Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.95K subscribers
10.3K photos
810 videos
20 files
2.65K links
Download Telegram
📣 Diqqat IMTIHON!

⚡️
Hurmatli abituriyentlar, Yangi O'zbekiston universitetiga kirish imtihonilari 21-iyul kuni bo'lib o'tishini ma’lum qilamiz.

Yangi O'zbekiston universitetiga kirish imtihoni:

📅 Sanasi: 21-IYUL
Vaqti: 17:00-19:00
📍
Manzil: UzEkspo Markazi 1, 2 binolarida
📋 Abituriyentlarni ro'yxatga olish vaqti: 15:00-16:30

📲 Imtihon haqida batafsil ma’lumot abituriyentning ro'yxatdan o'tgan elektron pochta manziliga hamda shaxsiy telefon raqamiga SMS shaklida yuboriladi.

📑 Imtihonga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va chop etilgan ruxsatnoma bilan kelishingiz so‘raladi.

🔖 Abiturientlar sonini inobatga olgan holda, ro'yxatdan o'tish uchun imkon qadar ertaroq kelishingiz so'raladi!

📍Geolocation

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
👍6
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Dilshod Kenjayev Agentlik tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarning qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

📍O’rganish davomida Dilshod Kenjayev Sirdaryo viloyatining:
▶️ Guliston,
▶️Shirin,
▶️Yangiyer shaharlari hamda
▶️Boyovut tumanidagi ixtisoslashgan maktablarda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarini ko’zdan kechirdi va o’z takliflarini berdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍8
Президент Шавкат Мирзиёев Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг мурожаатини ҳамда ушбу ҳудудда жамоат тартиби тикланганлигини, фуқароларнинг хавфсизлиги, уларнинг ҳуқуқ ва эркинликлари ҳимояси таъминланганлигини инобатга олиб, Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудида фавқулодда ҳолатнинг амал қилишини 21 июль куни соат 05:00 дан бошлаб муддатидан аввал тугатиш тўғрисидаги фармонни имзолади.

Президент Шавкат Мирзиёев, принимая во внимание обращение Жокаргы Кенеса Республики Каракалпакстан, а также учитывая, что в регионе восстановлен общественный порядок, обеспечены безопасность граждан, защита их прав и свобод, подписал указ о досрочном прекращении действия чрезвычайного положения на территории Каракалпакстана с 05:00 часов 21 июля.

Facebook|Instagram|Twitter
👍2
#Imtihon_2022
#Янги_Ўзбекистон_университети

🔴Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O’zbekiston” universitetiga kirish imtihonlari boshlanish arafasida.

📍Imtihonlar “Uzekspomarkaz”binosining 3 ta pavilyonida bo’lib o’tmoqda.

Ma’lumot uchun, 2022-2023-o‘quv yili uchun “Yangi O’zbekiston” universitetiga 300 nafar talabalar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

❗️Jarayonlar Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari nazorati ostida bo’lib o’tmoqda.

👉Imtihon jarayonlarini test2022.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_tinchlik_elchisi
#Prezident_maktablari

Yoshlar tinchlik elchisi...

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari turkum lavhalarda
.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👏2
❗️AGENTLIK TIZIMIDA YANGI TASHKIL ETILGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIDA ISHLASH UCHUN TANLOVDA ISHTIROK ETGAN PEDAGOGLAR DIQQATIGA!

https://job.piima.uz/candidate havolasi orqali kirib, telefon raqamingizni kiriting va tekshirish tugmasini bosish orqali Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga pedagoglar tanlovi natijalari haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍2
#bugun

Bugun, 24 iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.

Davlatimiz rahbari 65 yoshni qarshilamoqda.

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, muhtaram Prezident!
🎉15👍10🥰1
#Onlayn_ochiq_muloqot
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣DIQQAT, E’LON!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovi yakunlari yuzasidan ONLAYN OCHIQ MULOQOT tashkil etiladi!

✔️Unda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Dilshod Kenjayev va Xalq ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxo’jayev ishtirok etishadi.

❗️Onlayn ochiq muloqotda qatnashib, o’zingizni qiziqtirgan barcha savollarga mas’ullardan to’g’ridan-to’g’ri javob olishingiz mumkin.

📍
Ochiq muloqot Prezident ta’lim muassasalari agentligining FACEBOOKdagi rasmiy sahifasida bo’lib o’tadi.

Vaqti: 26-IYUL 15:00

👉Ulanish uchun:
https://www.facebook.com/piima.uz

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍2😁2
#Brifing

🔰Brifing

Mavzu: Prezident ta'lim muassasalari agentligining 2022-yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati sarhisobi
Vaqti: 14:00
● Ishtirok etadi: Dilfuza Sobirova, Agentlik axborot xizmati rahbari

📍Brifing Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo’lib o’tadi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar
#A_level

⚡️14 TA PREZIDENT MAKTABINING BARCHASI XALQARO CAMBRIDGE IMTIHONLARINI O'TKAZUVCHI RASMIY MARKAZGA AYLANDI!

Xabar berganimizdek, xorijiy OTMlarga o‘qishga kirish uchun talab etiladigan A-level imtihonlarini o‘tkazish huquqi Prezident ta'lim muassasalari agentligiga berildi.

Hozirga qadar 4 ta - Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari A-level imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olingan edi.

❗️Endilikda qolgan 10 ta Prezident maktabi ham Cambridge Assessment International Education akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi va A/AS, IGCSE imtihonlarini o'tkazuvchi rasmiy markaz maqomiga ega bo'ldi.

4 ta Prezident maktabi tomonidan A-level imtihonlari may-iyun oyida o'tkazilgan bo'lib, natijalar avgust oyining 3-haftasida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

📌Ma'lumot uchun, A-level imtihonlari butun dunyodagi 1700dan ortiq universitetlar tomonidan tan olingan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍5🎉1