Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.95K subscribers
10.1K photos
795 videos
19 files
2.61K links
Download Telegram
#Matbuot_anjumani
#Jonli_efir

MATBUOT ANJUMANI: “Yangi O‘zbekiston” universitetiga hujjatlar qabuli hamda fakultet va yo‘nalishlarga oid savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob beriladi.


🔴 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etiladigan MATBUOT ANJUMANIni YouTube kanalimiz orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

📬Savollar uchun: @piimasavollar_bot

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjumani
#Press_tur
#ЯнгиЎзбекистонуниверситети

📹"Yangi O'zbekiston" universiteti binosida OAV xodimlari uchun tashkil etilgan matbuot anjumani va press-turdan videolavha
_______

❗️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetiga hujjatlar 20-iyungacha https://admissions.newuu.uz sayti orqali qabul qilinadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍1
#Matbuot_anjumani
#Qabul_2022

📣Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

⚡️Sizni Prezident ta'lim muassasalari agentligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul va kirish imtihonlari yakuni yuzasidan matbuot anjumaniga taklif etamiz!

🔺Matbuot anjumanida Siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik hamda vazirlik mas'ullaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishingiz mumkin.

Vaqti: 17-avgust kuni soat 15:00 da
🌏Manzil: Prezident ta’lim muassasalari agentligi binosi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Matbuot_anjumani

⚡️Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari yakuni yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

✔️ Matbuot anjumanida Agentlik va Xalq ta'limi vazirligi mas'ullari ishtirok etishdi.

Unda imtihon jarayonlari qanday tashkil etilganligi yangi o'quv yiliga ko'rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari xususida soʻz yuritildi.

📌Bundan tashqari, Agentlikka o‘tkazilishi belgilangan 14 ta maktabning ayrim binolari Agentlik tizimiga o‘tkazilib, qolgan binolarida umumtaʼlim maktablari sifatida o‘z faoliyatini davom ettirishi, bunda 3 789 nafar o‘qituvchidan 725 nafarining (19,1 foiz) ish joylari saqlanib qolishi ma’lum qilindi.

Qolgan 5 277 nafar boshlang‘ich va 33 994 nafar yuqori sinf o‘quvchilari Agentlik tizimiga o‘tkazilgan 99 ta maktabda taʼlim olishni davom ettiradi.

❗️Bunda o‘quvchilarning kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o’tganlari mazkur maktablarning ixtisoslashtirilgan sinflarda tahsil olishadi.

Kirish imtihonidan o’ta olmaganlari esa shu maktablarning umumta'lim sinflarida o’qishni davom ettiradi.

🔗 Ushbu havola orqali matbuot anjumanini koʻrishingiz mumkin.
👍10
#Jonli_efir
#matbuot_anjumani
#qabul_2023

🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI

Mavzu: Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qabul, hujjatlar topshirish jarayonlari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirok etayotgan MATBUOT ANJUMANIni quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin.

▶️ JONLI EFIR

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Matbuot_anjumani
#Jonli_efir

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Milliy gvardiya hamkorligida tashkil etilgan maktab o‘quvchilarining darslardagi ishtiroki va ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda ota-onalar va mahalla faollari hamkorligi masalalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlandi.

📶 Jonli efir

Matbuot anjumanini shuningdek “O’zbekiston 24” va “Uzreport” telekanallari orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

📶 HURMATLI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI VA BLOGERLAR!

📝 Sizni “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishida erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar. Sohaga oid qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari” mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etamiz!

🎙Unda Siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishingiz mumkin.

📆 Sana: 4-aprel.
Soat: 12:00.
📍Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy, AOKA.

📭 Matbuot anjumani yuzasidan savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

Bizning faoliyatimiz har bir xonadonda har kuni muhokama boʻladi

Ayni vaqtda poytaxtimizdagi 298-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tizimdagi muhim islohotlar” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, vazir oʻrinbosarlari hamda vazirlik masʼul xodimlari ishtirok etyapti.

