Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.64K subscribers
8.03K photos
675 videos
17 files
2.1K links
Download Telegram
December 19, 2024
#xushxabar
#CIS

🤩 PREZIDENT MAKTABLARI XALQARO MAKTABLAR KENGASHI AKKREDITATSIYASIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTDI

CIS (Xalqaro maktablar kengashi) vakillari 2022-yildan boshlab Prezident maktablari faoliyatini oʻrganishni boshlagan edi. Oʻtgan davr davomida tashkilot tomonidan maktablarimizda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlar oʻrganildi.

⚡️ Oʻrganishlar natijasiga koʻra hozirda Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva hamda Namangan shahridagi Prezident maktablari CIS (Xalqaro maktablar kengashi) akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarini qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi boʻlish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyati oshadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 19, 2024
#sport_maktabi

⚡️YOSH GIMNASTIKACHILARIMIZ ILK SPORT RAZRYADLARIGA EGA BOʻLDI

🤩 Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Yangi yil karnavali” festivali tashkil etildi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi vakillari, taniqli sport namoyandalari, Respublikamizdagi bolalar sport maktablarining 300 dan ortiq sportchi o‘quvchilari tadbir mehmoni boʻldi.

Festival doirasida sport va badiiy gimnastika bo‘yicha musobaqa o‘tkazilib, unda jami 230 nafar yosh sportchi o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqa yakuniy natijasiga koʻra, 1-sinf oʻquvchilari ilk sport razryadiga ega boʻlishgan boʻlsa, yuqori sinf oʻquvchilari navbatdagi razryadlarini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, g‘olib va sovrindorlarga faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Festivalda badiiy va sport gimnastikasi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar, Yangi yil bayram dasturi namoyish etildi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabda 1-8-sinflar kesimida 139 nafar o‘quvchi badiiy hamda sport gimnastikasi bo‘yicha mahoratini oshirish bilan birga zamonaviy ta’lim standartlari asosida bilim olmoqda.

Joriy yilda ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘quvchilari sportning gimnastika turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionati va O‘zbekiston kubogi musobaqalarida ishtirok etib, jami 10 ta medallarni qo‘lga kiritishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 20, 2024