Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.64K subscribers
8.58K photos
707 videos
17 files
2.22K links
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan maktabiga dunyoda ta’lim sohasida yuqori nufuzga ega, innovatsion o‘qitish metodlari va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha yetakchi dasturlari bilan mashhur St Peter's Schooldan mehmonlar tashrif buyurishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Qashqadaryo

🤩 AGENTLIK RAHBARIYATINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Qashqadaryo viloyatida joylashgan 16 ta: Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida boʻldi.

Mazkur maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorlik holati, "yashil makon" umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.

Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

🤩 Xabar berganimizdek, Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida o‘tkazilayotgan “Xalqaro STEAM Ozarbayjon" festivalida Agentlik tizimidagi Prezident maktablarining 10 nafar o‘quvchisi ishtirok etmoqda.

🏆 Mazkur festival yakunlariga koʻra:

🥇Nukus shahridagi Prezident maktabining jamoasi Lego yoʻnalishida oltin medalni;

🥈Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi FlyTech yoʻnalishida kumush medalni;

🥉Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi Green initiatives yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM