Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.66K subscribers
7.57K photos
647 videos
17 files
2.01K links
Download Telegram
🇺🇿🇹🇷Turkiya oliy ta'lim muassasalarida to'liq grant asosida tahsil olish imkonini beruvchi Turkiye Burslari grant dasturi jamoasi Samarqand shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔹Uchrashuv davomida dastur tomonidan taqdim etilayotgan ta’lim dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Xalqaro ta’lim kuni arafasida men O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi islohotlari samarasini, muvaffaqiyatlarini faxr bilan e’tirof etmoqchiman. Biz ta’lim — farovonlik poydevori ekaniga qat’iy ishonamiz va har bir bola uchun o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini taʼminlashga intilamiz.

Bugun xalqaro hamkorlarimiz — UNICEF, UNESCO, UNDP, IHTT, Jahon banki va boshqalar bilan muhim uchrashuv o‘tkazdik. Muloqot davomida ta’lim masalasiga yangi yondashuvlarni — innovatsiyalar, zamonaviy metodikalar va jahon tajribasiga asoslangan yechimlarni muhokama qildik.

Birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijasida sifatli taʼlim olish imkoniyatidan barcha erkin foydalanishi uchun zarur sharoit yaratishga erishamiz.

_

В преддверии Международного дня образования я с гордостью отмечаю успехи реформ Узбекистана в данной сфере. Мы твёрдо убеждены, что образование — это фундамент процветания, и мы продолжим прилагать все усилия, чтобы каждый ребёнок имел возможность раскрыть свой потенциал.

Сегодня состоялась важная встреча с нашими международными партнёрами: UNICEF, UNESCO, UNDP, ОЭСР, Всемирным банком и другими. Вместе мы обсудили новые подходы к образованию, основанные на инновациях, современных методиках и глобальном опыте.

Вместе мы сможем создать условия, в которых качественное образование станет доступным для каждого.
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Milliy_Gvardiya
#Hamkorlik

⚡️Samarqand shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari bilan Samarqand viloyati Milliy gvardiya qo'riqlash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik S.Abduholiqov hamda yuristkonsult D.Xikmatulloyev "Bolalar  xavsizligi va ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash" mavzusida davra suhbati o'tkazishdi.

🔹Davra suhbati davomida o'quvchilar diniy ekstremizm va terrorizm haqidagi tushunchalarga ega bo'lib, huquqiy savodxonligini yanada oshirishdi.

🏹Bunday suhbatlar o'quvchilarni ma'naviy immunitetini oshirib, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashishda yaqindan yordam beradi.
Suhbat jarayonida o'quvchilar nafaqat o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, balki kamondan o'q otish hamda avtomat bilan ishlash sirlarini ham o'rganishdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
“Tarbiya-oiladan boshlanadi”

☀️Samarqand shahridagi Prezident maktabining tarbiyachisi 6-sinf o'quvchilari bilan birgalikda “Tarbiya-oiladan boshlanadi”mavzusida davra suhbati o'tkazishdi.

O'zbek xalqi qadim-qadimdan oilani muqaddas bilgan.Oiladagi tarbiya oilaviy hayotni kuzatish,o’rnak olish va yaxshi o’gitlar eshitish orqali shakllanib kelgan.

💼Shunday ekan, asosiy maqsad: Hozirgidek murakkab sharoitda milliy o'zligimiz,azaliy qadriyatlarimizga yot bo'lgan xurujlar yoshlarimizning ongi hamda qalbini egallashga qaratilgan g'arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani har birimizdan hushyor va ogoh bo'lish kerakligini o'quvchilar ongiga singdirishdan iboratdir.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM