Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.64K subscribers
7.04K photos
605 videos
17 files
1.89K links
Download Telegram
#IOI_2024

⚡️36-Xalqaro Informatika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida
tantanali tarzda kutib olindi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda tizimdagi ta'lim muassasalari mas'ullari ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabriklashdi.

Eslatib oʻtamiz, Misrda 90 dan ziyod davlat vakillari ishtirokida oʻtkazilgan 36-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2024) da Oʻzbekiston terma jamoasi sovrinli oʻrinni egalladi.

Xususan, Agentligimiz tizimidagi Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabasi Mardon Hazratov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston terma jamoasining yana bir aʼzosi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Asilbek Sunnatov o‘zining ajoyib bilimlarini namoyish etib, "honorable mention" (namunali ishtirok) mukofotiga sazovor boʻldi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun juda muhim, oʻziga xos tarixiy marosimda ishtirok etdik. Toshkent shahrida ochilishi rejalishtirilgan Pedagog kadrlar malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun tamal toshi qoʻydik. Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Janubiy Koreyaning Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligidagi ushbu yirik loyihani ikki davlat doʻstligining yuksak namunasi deyish mumkin.

Loyihada katta natijalar kutilmoqda. Jumladan, erta yoshda taʼlim olish imkoniyatlarini yaxshilash, shaxsga-yoʻnaltirilgan yondashuv dasturlari boʻyicha tayyorlangan pedagoglar sonini koʻpaytirish, maktabgacha taʼlim sifatini oshirish kabi koʻrsatkichlarda sezilarli natijalarga erishish rejalashtirilmoqda.

Umumiy qiymati 11 million AQSh dollari boʻlgan mazkur loyiha 500 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, yiliga 4000 pedagogning malakasini oshirishga xizmat qiladigan markazni oʻz ichiga oladi. Natijada 66 ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Oʻylaymanki, bugun tamal toshi qoʻyilgan ushbu loyiha keyingi tashabbuslar uchun namuna va butun tizimimiz uchun manfaatli boʻladi. Koreyalik hamkorlarimizning bu boradagi boy tajribalarini oʻrganishga doimo tayyormiz🇺🇿🤝🇰🇷

@hilola_umarova
#imtihon_natijalari_2024
#sport_maktablari

🔔IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 27-28-29-30-avgust kunlari Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

📶 IMTIHON NATIJALARINI quyidagi havolalar orqali koʻrish mumkin:

https://portal.piima.uz/page/sport-maktablari-imtihon-natijalari

https://mandat.piima.uz


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur universitetda bugungi kunda tahsil olayotgan talabalar soni 1 105 nafar boʻlib, shundan 233 nafarini qizlar tashkil etadi.

276 o‘ringa moʻljallangan ushbu talabalar turar joyida hozirda istiqomat qilayotgan 198 nafar talabaning 107 nafari qizlardan iborat.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#sport_maktablari

🥊SPORT MAKTABLARIGA APELLATSIYAGA ARIZA BERISH TARTIBI

📆 Joriy yilning 27-28-29-30-avgust kunlari Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar shu yilning 12-, 13-, 14-sentabr kunlari quyidagi havola orqali ariza bilan Agentlikka murojaat qilishlari mumkin.

⚪️ HAVOLA

🗺 Maʼlumot oʻrnida, ariza topshirgan talabgorlar uchun apellatsiya jarayonlari joriy yilning 17-26-sentabr kunlari Bahodir Jalolov nomidagi boksga va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablarida o‘tkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
😉👍 Loyihamizga qo‘shilishni istagan barcha uchun uzoq kutilgan yangilik!

📣 "Eco-Schools Uzbekistan" 2024–2025 o‘quv yili uchun qabulni e’lon qiladi.

📝 Eko-maktab maqomini olish uchun havola bo‘yicha hujjatlarni to‘ldirish kerak.

📆 Arizalar 2024-yil 30-senyabrgacha qabul qilinadi. To‘ldirilgan arizalarni @qabul_eco_schools ga yuboring.

👋😊 Ekologik harakat safida bo‘lish va biz bilan birgalikda atrof-muhitni asrashga hissa qo‘shish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
~~~
😉👍 Долгожданная новость для всех желающих присоединиться к нашему проекту!

📣 Eco-Schools Uzbekistan объявляет набор на 2024–2025 учебный год.

📝 Для получения статуса эко-школы необходимо заполнить документы по ссылке.

📆 Срок подачи заявки до 30 сентября 2024 года. Заполненные заявки присылайте в @qabul_eco_schools.

👋😊 Не упустите шанс стать частью экологического движения и внести вклад в сохранение окружающей среды вместе с нами!

🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Xon_atlas_festivali_2024
#Milliy_libos_mànaviyat_kõzgusi

☀️Yurtimiz bo'ylab o'tkazilayotgan "Xon atlas" festivali doirasida Samarqand shahridagi Prezident maktabida urf-odat,an'analarimizni hamda qadriyatlarimizni namoyish etuvchi tadbirlar tashkil etildi.

Bunda maktabda faoliyat yuritayotgan ayol xodimlar,o'quvchilar matolarimiz atlas va adrasdan tikilgan liboslarni kiyish bilan bir qatorda, milliy va zamonaviy kiyinish,estetik did,jamiyatdagi yurish-turish, odob-axloq qoidalari borasida ma'ruzlar tinglandi.

Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.iss.one/SamarqandPM
➤ Telegram | Instagram | Facebook