#BAYROGIM_IFTIXORIM 🇺🇿
🇺🇿Samarqand shahridagi Prezident maktabining tarbiyachisi, ART to'garagi rahbari hamda 7-sinf o'quvchilari bilan hamkorlikda muqaddas ramzlarimizdan biri bo'lgan bayroq qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan ijodiy ko'rgazmalar tayyoradi.
🎨O'ylaymizki, o'quvchilar o'rtasida bunday mashg'ulotlar tashkil etilishi, ularda ona Vatan va uning ramzlariga bo'lgan g'urur, ishonch, sadoqat tuyg'ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM

❤6👍5🥰2
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Xalqaro_hamkorlik
📍 Ozarbayjon: ikki mamlakat ta’lim vazirlari hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Ozarbayjon Respublikasi fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
➖ Unda vazirlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlari, jumladan:
➖ O‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha treninglar va qo‘shma loyihalar tashkil etish;
➖ Ta’lim dasturlari va o‘quv materiallarini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish;
➖ Xalqaro STEAM festivali doirasidagi hamkorlikni davom ettirish va O‘zbekistonda STEAM markazini tashkil etish;
➖ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Ozarbayjon Davlat Pedagogika universitetida pedagogik kadrlar almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
➖ O‘zbekiston Respublikasining gospital ta’limi bo‘yicha, xususan “Mehrli maktab” tajribasini o‘rganish;
➖ Bilimlarni baholash tizimlari va raqamli ta’lim platformalari haqida ma’lumot almashish masalalari muhokama qilindi.
❗️Uchrashuv yakunida 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni mustahkamlovchi “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

📍 Ma’lumot o‘rnida: joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston va Ozarbayjon ta’lim vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnoma imzolangan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Amaliy_dars
🔬Biologiya darsida barcha xavfsizlik va sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda maktabning 11-sinf o'quvchilari inson qoni bilan ishlashni amalda bajardilar.
Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
🔬Biologiya darsida barcha xavfsizlik va sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda maktabning 11-sinf o'quvchilari inson qoni bilan ishlashni amalda bajardilar.
Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍17🔥5👏3❤2
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari_tajribasi
#Kembrij_oʻquv_dasturi
⚡️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezident maktablari tajribasi asosida tashkil etilgan o‘zbek va qoraqalpoq tilidagi 5-sinflarga kirish imtihonlari o‘tkazildi.
Kirish imtihonlari bugun, 14-noyabr kuni Nukus shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilib, bir bosqichda, matematika va ingliz tili fanlaridan 30 tadan jami 60 ta topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt berildi.
Qabul jarayonida jami 315 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lib, ulardan 96 nafari o‘zbek sinfiga, 219 nafari qoraqalpoq sinfiga to‘g‘ri keldi. Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan 20 nafar o‘quvchi o‘zbek sinfiga, yana 20 nafar o‘quvchi esa qoraqalpoq sinfiga qabul qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, tashkil etilayotgan ushbu sinflarda Kembrij dasturi asosida o‘qitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Mazkur sinflarga muntazam ravishda Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan metodik yordam koʻrsatib boriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

👍1