Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.96K subscribers
10.3K photos
808 videos
20 files
2.65K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев "Абу-Даби барқарор ривожланиш ҳафталиги" очилиши ҳамда Шайх Зоид номидаги мукофот ғолибларини, шу жумладан Тошкентдаги Президент мактабини тақдирлаш маросимида иштирок этди

Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в открытии "Недели устойчивого развития Абу-Даби" и церемонии награждения победителей премии имени Шейха Заида, в числе которых Президентская школа в Ташкенте

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3🏆2
Forwarded from Daryo — LIVE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abu-Dabida Toshkent Prezident maktabi Zayd Barqarorlik Mukofoti g‘olibi bo‘ldi

O‘quvchilar 150 maktabda yomg‘ir suvini yig‘ish bo‘yicha loyiha ishlab chiqqandi. Ular Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining Global yuqori maktab yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.

Zayed Sustainability Prize ekologik barqarorlik va inson farovonligiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni rag‘batlantiradi. Mukofot 5 yo‘nalishda beriladi: sog‘liqni saqlash, ta’lim, energiya, suv va global maktablar.

@daryo_live
👍7👏2🎉2
Assalomu alaykum!
Sizlar bilan yana bir xushxabarni boʻlishmoqchiman!


Bugun Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovining taqdirlash marosimida Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Oʻquvchilarimiz tomonidan ilgari surilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Yildan yilga ichimlik suvi taqchillashib borayotgan bugungi kunda ayni shu kabi loyihalar juda ham ahamiyatli va dolzarb ekanligi xorijiy ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

2024-yilda 156 ta davlatdan ariza topshirgan 6 mingga yaqin ishtirokchilarning loyihalari orasidan finalda ishtirok etuvchi 33 ta loyiha tanlab olingan. Ular orasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilarining gʻolib boʻlgani quvonarli hol, albatta.

Endilikda oʻquvchilarimizning ushbu global miqyosdagi loyihalarini moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Ularning ushbu natijalari ortida tinimsiz oʻqish va izlanish yotibdi. Ilm yoʻlida tunni kunga, kunni tunga ulagan har bir oʻquvchi kun kelib yuksak marralarni zabt etishi shubhasiz.

Aziz yoshlar, ilm oʻrganishdan aslo charchamang. Bugun oʻrganayotgan bilimlaringiz, egallayotgan koʻnikmalaringiz ertaga Yangi Oʻzbekiston nomini yanada koʻklarga koʻtaradi!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori
👍7👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari "Аbu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" sammitida nutq soʼzladi
👍21
#Ota_onalar_majlisi
#5_kun
#Samarqand_Prezident_maktabi

Samarqand shahridagi Prezident maktabida 2025-yil 8-yanvardan 16-yanvar kunlari o‘quvchilarning akademik o‘zlashtirishi yuzasidan I semestr natijalari, maktabning asosiy maqsadi, ustuvor vazifasi va bitiruvchilarning xususiyatlari bo‘yicha ota-onalar yig‘ilishi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

🔹Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad-ota-onalarni farzandlarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida xabardor etish hamda farzandlarimiz yuqori natijalarga erishishi va ta’lim-tarbiya berishda biz bilan o‘quv yili davomida hamkorlikda ishlash.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍6🔥21
🎨Samarqand shahridagi Prezident maktabi 7-sinf o'quvchilari tarbiyachisi bilan birgalikda

🔹14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganining 33 yillik bayrami  munosabati bilan "Mardlar qo'riqlaydi Vatanni" mavzusida rasmlar ko'rgazmasi tashkil etishdi.

🧩Bunday tadbirlar o'quvchilarning qalbida  vatanga muhabbat, sadoqat va milliy g'urur kabi tuyg'ularni shakllantirishda yordam beradi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍6