Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.96K subscribers
10.3K photos
808 videos
20 files
2.65K links
Download Telegram
🎨Samarqand shahridagi Prezident maktabi 7-sinf o'quvchilari tarbiyachisi bilan birgalikda

🔹14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganining 33 yillik bayrami  munosabati bilan "Mardlar qo'riqlaydi Vatanni" mavzusida rasmlar ko'rgazmasi tashkil etishdi.

🧩Bunday tadbirlar o'quvchilarning qalbida  vatanga muhabbat, sadoqat va milliy g'urur kabi tuyg'ularni shakllantirishda yordam beradi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍6
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Ta’lim tizimimizning yutuqlari xalqaro maydonda yana bir bor e’tirof etildi. Toshkent shahridagi Prezident maktabi Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Maktab o‘quvchilari Pahlavon Gʻulomov va Asilbek Ashrapov hamda ularning ustozi Sohibxon Azizovning yomg‘ir suvini ichishga yaroqli darajagacha qayta ishlash loyihasi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Tanlovga 156 ta davlatdan jami 5980 ta ariza kelib tushgan edi.

Bugun Abu-Dabida mukofotni o‘quvchilarga Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon shaxsan topshirdi.

Yoshlarimizning bu ajoyib muvaffaqiyati barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi, shuningdek, Prezidentimiz tanlagan barqaror va “yashil” rivojlanish yo‘li naqadar to‘g‘ri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Biz o‘quvchilarimizga yanada yuksak yutuqlar va yangi zafarlar tilaymiz!

-

Успехи нашей системы образования вновь признаны на международной арене. Президентская школа города Ташкента стала региональным победителем в номинации «Глобальные средние школы» престижной премии имени Шейха Заида Аль Нахайяна.

Победу одержал проект учеников школы Пахлавона Гуломова и Асилбека Ашрапова, а также их наставника Сохибхона Азизова по переработке дождевой воды до уровня, пригодного для употребления. Всего для участия было подано 5980 заявок из 156 стран.

Сегодня в Абу-Даби награда была вручена ребятам лично Президентом Объединённых Арабских Эмиратов Шейхом Мухаммадом бин Заидом Аль Нахайяном.

Этот выдающийся успех нашей молодёжи вызывает чувство гордости в каждом из нас и в очередной раз подтверждает правильность выбранного Президентом нашей страны курса на устойчивое и «зелёное» развитие.

Мы искренне желаем нашим ученикам ещё более грандиозных достижений и новых побед!
🤩3👍2🔥2
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Toshkent shahridagi Prezident maktabi barqaror rivojlanish bo‘yicha Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning "Global o‘rta maktablar" nominatsiyasida g‘olib deb topildi

kun.uz | Prezident maktabi oʻquvchilari Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi mukofotni qo‘lga kiritdi

daryo.uz | Abu-Dabida Toshkent Prezident maktabi Zayd Barqarorlik mukofoti g‘olibi bo‘ldi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3🎉1
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli Prezidentimiz olib borayotgan ochiq tashqi siyosat tufayli mamlakatimiz yoshlariga dunyoning nufuzli universitetlari eshik ochyapti. Ertadan boshlab “Yangi O‘zbekiston” universitetining bir guruh talabalari Birlashgan Arab Amirliklarining Xalifa universitetida bir semestr mobaynida o‘qishni davom ettirishadi.

Talabalar Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi va Dasturiy ta’minot muhandisligi yo‘nalishlarini tanlashgan. Yurtimizda bugun zamonaviy muhandislarga ehtiyoj katta.

Bundan 2 yil avval BAAga xizmat safarimiz davomida Xalifa universiteti bilan talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olgan edik.

Kelajakda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, ikkala universitet o‘rtasida bundan-da yirik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

@hilola_umarova
💯1
#Salomatlik_tuman_boylik

🔹Samarqand shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilarning tibbiy savodxonligini oshirish maqsadida, mavsumiy kasallik hisoblanmish gripp mavzusida 5-sinf o‘quvchilari bilan maktab hamshirasi va tarbiyachisi davra suhbati o’tkazishdi.

Gripp belgilari, profilaktikasi haqida o‘quvchilar qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

🔰Bu kabi suhbatlar o‘quvchilarning tibbiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍6🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Араб Амирликларига расмий ташрифи икки мамлакат ўртасидаги ҳамкорликда янги даврни бошлаб берди

Официальный визит Президента Шавката Мирзиёева в Объединенные Арабские Эмираты положил начало новой эпохе в сотрудничестве двух стран

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2