Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.95K subscribers
10.3K photos
810 videos
20 files
2.65K links
Download Telegram
“MILLIY LIBOSLAR- MA'NAVIYAT KO'ZGUSI”

⚜️O‘zbek milliy matolari deganda ko‘z o‘ngimizda kamalak ranglarda tovlanuvchi atlas-u adraslar namoyon bo‘ladi. Azaliy qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan ushbu go‘zal matolarda xalqimizning uzoq hamda shonli o‘tmishi, qadimiy an’analari, estetik dunyoqarashi va o‘ziga xos xususiyatlari mujassamdir. 

🔆Bu borada yosh avlodni milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash maqsadda bugun Samarqand shahridagi Prezident maktabida “Milliy liboslar- ma'naviyat ko'zgusi” mavzusida tanlov o‘tkazildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
Telegram | Instagram | Facebook
👍20
Maxmudxo‘ja Behbudiyning uy-muzeyi sayohat

📌Samarqand shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchilari Turkiston jadidlarining otasi Maxmudxo‘ja Behbudiyning uy-muzeyiga sayohat qilishdi.

O'quvchilar Maxmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar, ijodxonasi interyeri, Behbudiyning zamondoshlari, safdoshlari, shogirdlari hamda noshirlik dastgohi, foydalangan ashyolar, "Xalq oynasi" (“Oyna” jurnali, “Samarqand” ) gazetalarining ilk sonlari ekspozitsiyalari namoyishidan o'zlariga kerakli bo'lgan muhim ma'lumotlarni bilib olishdi.

🗓Ma'lumot uchun ushbu uy-muzey Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 206-sonli qarori asosida 2021-yilning 18-oktyabr kuni tashkil qilingan.

📍Muzey uchun ajratilgan bino Samarqand shahri, Mir Said Baraka ko‘chasi 47-uyda joylashgan

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM

➤ Telegram | Instagram | Facebook
👍17🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SАMАRQАND SHАHRI KUNI QUTLUGʼ BOʼLSIN!

Аssalomu alaykum, hurmatli hamshaharlar va aziz shahrimiz mehmonlari!

🔆 Sizlarni 18 oktabr – "Samarqand shahri kuni" bayrami bilan samimiy qutlayman. Goʼzal shahrimiz biz samarqandliklarning mehru-muhabbati bilan yer yuzining sayqali sifatida kundan-kun chiroy ochmoqda.

Ilm-fan, madaniyat va sanʼat, savdo va hunarmandchilik markazi sifatida qadimiy anʼanalarga sodiq qolgan holda bugun ham Samarqand dunyo ahlini hayratga solib, oʼz bagʼriga chorlamoqda.

Betakror shahrimiz ayyomi barchangizga muborak boʼlsin!

Hurmat bilan, Samarqand shahridagi Prezident maktabi jamoasi.
👏11👍5
#kitob_mutolaasi

⚡️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” loyihasi davom etadi

Oʻzbekning 100 ziyolisidan “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiyasini berib bormoqda.

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻafurov tavsiyasi
Аkademik Naim Karimov tavsiyasi
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarov tavsiyasi
O‘zbekiston xalq hofizi Sherali Joʻrayev tavsiyasi
O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva tavsiyasi
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova tavsiyasi
Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tavsiyasi
Jurnalist Xayrulla Hamidov tavsiyasi
Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev tavsiyasi
Kinorejissor Shokir Xoliqov tavsiyasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Samarkand_City_Day

☀️Bizga ma'lumki, 1996 yildan boshlab 18 oktabr “Samarqand shahar kuni” sifatida keng nishonlanadi.

Shu munosabat bilan san'at fani o'qituvchisi hamda dizayn va tasviriy san'at to'garagi rahbari Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylar manzarasini aks etdiruvchi rasmlar tanlovini o'tkazishdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM

➤ Telegram | Instagram | Facebook
👏8🔥4👍2