Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.65K subscribers
7.98K photos
671 videos
17 files
2.09K links
Download Telegram
#xushxabar
#xalqaro_olimpiada
#ISO

🤩 Oʻquvchilarimiz 19-Xalqaro standartlar olimpiadasida oltin va kumush medallariga sazovor boʻldi.

Joriy yilning 12-13-avgust kunlari Koreya Respublikasida boʻlib oʻtgan 19-Xalqaro standartlar olimpiadasi (ISO- International Standards Olympiad)da oʻzbekistonlik yoshlar ilk marotaba ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur xalqaro olimpiadada oʻquvchilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, oltin va kumush medallarini qoʻlga kiritdi:

🥇Oltin medal – Asliddin Olimjonov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

🥇Oltin medal – Javlon Hasanov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

🥇Oltin medal – Islom Boyqobilov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal –Umar Azimov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal – Diyoraxon Mahmudova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal – Ibrohim Ismoilov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi.

🗣Ma’lumot uchun, Xalqaro standartlar olimpiadasi butun dunyo boʻylab oʻrta maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi. Turnir 2014-yilda sinov tariqasida xalqaro miqyosda oʻtkazilgan boʻlib, 2015-yildan boshlab rasman xalqaro olimpiada sifatida tan olingan.

💫 Ushbu yutuqlar bilan oʻquvchilarimizni va ularning ota-onalarini hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#sport_maktablari

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#favqulodda_vaziyatlar
#axborot_targʻibot_tadbiri

🤩 Agentlikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda kuchli zilzila va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilish mavzusi yuzasidan axborot-targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Unda Agentlik rahbariyati va xodimlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari, shuningdek, ZOOM platformasi orqali tizimdagi maktab jamoalari ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni qabul qilingan.

Ushbu farmonning tegishli bandida favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator, jumladan kuchli zilzila va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash tizimini rivojlantirish singari vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur farmon ijrosi doirasida tashkil etilgan axborot-targʻibot tadbirida mutaxassislar tomonidan favqulodda vaziyatlar, xususan kuchli zilzila va tabiiy ofatlar vaqtida qanday harakatlanishga oid zarur tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar eʼtiboriga mavzuga oid taqdimotlar havola etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_eʼlon

🔔PEDAGOG OʻQITUVCHILAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi boʻsh ish (vakant) oʻrinlarga tanlov eʼlon qilgan edi.

📝Tanlovning 2-bosqichi (test) joriy yilning 22-avgust kuni hududlardagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining toifa testlari oʻtkaziladigan binolarida boʻlib oʻtdi.

🟢Tanlovning 3-bosqichida (suhbat) toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etadigan hamda tanlovning 2-bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar diqqatiga!

📍Tanlovning 3-bosqichi joriy yilning 23-24 avgust kunlari hududlardagi PREZIDENT MAKTABLARIDA suhbat boʻlib oʻtadi:

🪪 Tanlovning 3-bosqichida ishtirok etadigan nomzodlardan test jarayoniga oʻzingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishini eslatib oʻtamiz.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_tillar
#Fotoreportaj

Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM