Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.65K subscribers
6.73K photos
565 videos
16 files
1.82K links
Download Telegram
#Samarqand_shahridagi_Prezident_maktabi
#Amaliy_dars

⚡️AMIR TEMUR – FAXRIMIZ G‘URURIMIZ!

Samarqand shahridagi Prezident maktabi tarix fani o'qituvchilari B. Bekbayev va M. Umrzoqovlar tomonidan Samarqand shahrida joylashgan Amir Temur maqbarasida maktab o'quvchilari uchun "Amir Temur va temuriylar davri" mavzusida amaliy dars mashg'uloti o'tkazildi.

Bu sayohat davomida Buyuk sarkarda va davlat arbobi bizga adabiy asarlar va davlat boshqaruvi tuzuklaridan tortib, jahon tarixiga kirgan noyob arxitektura va qadimiy me’morchilik durdonalarigacha bo‘lgan ulkan merosni qoldirganligi, o‘z tarixini - buyuk insonning tarixini yaratganligi va bugungi kunda Amir Temur va temuriylar tarixi haqida olib borilayotgan tadqiqotlar haqida ma'lumotlar berildi.

Telegram kanal:👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Jizzax

Agentlik direktorining tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etmoqda

Avval ma'lum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Agentlikning Jizzax viloyatidagi maktablari bo’ldi. Jumladan, 8-9-aprel kunlari Jizzax shahar 2-son hamda Sharof Rashidov, Zafarobod, Doʻstlik, Paxtakor tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Agentlik direktori maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli hamkasblar,

Avvalo, barchangizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman hamda sizlarga mana shunday ulugʻ ayyom kunida oʻzimning ezgu tilaklarimni bildiraman.

Barchamiz shu kunlarda muborak Ramazon hayiti ayyomini katta xursandchilik va mamnuniyat bilan oʻtkazmoqdamiz. Cheksiz shukronalik va ixlos bilan dildagi yaxshi niyatlarimizning amalga oshishini Yaratgandan soʻrab, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligi uchun bir-birimizga ezgu tilaklar bildiryapmiz.

Oʻtayotgan Ramazon oyi bir-birimizga mehr va eʼtibor koʻrsatish, koʻmakka muhtoj, ehtiyojmand kishilarga begʻaraz yordam berish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlari bilan ham qadrlidir.

Hurmatli ustozlar,

Barchangizni yana bir bor Ramazon hayiti ayyomi bilan qutlagan holda, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#eco_union #hamkorlik

MANFAATLI TASHRIF

📆2-aprel kuni Shirin Abidova - O'zbekiston volontyorlar Assotsiatsiyasi direktori va Sug'diyona Xushnudbekova - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi - ekologiya loyihalar boʻyicha yetakchi mutaxassis boshchiligida vakillar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurishdi.

📌Tashrifdan ko'zlangan maqsad - maktabda o'quvchilar tomonidan yashil tabiatni asrashga qaratilgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishish va ular bilan o'zaro fikr almashish bo'ldi.

Tashrif davomida har ikki tomon o‘zlarining kelajakdagi rejalari bilan yaqindan o‘rtoqlashishdi va maktab faollarini bu ishda asosiy tayanch bo‘lishlariga chorlashdi.🚀

Vakillar uchun Eco-Union jamoasi aʼzolari school tour tashkil qilishda o‘z faolligini ko‘rsatishdi. Ko‘zdan kechirish paytida ular jamoa faoliyati haqida to‘liq maʼlumotga ega bolishdi hamda ularning kelajakdagi rejalari bilan tanishishdi.
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM