Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.96K subscribers
10.3K photos
810 videos
20 files
2.65K links
Download Telegram
#xushxabar
#CIS

🤩 PREZIDENT MAKTABLARI XALQARO MAKTABLAR KENGASHI AKKREDITATSIYASIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTDI

CIS (Xalqaro maktablar kengashi) vakillari 2022-yildan boshlab Prezident maktablari faoliyatini oʻrganishni boshlagan edi. Oʻtgan davr davomida tashkilot tomonidan maktablarimizda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlar oʻrganildi.

⚡️ Oʻrganishlar natijasiga koʻra hozirda Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva hamda Namangan shahridagi Prezident maktablari CIS (Xalqaro maktablar kengashi) akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarini qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi boʻlish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyati oshadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🎉6👏3🏆1
#sport_maktabi

⚡️YOSH GIMNASTIKACHILARIMIZ ILK SPORT RAZRYADLARIGA EGA BOʻLDI

🤩 Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Yangi yil karnavali” festivali tashkil etildi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi vakillari, taniqli sport namoyandalari, Respublikamizdagi bolalar sport maktablarining 300 dan ortiq sportchi o‘quvchilari tadbir mehmoni boʻldi.

Festival doirasida sport va badiiy gimnastika bo‘yicha musobaqa o‘tkazilib, unda jami 230 nafar yosh sportchi o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqa yakuniy natijasiga koʻra, 1-sinf oʻquvchilari ilk sport razryadiga ega boʻlishgan boʻlsa, yuqori sinf oʻquvchilari navbatdagi razryadlarini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, g‘olib va sovrindorlarga faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Festivalda badiiy va sport gimnastikasi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar, Yangi yil bayram dasturi namoyish etildi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabda 1-8-sinflar kesimida 139 nafar o‘quvchi badiiy hamda sport gimnastikasi bo‘yicha mahoratini oshirish bilan birga zamonaviy ta’lim standartlari asosida bilim olmoqda.

Joriy yilda ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘quvchilari sportning gimnastika turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionati va O‘zbekiston kubogi musobaqalarida ishtirok etib, jami 10 ta medallarni qo‘lga kiritishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun “Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi hamda “Barkamol avlod bolalari” festivalining yakuniy hisobot konserti boʻlib oʻtdi.

Festival barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 3 bosqichda oʻtkazilib, jami 274 ming nafar oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.

“Jadidlar izidan” tanlovi gʻoliblarini ham taqdirladik. Joriy yilning oktyabr-dekabr oylari davomida oʻtkazilgan mazkur tanlovdan maqsad: oʻquvchilarning mustaqil fikrlash koʻnikmalarini yanada shakllantirish, ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini keng targʻib qilish, buyuk jadid allomalar hayoti va ijodi bilan tanishtirish, kitobxon bolalarni aniqlash hamda ularni qoʻllab-quvvatlash.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilk marotaba tashkil etilgan tanlovda ishtirok etish uchun 365 mingga yaqin ariza kelib tushdi.

Yakuniy natijalarga koʻra jami 14 nafar oʻquvchilar gʻolib deb topildi va Germaniyaga taʼlim sayohatini qoʻlga kiritishdi.

Taʼlim sayohati uchun aynan Germaniya tanlanishida ham mazmun bor. Yuz yil avval jadid bobolarimiz Turkiston yoshlarini Germaniyaga, jahonning eng ilgʻor ilmlarini oʻrganib, mamlakatimizga olib kelish uchun yuborgan edi. Afsuski, bu yoshlar qismati ayanchli tugagan.

Bugun esa tanlovda gʻolib boʻlgan yoshlarimiz chin maʼnoda jadidlar izidan yoʻlga tushadi, Germaniyada jadid bobolarimiz taʼlim olgan oliygoh faoliyati bilan tanishadi. Ular sayohatdan katta taassurotlar bilan qaytishi va kelgusida oʻrganadigan bilimlarini vatanimiz ravnaqi uchun sarflashiga katta motivatsiya berishiga ishonaman.

@hilola_umarova
👍5
#iqtibos

"Agar siz farzandingizga dang‘illama uy qurib bersangiz - vaqti soati kelib, u eskirishi mumkin.

Agar eng zo‘r mashina olib bersangiz - uyam tez orada eskirishi mumkin. Agar unga moddiy boylik, pul qoldirsangiz - uyam bir kun sarf bo‘lib tugashi mumkin.
Ammo dunyoda hech qachon eskirmaydigan,  yo‘qolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham bo‘lsa farzandingizga bergan bilim va hunardir. Lekin bilim va ma’rifatni qayerdan, nimadan olish mumkin? Avvalo, kitob degan xazinadan".

Shavkat Mirziyoyev
👍191
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun “Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi hamda “Barkamol avlod bolalari” festivalining yakuniy hisobot konserti boʻlib oʻtdi.

Festival barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 3 bosqichda oʻtkazilib, jami 274 ming nafar oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.

“Jadidlar izidan” tanlovi gʻoliblarini ham taqdirladik. Joriy yilning oktyabr-dekabr oylari davomida oʻtkazilgan mazkur tanlovdan maqsad: oʻquvchilarning mustaqil fikrlash koʻnikmalarini yanada shakllantirish, ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini keng targʻib qilish, buyuk jadid allomalar hayoti va ijodi bilan tanishtirish, kitobxon bolalarni aniqlash hamda ularni qoʻllab-quvvatlash.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilk marotaba tashkil etilgan tanlovda ishtirok etish uchun 365 mingga yaqin ariza kelib tushdi.

Yakuniy natijalarga koʻra jami 14 nafar oʻquvchilar gʻolib deb topildi va Germaniyaga taʼlim sayohatini qoʻlga kiritishdi.

Taʼlim sayohati uchun aynan Germaniya tanlanishida ham mazmun bor. Yuz yil avval jadid bobolarimiz Turkiston yoshlarini Germaniyaga, jahonning eng ilgʻor ilmlarini oʻrganib, mamlakatimizga olib kelish uchun yuborgan edi. Afsuski, bu yoshlar qismati ayanchli tugagan.

Bugun esa tanlovda gʻolib boʻlgan yoshlarimiz chin maʼnoda jadidlar izidan yoʻlga tushadi, Germaniyada jadid bobolarimiz taʼlim olgan oliygoh faoliyati bilan tanishadi. Ular sayohatdan katta taassurotlar bilan qaytishi va kelgusida oʻrganadigan bilimlarini vatanimiz ravnaqi uchun sarflashiga katta motivatsiya berishiga ishonaman.

@hilola_umarova
1
#Йил_сарҳисоби

Bir guruh pedagoglar “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan poytaxtimizda joylashgan Simpoziumlar saroyida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlari, umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari hamda pedagoglar ishtirok etdi.

⚡️ Tadbirda taʼkidlanganidek, ayni vaqtda tizimdagi mavjud 10 mingdan ortiq maktab va 38 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 700 ming nafarga yaqin pedagoglar 8,7 mln nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqda.

❗️ Joriy yilda 4 644 ta davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etilishi natijasida bolalalarni maktabgacha taʼlimga qamrov darajasi 76,0 foizga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov qamrovi 96 foizga yetkazildi.

Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 1 500 taga (2023-yil – 500 ta) yetkazildi. Bunda oʻtgan yilgi baholashda ishtirok etgan 500 ta maktab ichida jarayonlarni samarali yoʻlga qoʻygan maktab jamoalariga 40 foizgacha ustama toʻlab kelinmoqda. Oʻtgan oʻquv yilida oʻquvchilarning oʻrtacha oʻzlashtirish darajasi 6 foizga oshgan.

❗️ Xususan, joriy oʻquv yilining birinchi chorak natijalarini oʻtgan oʻquv yilining xuddi shu davri bilan solishtirilganda, oʻquvchilarning bilim olish darajasi 4 foizga oshganligini koʻrsatmoqda.

Yana bir muhim jarayon sifatida malaka toifalarini berish tizimi mutlaqo yangi tartibda amalga oshirildi. Shunindek, 1 000 nafar amaldagi direktor va 1 600 nafar nomzod “Menejerlik oʻquv kursi”da oʻqitilib, 1 800 nafariga sertifikat berildi.

👏 Tadbir davomida joriy yilda alohida ahamiyatli yutuqlarga erishgan bir guruh umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagoglari “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.

👉 Tadbir soʻnggida “Turon” teatri yosh ijodkorlari ijrosida Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi” spektakli hamda madaniy dasturlar namoyish etildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1