Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.96K subscribers
10.3K photos
808 videos
20 files
2.65K links
Download Telegram
🔅Bugun Samarqand shahridagi Prezident maktabida "OCHIQ ESHIKLAR KUNI - TEXNOLOGIYA VA INNOVATSIYALAR: TEXNOLOGIYA, TABIY FANLAR VA MATEMATIKA BIRLASHGAN CHORRAHA" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.

🔭Maktabning
aniq va tabiiy fanlar o'qituvchilari rahbarligida o'quvchilar tomonidan yaratilgan loyihalar ko'rgazmasi namoyish etildi.

🔰Tashrif buyurgan ota-onalar, o'quvchilar, ustozlar va keng jamoatchilik:
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv kabi jarayonlarning guvohi bo'ldilar.


🌐Tadbirga kun davomida viloyatimizning turli hududlaridan 2000 nafarga yaqin kelgan mehmonlar o'zlarida ko'plab ta'surotlar bilan qaytdilar.

📌Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
➤ Telegram | Instagram | Facebook
👍11👏2
Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga tabrik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
2
"Hech qachon orzu qilishdan to‘xtamang, katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang. Chunki xalqimiz sizlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda.

Sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang.

Har biringiz ustozlaringiz va ota-onangiz qalbingizga singdirgan qadriyatlarga hamisha sodiq bo‘lib, xalqimizning bebaho merosini yanada boyitishga, yurtimizning yorug‘ kelajagiga hissa qo‘shishga intiling".


Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga tabrigidan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
5
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli o‘quvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!

 
Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi.
Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz.
Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman.
Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang.
Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin!
Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
 
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

 
7👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin "Yangi O‘zbekiston" majmuasiga tashrif buyurdi. Rossiya rahbari Mustaqillik monumentiga gulchambar qo‘ydi.

https://t.iss.one/SamarqandPM
👏4👍3
#Qabul_2024
#New_Uzbekistan_university

⚡️ “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETIDA QABUL DAVOM ETMOQDA

“Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olishning yurtimizdagi boshqa oliygohlarda o‘qishdan qanday ustunlik tomonlari bor?


Taʼlim dasturlari dunyo reytingida 30-o‘rinda turuvchi Myunxen texnika universiteti tomonidan Germaniya standartlari asosida ishlab chiqilgan;
50%, 70% yoki 100% grant asosida tahsil olish;
Germaniya, AQSh, Janubiy Koreya va Xitoyning yuqori reytingida turuvchi oliygohlarida ish tajribasiga ega xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan to‘liq ingliz tilidagi sifatli taʼlim;
Xorijiy va yurtimizdagi nufuzli kompaniyalarda amaliyot o‘tash;
Rahbarlik lavozimiga tayinlanadigan istiqbolli kadrlar ro‘yxatiga kirish;
Eng bilimli va saralangan yoshlar qatorida bo‘lish.

📶 O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_eshiklar_kuni
#Samarqand_Prezident_maktabi

🌅Samarqand shahridagi Prezident maktabida viloyatimizning barcha maktab o‘quvchilari, maktabgacha ta‘lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, ularning ustozlari hamda ota-onalari uchun bo‘lib o‘tgan "Ochiq eshiklar kuni"dan videolavha...

#open_doors_day
#samarkand_presidential_school

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
👍8