad-ota-onalarni farzandlarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida xabardor etish hamda farzandlarimiz yuqori natijalarga erishishi va ta’lim-tarbiya berishda biz bilan o‘quv yili davomida hamkorlikda ishlash.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍6🔥21
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Fizika_amaliy_dars

🔭Samarqand shahridagi Prezident maktabi fizika fani o'qituvchilari hamda 9-sinf o'quvchilari Tolib Musayevich Mo'minov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Yadro fizikasi laboratoriyasida bo'lishdi.

📚Ushbu sayohat davomida o'quvchilar o'rgangan nazariy bilimlarini amaliy hayotda ko'rib mustahkamlash,darsdan tashqari faoliyatlar orqali o'quvchilar o'rtasida do'stona munosabatni yaxshilash,mamlakatimizda olib borilayotgan ilmiy ishlar va olimlar bilan tanishdi.

🔹O'quvchilar laboratoriyada mavjud jihozlar va ularning ishlash prinsipi, fandagi maqsadi bilan tanishdi.

🔬Asosiy jihoz 12 metr chuqurlikda joylashgan “Elektron tezlatgich”ga tushib uning ishlash prinsipi ham tushhuntirib o'tildi. 

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍4
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Davra_suhbati

⚜️MAHMUDXO’JA BEHBUDIY TAVALLUDINING 150 YILLIGI

Mahmudxo’ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini nishonlash maqsadida Samarqnd shahridagi Prezident maktabi tarix fani o’qituvchilari va maktab kutubxonachisi hamkorlikda 8-va 9-sinf o’quvchilari bilan davra suhbati tashkil etishdi.

🔹Davra suhbatidan ko’zlangan maqsad yosh avlodnining intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish hamda Mahmudxo’ja Behbudiyning bebaho merosini yanada kengroq o’rganish va targ’ib etishdan iborat.

🔎Samarqand shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari

telegram|facebook
6👍4
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Milliy_Gvardiya
#Hamkorlik

⚡️Samarqand shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari bilan Samarqand viloyati Milliy gvardiya qo'riqlash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik S.Abduholiqov hamda yuristkonsult D.Xikmatulloyev "Bolalar  xavsizligi va ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash" mavzusida davra suhbati o'tkazishdi.

🔹Davra suhbati davomida o'quvchilar diniy ekstremizm va terrorizm haqidagi tushunchalarga ega bo'lib, huquqiy savodxonligini yanada oshirishdi.

🏹Bunday suhbatlar o'quvchilarni ma'naviy immunitetini oshirib, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashishda yaqindan yordam beradi.
Suhbat jarayonida o'quvchilar nafaqat o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, balki kamondan o'q otish hamda avtomat bilan ishlash sirlarini ham o'rganishdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍91
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Milliy_liboslar

⚜️Samarqand shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari va o`qituvchilari milliy kiyimda.
Milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, qadimiy urf-odat va anʼanalari, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassam.


🔅Milliy an’analarimizni unutmaslik maqsadida tashkil etilgan chellenj davom etadi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍125🔥2🤝1
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Сказочная_зима

🔹Samarqand shahar Prezident maktabi 7-sinf o'quvchilari bilan tarbiyachisi tomonidan "Сказочная зима" mavzusida noana'naviy dars tashkil etildi.

🔸Dars davomida o'quvchilar qish fasli, uning tarovati va qish faslida ro'y beradigan tabiat hodisalari haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

❄️O'quvchilar qish fasliga bag'ishlangan maqollar, she'r va topishmoqlar bilan ishtirok etishdi.

🌟Rus tilida olib borilgan dars o'quvchilarning til bilish darajasini oshirishga va dunyoqarashini yanada kengaytirishga yordam berdi.

🌨O'quvchilar qish fasli haqidagi tasavvurlari bilan fikr almashishdi va interaktiv o'yinlarda faol ishtirok etishdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍114
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Gran_Pri_sovrindori

🎼Samarqand shahridagi Prezident maktabining musiqa fani o'qituvchisi Rashidov Sardor va maktabning milliy cholg'u ansambli "Арт Птица" xalqaro ijodiy tashkiloti va РОСКОМНАДЗОР federal tashkiloti bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining Tobolsk shahrida o'tkazilgan "МЕЛОДИЯ СЕРДЦА" III-xalqaro musiqa tanlovida "O'zbek xalq kuylari" musiqiy dasturi bilan qatnashib Gran-Pri darajasini qo'lga kiritdi.

