Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.65K subscribers
6.77K photos
570 videos
16 files
1.83K links
Download Telegram
#Kitobxonlik_haftaligi
#Samarqand_Prezident_maktabi

📚Samarqandda “Kitobxonlik haftaligi”

📖Samarqand shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o'quvchilari A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazida o'tkazilgan “Kitobxonlik haftaligi”da ishtirok etishdi.

🔅Tadbir davomida kitob taqdimotlari, qiziqarli savol-javobli o’yinlar, kutubxona bo'limlari bilan tanishuv tashkil etildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.iss.one/SamarqandPM
➤ Telegram | Instagram | Facebook
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Adabiyot_darsi

Kitob insonning zehnini oshiradi, mulohaza qilishga undaydi, ayniqsa, u bizning hayotimizga yaqin bo'lsa. Samarqand shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchilari bilan adabiyot darslarini qiziqarli tashkil etish maqsadida kutubxona fondidan foydalanildi.

🔰O'quvchilarga Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub memuar qissa "Dunyoning ishlari" asari tanishtirildi. Qissa katta-kichik hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilganligi, uning mazmun-mohiyati, onalarimizning hayotimizdagi o'rni haqida qiziqarli suhbat, voqealar haqida gaplashildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.iss.one/SamarqandPM
➤ Telegram | Instagram | Facebook
#hududlardan_xabarlar

Buxoro, Nurafshon shahridagi Prezident maktablarida 16-sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni doirasida maʼnaviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabi hamda Qashqadaryo viloyat Milliy gvardiyasi Chavandozlar maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabida adabiy uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida mashgʻulotlarda yaratilgan oʻyin va dasturlar taqdimoti
oʻtkazildi.

Andijon, Toshkent, Qarshi shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari xalqaro SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi.

Jizzax, Navoiy, Xiva sharidagi Prezident maktablarida sport musobaqalari tashkil etildi.

Toshkent, Nukus, Guliston shahridagi Prezident maktablari, Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida olimpiada va tanlovlarda faxrli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar
taqdirlandi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot–kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan
tanishdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida haftaning har shanbasi "sport kuni" deb
belgilandi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Oratory club" loyihasi
yoʻlga qoʻyildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi  “Mushoira” tanlovida
gʻolib boʻldi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi va Koreya ta’lim markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Qahramoni Muhabbat Sharapova bilan uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Jamoada ahillikni oshirish” mavzusida psixologik trening
tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Shayxontohur, Asaka tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ilm-fan namoyandalari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida matematika fanidan maktab olimpiadasi
oʻtkazildi.

Olmazor, Peshku, Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari hududlardagi tarixiy-madaniy maskanlarga sayohat qildi.

Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻqituvchilari ishtirokida hududdagi umumta’lim maktablari uchun yangi baholash tizimi boʻyicha seminar-treninglar
oʻtkazildi.

Janubiy Koreyaning "Robotics Ware" jamoasi Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan
yaqindan tanishdi.

Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Germaniyada ta’lim olish imkoniyatlari" mavzusida davra suhbati
tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#psychologist_time

☀️Samarqand shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchilari bilan maktab muhitiga moslashish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli ruhiy zo'riqishlarni oldini olish maqsadida "Men endi 5-sinfman" mavzusida psixologik trening mashg'uloti o'tkazildi.

 💫 Mashg'ulot davomida o'quvchilarga maktab psixologining ijtimoiy psixologik faoliyati va psixologik xizmat turlari haqida maʼlumot berish bilan bir qatorda  tanishuv, jamoadagi uyushqoqlikni oshiruvchi va faollashtiruvchi trening mashg'ulotlari o'tkazildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.iss.one/SamarqandPM
➤ Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostonada "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etdi

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
➤ Telegram | Instagram | Facebook
📢 21-sentabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi!

📆 Joriy yilning 21-sentabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.

3️⃣0️⃣ Hududiy
bosqich o‘yini jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o‘tkaziladi.

👥 Turnirda jamoalar 7 nafar (6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira) ishtirokchidan iborat bo‘ladi.

📄 Hududiy bosqichda qatnashadigan jamoalardan o‘yinga o‘zlari bilan maxsus shakldagi arizani to‘ldirgan holda olib borishlari talab etiladi.

🕞 Hududiy bosqich o‘yini barcha hududlarda 21-sentabr, shanba kuni soat 09:00da boshlanadi.

🔝3️⃣ Hududiy bosqichda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichida ishtirok etadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok