Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.96K subscribers
10.3K photos
808 videos
20 files
2.65K links
Download Telegram
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Dars_jarayonlari

Samarqand shahridagi Prezident maktabidagi dars jarayonlaridan foto lavhalar.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
➤ Telegram | Instagram | Facebook
👏6🏆42👍1🥰1
#Samarqand_shahridagi_Prezident_maktabi
#Pazandalik_sirlari

⚡️SIFATLI TA'LIM, KATTA HAYOT SARI BILIM!

🔰Samarqand shahridagi Prezident maktabida o‘quvchi qizlarimizning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribalarini oshirish maqsadida ularga pazandalik sirlari ham o‘rgatib borilmoqda.

🥘 Shuningdek, ushbu jarayonda o'quvchilar pazandachilik, ro'zg'orda tejamkorlik hamda saranjom-sarishtalik sirlarini o'rganishadi.

🍽Mashg'ulotni maktab psixologi Lobar Kuralova va 7-green sinf rahbari Gulmira Maxmudova o'quvchilari bilan olib bordi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM

Telegram | Instagram | Facebook
👍9👏621
Forwarded from Zamin Foundation
Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi "Zamin Creative" studiyalarining yangi ishtirokchilari va bitiruvchilari qatnashdi.

Festival yoshlarga birgalikda ijodiy loyihalarni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Media yo‘nalishida ishtirokchilar dunyoga mashhur rishtonlik kulol Alisher Nazirov va Yodgorlik ipak matolari fabrikasi bilan hamkorlikda "Nigoh" ko‘rgazmasini tayyorladi. Yosh aktyorlar o‘zlarining sahna ko‘rinishlarida daraxtlar kesilishi va dengizlar qurishi kabi muhim ekologik mavzularni ko‘tardilar. Yosh dizaynerlar "birgalikda, bir butun bo‘lish" g‘oyasini asos qilib, milliy quroq usuli, ya’ni mayda parchalardan bir butun buyum yaratish an’anasi orqali insonning tabiatga mehribon munosabatini ochib berdilar.

Ziroat Mirziyoyeva bolalarni festival muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi, ijodiga muvaffaqiyatlar, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish sari yo‘lda to‘liq erkinlik, shodlik va ilhom tiladi.
#BizTurlimizBizTengmiz

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
👍6👏1