📌Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍14🔥4🤩1
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Matematika_amaliy_dars

📐 Samarqand shahridagi Prezident maktabi matematika fani o‘qituvchilari Sonke Dlamine va Temurbek Xayrullayev boshchiligida 8-sinf o‘quvchilari bilan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasiga amaliy dars tashkillashtirildi.

📚 Ushbu sayohat davomida o‘quvchilar o‘rgangan trigonometrik bilimlarini amaliy hayotda ko‘rib mustahkamlash, darsdan tashqari faoliyat orqali o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatni yaxshilash va mamlakatimizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🔭 Dars davomida o‘lchash asboblari, burchaklarni aniqlash texnikalari, sinus va tangens jadvallari hamda zamonaviy trigonometrik usullar bilan tarixiy metodlarni solishtirish bo‘yicha guruh ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
🔥3👍2👏1
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Kutubxona_faoliyatidan

📚Kitob - bu bilim, g‘oyalar va ilhom manbaidir

🔸Samarqand shahridagi Prezident maktabida maktab kutubxonachisi va tarbiyachisi hamkorligida hozirgi tezkor axborot almashinuv davrida yosh avlod, ayniqsa , bolajonlarimizni kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida 5-sinf o'quvchilari bilan “Kitob - mening do'stimsan“ mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🔹Bu kabi suhbatlar kitobxonlikni ommalashtirish, maktabda o'zaro hamjihatlik va hurmatni oshirish, yosh avlodni bilimga chanqoq qilib tarbiyalashga qaratilgan.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍64🔥3
#Manaviyat_soati
#Samarqand_Prezident_maktabi

🇺🇿Bugun Samarqand shahridagi Prezident maktabida Maʼnaviyat soati darslari "Yangi O'zbekiston-Uchinchi Renessans sari" mavzuda tashkil etildi.

🇺🇿 Maʼnaviyat soati darslari hamma sinflarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

🎥Mavzu video hamda taqdimot shaklda namoyish etildi.

Mavzu yuzasidan oʻquvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍6
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Fitobar

🍹Samarqand shahridagi Prezident maktabi tibbiyot bo‘limi tomonidan o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish va ularning umumiy salomatligini mustahkamlash maqsadida maktab oshxonasi hududidan zamonaviy fitobar tashkil etildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍10🔥2
#Samarqand_Prezident_maktabi
#bugun_bizda_bayram

🌷Bugun erta tongdan Samarqand shahridagi Prezident maktabida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" kuni arafasida ayol uztozlarimiz va xodimalarimiz tantanali kutib olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍266
#YUNESKO
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Qozog‘iston_Respublikasi

💎 YUNESKOning Qozog’iston Respublikasi Karaganda viloyati mintaqaviy filialiga aʼzo maktabdan tashqari taʼlim yo‘nalishi rahbarlaridan iborat jamoa Samarqand shahridagi Prezident maktabi faoliyati hamda o‘quvchilar uchun tashkil qilingan to'garaklar faoliyati hamda muassasadagi barcha shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
        
Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍14🔥2
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Orasta_qizlar
#tanlov

🎀Samarqand shahridagi Prezident maktabida 5-6-sinf o‘quvchi-qizlari o'rtasida tarbiyachilari tomonidan "Orasta qizlar" ko'rik-tanlovi o’tkazildi.

🛍"Bibixonim qizlari" va "Boychechak" guruhlari o'zaro 4 shart bo’yicha bellashdilar.

🎊Qiziqarli shartlar do'stlik g'alabasi bilan yakunlandi.

🪭Bu kabi ko'rik - tanlovlar qizlarimizni, nafaqat, bilimli, qolaversa, har tomonlama mukammal shaxs bo'lib yetishishlari uchun xizmat qiladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍64
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Yer_kuni

22-aprel "Yer kuni" munosabati bilan Samarqand shahridagi Prezident maktabida, eko-qo'mita tomonidan "Green Games" qiziqarli va interaktiv tanlovi tashkil etildi.

🌏Tadbir davomida, o'quvchilar 4 kishidan iborat guruhlarda o'zaro 4 xil shartda bellashdilar. 1-shartda ishtirokchilarning ekologik bilimlari, zakovat savollari orqali tekshirildi.

📨Bu shartdan muvaffaqiyatli o'tgan 10 ta jamoaga, 2-shartda chiqindilarni to'g'ri saralash vazifasi berildi.

📌Eng epchil va eng chaqqon eko faollarimiz, 3-shartda maktabdagi ekologik muammolarga yechimlar berishdi. G'olib jamoa "Room escape" o'yini orqali aniqlandi.

☀️Bunday tadbirlar o'quvchilarga ekologik bilimlarni qiziqarli metodlar bilan o'rgatishga yordam beradi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍832
#Kitobxonlik_haftaligi
#Samarqand_Prezident_maktabi

📚Samarqandda “Kitobxonlik haftaligi”

📖Samarqand shahridagi Prezident maktabining 7-sinf o'quvchilari A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazida o'tkazilgan “Kitobxonlik haftaligi”da ishtirok etishdi.

🔅Tadbir davomida kitob taqdimotlari, qiziqarli savol-javobli o’yinlar, kutubxona bo'limlari bilan tanishuv tashkil etildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.iss.one/SamarqandPM
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2025

🔹Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi.

🔸"Ochiq eshiklar" kuni doirasida maktab o‘quvchilari ushbu muassasada yaratilgan sharoitlar bilan tanishibgina qolmay, mazkur ta’lim dargohi o‘quvchilari tomonidan ishlangan loyihalar bilan ham tanishdi.

▫️Bugungi tadbir doirasida maktab faoliyati bilan tanishish uchun 1500 nafarga yaqin o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍105
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Dolzarb_90_kunlik
#Eco_School

🌱 ECO-SCHOOL EKO QO'MITASIDAN KITOB SOVG‘ASI

💼Samarqand shahridagi Prezident maktabining "Green Guardians" eko qo'mitasi tomonidan ekologik ongni yuksaltirish va foydali tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qog‘oz chiqindilarini yig‘ish aksiyasi o‘tkazildi.

🌳Aksiya davomida o‘quvchilar yig‘gan qog‘oz chiqindilari qayta ishlashga topshirilib, tushgan mablag‘ evaziga maktab kutubxonasiga qimmatli va qiziqarli yangi kitoblar xarid qilindi.

📖 Yangi adabiyotlar o‘quvchilarning kitobxonlik saviyasini oshirish, tafakkur doirasini kengaytirish va ilmga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.

🌱Ushbu taqdimot barcha semenar ishtirokchilarida iliq taassurot qoldirdi.

☘️Bu tashabbus orqali o‘quvchilar tabiatni asrash bilan birga bilim manbaini boyitish yo‘lida ham munosib hissa qo‘shdilar.
7👏5
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Dolzarb_90_kunlik
#shaxmat_musiqa_kitobxonlik

Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida oʻquvchilarning yozgi taʼtil kunlarini sermazmun oʻtkazish maqsadida maktab o'quvchilari bilan shaxmat, musiqa, kitobxonlik to'garaklari o'z faoliyatini olib bormoqda.

🌟Bundan ko'zlangan maqsad, albatta o'quvchilarning bilim salohiyatini rivojlantirish, ularning ijodiy fikrlashini yanada oshirish ko'zda tutilgan.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍41
#dolzarb_90_kun
#Samarqand_Prezident_maktabi

Prezident maktabi o‘quvchilari ta’tilda!

“Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida Samarqand shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari “Nature’s Art: Outdoor masterpiece challenge" tanlovini muvaffaqiyatli yakunladilar! Iqtidorli o‘quvchilarimiz ochiq havoga chiqib, turli xil tabiiy materiallar – yorqin barglar va nozik gullardan tortib, silliq toshlargacha yig‘ishdi va bu elementlarni "tabiat sanʼati" asarlariga aylantirib, o‘z ijodkorliklari va atrof-muhit bilan bog‘liqliklarini namoyish etdilar. Yerda yaratilganmi yoki qog‘ozga ehtiyotkorlik bilan joylashtirilganmi, har bir asar ularning badiiy qarashlarining noyob dalilidir.

Bu tashabbus nafaqat badiiy ifodani rag‘batlantirdi, balki o‘quvchilarimizni tabiat bilan mazmunli tarzda muloqot qilishga undadi.


Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍6🔥21💯1