Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.88K subscribers
9.84K photos
777 videos
18 files
2.53K links
Download Telegram
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#1_iyuldan_20_iyulgacha

📢 DIQQAT E'LON!

❗️TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyuldan – 20-iyulga qadar ONLAYN shaklda
ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirish rejalashtirilgan.

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2023-2024-o'quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
🔸Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga;
🔸Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga;
🔸Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#Tabriknoma

Aziz bolajonlar!

Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! Yurtimizning har bir o‘g‘il-qizi tinch-osuda vatanda, ota-onasi bag‘rida, baxtiyor bo‘lib ulg‘ayishini, ilm olishini tilayman.

Siz ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz!
Sizning sifatli ta’lim olishingiz va o‘zingiz tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishingiz uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Mamlakatimizda Sizga, sizning qiziqishlaringiz, huquq va manfaatlaringizga alohida e’tibor qaratiladi. "Bola huquqlari" to‘g‘risidagi konvensiya ratifikasiya qilinishi, "Bola huquqlarining kafolatlari" to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi, Bolalar ombudsmani institutini ta’sis etilishi buning yaqqol namunasi sifatida e’tirof etishimiz mumkun.

Qadrli bolajonlar, siz ertamiz egalarisiz, sizni barkamol inson etib tarbiyalash esa baxtli va farovon kelajagimiz kafolatidir.

Bayram muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#10_iyundan_30_iyungacha

📣 HURMATLI OTA-ONALAR VA O'QUVCHILAR!

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLAR QABUL
E'LON QILADI!

📌 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2023-yilning 10-iyun sanasidan 30-iyun sanasigacha davom etadi.

❗️Eslatib o'tamiz, Agentligimiz tizimidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyuldan – 20-iyulga qadar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

🔖 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirlgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tabriknoma

Aziz bolajonlar!
Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman!

O‘zbekistonimizdagi har bir o‘g‘il-qiz tinch-osuda yurtimizda, ota-onasi bag‘rida, jism-u joni salomat bo‘lib ulg‘ayishni tilayman.

Siz ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz!
Ota-onangiz orzu qilgan buyuk inson bo’lib yetishishingizga tilakdoshman.

Lazizxon Raxmatov
Samarqand shahridagi Prezident maktabi direktori
#Science_Fair

🏆Maktabimizda bo'lib o'tgan ochiq eshiklar kunida ilmiy yarmarka (Science Fair) loyihalari natijalarini e'lon qilindi.

🧪Bu ko'rgazmada maktabimiz o'quvchilari o'zlarining tanqidiy fikrlash, muammoni yechish va muloqot qilish ko‘nikmalaridan foydalangan holda ilmiy bilimlari va tajribalarini namoyish etishdi.

III o'rin
5-7-sinflar o’rtasida 6-blue sinfining “Electromagnetic train” nomli loyihasi,
8-10-sinflar o’rtasida 9- green sinfining “Rain garden with Water pumping system” nomli loyihasi,

II o'rin
5-7-sinflar o’rtasida 6-green sinfining “Sustainable Smart City” nomli loyihasi
8-10-sinflar o’rtasida 10-sinflarning “Vertical Farm” nomli loyihasi

I o'rinda
5-7-sinflar o’rtasida 5-blue sinfining “Reforestation” nomli loyihasi egalladi.
8-10-sinflar o’rtasida 8-green sinfining “Dyson Sphere” nomli loyihasi egalladi.

Ushbu jarayonlarda mehnat qilgan o‘qituvchilar va xodimlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
#bola_huquqlari
#psixologik_trening

"BOLA HUQUQLARINI HIMOYA QILISH"

📓 Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Bola huquqlarini himoya qilish" mavzusida milliy gvardiya qo'riqlash xizmati xodimlari, maktab hamshiralari hamda oshxona xodimlari bilan maktab o'quvchilari farovonligi bo'yicha psixologik trening o'tkazildi.

🔆Trening davomida Bola huqulari va ularning farovonligi to'g'risidagi konvensiyaning mohiyati va butun dunyodagi ahamiyati haqida nutq soʻzlandi  va mavzuga mos amaliy mashg'ulotlar bajarildi.

Kanalga ulanish
👇👇👇 https://t.iss.one/SamarqandPM

Telegram | Instagram | Facebook
#Bolalarni_himoya_qilish_kuni
#foto

🔆 Samarqand shahridagi Prezident maktabida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkillashtirildi.

🤩Tadbir davomida ustozlar tomonidan tayyorlangan qiziqarli bayram dasturi namoyish edildi.

Kanalga ulanish
👇👇👇 https://t.iss.one/SamarqandPM

Telegram | Instagram | Facebook