Matbuot anjumanini ochib bergan Hilola Umarova jurnalist va blogerlarni yangi oʻquv yili bilan tabrikladi:

“Bizning tizim juda katta – maktablarimizda 6 yarim milliondan ortiq oʻquvchi, maktabgacha taʼlim tashkilotlarimizda 2 milliondan ortiq bogʻcha bolasi, texnik xodimlarni qoʻshib hisoblaganda bir millionga yaqin pedagog jamoamiz bor. Oʻquvchilar va bogʻcha bolalarimizning ota-onalari bilan ham bevosita ishlaymiz. Bu degani, bizning kundalik faoliyatimiz deyarli har bir xonadonda har kuni muhokama boʻladi. Aytmoqchi boʻlganim, vazirlik tizimi faoliyati hammaning yaqqol koʻz oʻngida turadi. Mazkur jihat bizni yanada masʼuliyat bilan ishlashga undaydi, albatta”, – deya oʻz fikrini bildirdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#matbuot_anjumani

Noqonuniy egallab olingan maktab binolarini qaytarib olyapmiz


Anjumanda maktab yer maydonlarini noqonuniy egallash holatlari bo‘yicha ham savol berildi.

“Ochig‘ini aytishimiz kerak, bunday holatlar tizimga begona emas. Ayniqsa, 2019-2022 yillarda tizimdagi 279 ta maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida noqonuniy ravishda 470 ta holatda 93,6 gektar yer maydoni fuqarolar va mahalliy hokimliklar qarori asosida oʻzlashtirilgan.
Bugungi kunda, 256 ta holat boʻyicha Fuqarolik va maʼmuriy sudlarga davo arizalari kiritilib, 189 ta sud qarorlari tizim foydasiga qanoatlantirildi.
58 ta obyekt maktablar balansiga toʻliq qaytarilgan.
Birgina misol, Qo‘qon shahridagi 27-maktabni olaylik. Maktab binosini ikkita tashkilot noqonuniy ravishda egallab olgan. Vazirlikning pozitsiyasi aniq, biz maktablarni to‘liq qaytarib olishni xohlaymiz. Hozirda bu borada harakatlar olib borilyapti”

– deya munosabat bildirdi Hilola Umarova.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#matbuot_anjumani

Darsliklar bilan ta’minlash yo‘nalishida raqamli tizim yaratilmoqda

Anjumanda ishtirok etayotgan bloger Zafar Solijonov darsliklar bilan ta’minlash mavzusida savol berdi:

Siz vazir bo‘lishingizdan oldin darsliklar masalasi ancha muammo bo‘lgan. Murojaatlar soni ham ko‘p edi. Hozir vaziyat yaxshilandimi? Darsliklar bilan ta’minlash bo‘yicha ma’lumot bersangiz? Muammolar bormi yoki muammolar to‘liq bartaraf etildimi?


Javob:

Haqiqatan, eng ko‘p muhokama bo‘ladigan mavzulardan biri. Umuman olganda, darsliklar yetkazib berish masalasi bo‘yicha may oyida reja tasdiqlanadi. Ya’ni, har bir hudud o‘z ehtiyoji asosida buyurtma beradi. Vazirlik buyurtmalarni muvofiqlashtiradi va o‘quv yili boshlanishiga qadar yetkazib beradi.

Sentabr oyida ham ba’zi o‘quvchilar maktabini o‘zgartirishi mumkin, darslik esa o‘sha o‘quvchining eski maktabiga etkazilgan bo‘ladi. Shuning uchun ba’zi maktablarda darslik ortib qoladi, ba'zi maktablarda darslik yetmay qoladi. Bu vaziyatlar turli tushunmovchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Biz buni inobatga olib, operativ ishlash uchun har bir hududda shtab tashkil qildik va muammolarni joyida hal qilishga harakat qilamiz. Yana shuni aytib o‘tishim joizki, hozirda darsliklar bilan ta’minlash yo‘nalishida raqamli tizim yaratilmoqda. Bu endilikda mavjud muammolarni yanada tezkor hal qilishimizga imkon yaratadi — dedi Hilola Umarova.


Ma’lumot uchun, ayni damda maktablarda tashkil etilgan komissiyalar tomonidan darsliklar qabul qilinib, o‘quvchilarga tarqatilmoqda. Bugungi kunda chop etib bo‘lingan 25,8 mln nusxa darslik joylarga yetkazildi. 30,5 mln nusxa darsliklar chop etilmoqda.
📣 Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar!

🎙Sizlarni “Yangi O‘zbekiston” universitetida amalga oshirilayotgan ishlar, natija va kelgusidagi rejalar mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif qilamiz!

Mazkur matbuot anjumanida siz universitet faoliyati boʻyicha qiziqarli statistik ma’lumotlarga ega boʻlishingiz va oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

🗓 Sana: 10-dekabr
⏱️ Vaqt: 12:00
📍 Manzil: AOKA (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.)

🔁 English

#matbuot_anjumani

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_efir
#matbuot_anjumani

🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI

Mavzu: “Yangi O‘zbekiston” universitetida amalga oshirilayotgan ishlar, natija va kelgusidagi rejalar.

Ushbu MATBUOT ANJUMANIni quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:

▶️ JONLI EFIR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani
#2024_sarhisob

⚡️HURMATLI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI HAMDA BLOGERLAR!

📶 Sizlarni "Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar" mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etamiz!

🗣Matbuot anjumanida Siz oʻzingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri javob olishingiz mumkin.

📆 Sana: 17-mart
⌛️ Soat: 12:00
🗺 Manzil: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy. AOKA binosi.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jonli_efir
#matbuot_anjumani
#2024_sarhisob

🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI

Mavzu: Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar

Ushbu MATBUOT ANJUMANIni quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:

▶️ JONLI EFIR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#matbuot_anjumani

🤩 Prezident maktablari bitiruvchilarining 80 foizi SAT sertifikatiga ega bo‘lishdi

📍AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumot berildi:

O‘tgan 2024-yilda Agentlik tizimida Ko‘kdala, Pop va Oqdaryo tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari tashkil etilib, natijada iqtidorli bolalar uchun qo‘shimcha 504 ta yangi o‘quvchi o‘rin, 162 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 3 ta – Andijon, Samarqand, Nukus shahar filiali tashkil etildi.

Agentlik tizimidagi o‘quvchi va talabalar soni 73 500 nafarga yetdi, maktablardagi 8 473 nafar o‘qituvchilarning 54 foizini oliy va birinchi toifalilar tashkil etadi.

Agentlik maktablari kirish imtihonlarida 215 211 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Prezident maktablariga hujjat topshirgan o‘quvchilar soni bir o‘ringa nisbatan 185 tani tashkil etdi.

14 ta Prezident maktablarida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining yangi tahrirdagi STEM fanlari ta’lim dasturlari amaliyotga joriy etildi.

9 ta ijod maktabida “San’at” fanini o‘qitish, 185 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda shaxmat darslari, “Yosh akademiklar” klubi, akademiklar tomonidan mahorat darslari o‘tilishi yo‘lga qo‘yildi.

✔️Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#matbuot_anjumani
#qabul_2025

⚡️HURMATLI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI HAMDA BLOGERLAR!

📶 Sizlarni "Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2025/2026-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli" mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etamiz!

🗣Matbuot anjumanida Siz oʻzingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri javob olishingiz mumkin.

📆 Sana: 12-may
⌛️ Soat: 12:00
🗺 Manzil: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy. AOKA binosi.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
#matbuot_anjumani
#qabul_2025

⚡️HURMATLI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI HAMDA BLOGERLAR!

📶 Sizlarni "Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2025/2026-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli" mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etamiz!

🗣Matbuot anjumanida Siz oʻzingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri javob olishingiz mumkin.

📆 Sana: 12-may
⌛️ Soat: 12:00
🗺 Manzil: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy. AOKA binosi.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Qabul_2025
#Matbuot_anjumani

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjuman doirasida mas'ullar tomonidan joriy yilgi qabul va imtihon jarayonlari haqida so‘z yuritildi hamda barcha savollarga batafsil javob berildi.

_____

📆 Agentlik tizimidagi maktablarga hujjatlar qabuli joriy yilning 1-20-IYUN kunlari bo‘lib o‘tadi.

📥 Hujjatlar qabuli onlayn shaklda my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Agentlikning ariza.piima.uz rasmiy veb-sayti hamda mobil ilova orqali qabul qilinadi.

📊 2025-2026-o‘quv yili uchun:

Prezident maktablariga 336 nafar,
ijod maktablariga 440 nafar,
Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 24 nafar,
Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 24 nafar,
ixtisoslashtirilgan maktablarga esa 8 200 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

📞Qabul jarayonlariga oid savollarga javob berib borish maqsadida Murojaatlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Markazga har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha 1206 qisqa raqam orqali bog‘lanish mumkin.

🌐 Bundan tashqari, onlayn hujjat topshirishga ko‘maklashish hamda o‘quvchilar qabuli yuzasidan murojaatlarga javob berish bo‘yicha (hududiy) shtablar ham tashkil etildi.

🗣Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯1