Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.85K subscribers
9.33K photos
749 videos
18 files
2.39K links
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

XITOY XALQARO MAKTABI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Xitoyda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "Yinghua Academy Tianjin" xalqaro maktabi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida mamlakatlarimiz o‘rtasida ko‘plab sohalar qatori ta’lim yo‘nalishida ham o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Muloqot doirasida Agentlik mas’ul xodimlari mehmonlarni tizimdagi maktablar, oliy ta’lim muassasalari, tuzilmalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, joriy yilda erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar borasida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida "Yinghua Academy Tianjin" xalqaro maktabi vakili Yan Zhou ham o‘z ta’lim muassasasi haqida taqdimot o‘tkazdi.

Qayd etilganidek, mazkur Xalqaro maktab 2000-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti va Xitoy milliy dasturlaridan foydalangan holda dars berib kelinmoqda. Ta’lim muassasasi xorijlik yoshlar uchun ham o‘quv dasturlari, kurslar taklif qiladi.

Uchrashuv davomida ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar almashinuvi dasturi, o‘qituvchilar tajriba almashinuvi, xitoy tili mutaxassislarini jalb qilish borasida takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Fargʻona

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Fargʻona viloyatida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Xususan, ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston, Beshariq va Furqat tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi.

Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Qolaversa, muloqotlarda Agentlik direktori yoshlarning kelgusidagi maqsad va orzulari bilan qiziqib, tanlagan sohasi boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlish uchun avvalo oʻquvchilikdanoq puxta bilim olish, xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish lozimligini taʼkidladi.

Maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim muassasalarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Agentlik direktori masʼullarga ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, intellektual va sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📚Kitoblar - xilma-xilligi olamiga yo'l

📖Kitoblar o'qish hayotimizga cheksiz bilimlar, turli qarashlar va sarguzashtlarni olib kiradi.

🔹Har bir kitob yangi dunyolarni ochadi, o'ziga xos tajribalar va donishmandlikka yo'l ochadi. Kitoblar bizni o'sishga, yangi narsalarni so'rashga va kengroq dunyoqarashga ega bo'lishga undaydi.

📃Ko'plab kitoblar o'qish bu umrbod ta'lim va o'z-o'zini rivojlantirishning qismidir, bu esa hayotimizni boyitadi va yaxshiroq insonga aylantiradi.

📌Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
#ishchi_guruh
#Surxondaryo

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Agentlikning Termiz shahridan olis hududlarda joylashgan Shoʻrchi hamda Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Xususan, dars jarayonlari kuzatilib, oʻquvchilarni fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatgichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi doirasida Muzrabot, Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktablari hamda Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ham STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitiladigan sinflar tashkil etilgan boʻlib, ishchi guruh tomonidan ulardagi darslar kuzatilib tahlil qilindi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi. Shuningdek, bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube