Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.64K subscribers
7.34K photos
633 videos
17 files
1.95K links
Download Telegram
👍👍👍👍👍👍👍

21-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E’LON QILINDI

🌍 13-17-yanvar kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida matematika, fizika va informatika fanlaridan 21-Xalqaro Jautikov Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

👥Dunyoning 20 mamlakatidan 700 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi katta muvaffaqiyatga erishdi:
🥇 2 ta oltin, 🥈 5 ta kumush, 🥉 12 ta bronza — jami 19 medal!

G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:

MATEMATIKA;

INFORMATIKA;

FIZIKA.

❗️ Eslatma: O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan yilgi 20-Xalqaro Jautikov Olimpiadasida jami 14 medal qo‘lga kiritgan edi.

Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

Ilm — taraqqiyot va yuksalish kalitidir. Har bir yutuq — yorqin kelajak sari qo‘yilgan mustahkam qadamdir.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Samarkand

📍Farmatsevtika texnik Universiteti Samarqand shahridagi Prezident maktabida

🔹Farmatsevtika texnik Universiteti jamoasi Samarqand shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida maktab o‘quvchilariga farmatsevtika sohasi, uning istiqbollari va universitet tomonidan taqdim etilayotgan ta’lim dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔰Uchrashuv yakunida universitet vakillari tomonidan o‘quvchilarga soha bo‘yicha qo‘llanmalar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.


Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
#Zayed_Sustainability_Prize
#Prezident_maktabi

XALQARO TANLOV GʻOLIBLARI TANTANALI KUTIB OLINDI

Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova,
mas'ullar hamda ota-onalar ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabriklashdi.


Eslatib oʻtamiz,
mazkur tanlovda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi.

❗️Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur xalqaro tanlovda oʻquvchilarimiz tomonidan taqdim etilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Endilikda bu loyihani moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI ANIQ VA TABIIY FANLAR OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA


📣Muhammad al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasi umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda!

Olimpiada joriy yili 4 bosqichda tashkil etiladi:
Maktab bosqichi – 1- fevralga qadar;
Tuman (shahar) bosqichi – 15-fevral kuniga qadar;
Viloyat bosqichi – 28-fevral kuniga qadar;
Respublika bosqichi – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha aprel oyida, aniq fanlar yo‘nalishi esa Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi sifatida may oyida bo‘lib o‘tadi.

⭕️⭕️⭕️
💠Olimpiada nizomi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

🎁G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

SHOSHILING!

💠Barcha iqtidorli o‘quvchilarni mazkur Muhammad al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etishga taklif etamiz!

Zero bilim qudratdir! Muhammad al-Xorazmiy kabi, kelajakni ilm bilan yoritaylik!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM