Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.64K subscribers
7.04K photos
606 videos
17 files
1.89K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#millat_bayrogʻi
#chellenj_davom_etmoqda

🤩 Ixtoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi 18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan mamlakatimiz bo’ylab davom etayotgan “Millat bayrog’i” shiori ostidagi chellenjda faol ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#millat_bayrog’i

🇺🇿 MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI

Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsoli, Vatanimizning beqiyos ramzidir. Toki bayroq bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor.

Magʻrur hilpirayotgan bayrogʻimiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka va kelajakka boʻlgan mustahkam ishonch ramzi sifatida qalbimizga bitmas-tuganmas iftixor bagʻishlaydi.

Davlatimiz ramzi qabul qilingan sana bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_bayroq

🇺🇿Samarqand shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari 18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan o'quvchilar ustozlariga o'zlari tayyorlagan faxr lentalarini taqishdi hamda "Millat bayrog'i" deb nomlangan tadbir tashkillashtirildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
Forwarded from Hilola Umarova
Aziz yurtdoshlar,
Qadrli hamkasblar!


Bugun yana bir muhim sana — 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun yurtimiz miqyosida keng nishonlanmoqda.

Albatta, bayroq qadim-qadimdan xalqlarning mustaqilligi va ozodligi, tinchlik va barqarorlik timsoli boʻlib kelgan. Shu maʼnoda vatanimiz bayrogʻining oʻrni va qadri har birimiz uchun muqaddas va ulugʻdir.

Men ishonamanki, bugungi yosh avlod vakillari mamlakatimiz bayrogʻining yurtimiz suvereniteti va jahondagi mustaqil davlatlar orasidagi munosib oʻrnini belgilashdagi ahamiyatini yurakdan his qilishadi va faxrlanishadi.

Barchamizga bugungi milliy iftixor bayrami muborak boʻlsin.

Mustaqil Oʻzbekistonning davlat bayrogʻi doimo baland hilpirayversin.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#rasmlar_tanlovi

"Bayrog'imiz-g'ururimiz!"🇺🇿

🇺🇿Samarqand shahridagi Prezident maktabining 5-6-7-sinf o'quvchilari o'rtasida "Bayrog'imiz-g'ururimiz!" mavzusida rasmlar tanlovi bo'lib o'tdi.

🎨Ushbu tanlovda
🏵1-o'rin Samariddinova Lobar va Eshmuhammadova Zulfizar(6-sinf); 🏵2-o'rin Muxtorova Gulzoda, Abdurasulova Kumush(6-sinf);
🏵3-o'rin Murodqulov Muxammadjon va Safarov Jonibek.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_bayroq_ostida_birlashamiz

🇺🇿Samarqand shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchilari "Bir bayroq ostida birlashamiz" mavzusida videorolik tayyorladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
DO'STONA UCHRASHUV

🤝Ta’lim sifatini oshirish, o‘zaro tajriba almashish va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Samarqand shahridagi Prezident maktabida o‘quv amaliyotining ijobiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida doimiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Bugun ana shunday uchrashuvlardan biri doirasida
Psixologiya fanlari nomzodi, Boltiq gumanitar instituti psixologiya fakulteti dotsenti, xalqaro rus-o‘zbek hamda "Класс Zo'r" loyihasi metodisti  Fedosenko E.V  rus tili va adabiyoti fani o'qituvchisi M.Sh.Alievaning  darsida qatnashdi.

🌟Ekaterina Vladimirovna o'qitishning yuqori darajasi va sifatini, o'qituvchining kasbiy mahorati va o'quvchilarning fanga qiziqishini alohida ta'kidlab o'tdi.  Shuningdek, rus tilini chet tili sifatida o'qitish usullari bo'yicha kelgusida hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirdi.

⚡️Bunday uchrashuvlar do‘stona munosabatlarni saqlash, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.