Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.64K subscribers
6.99K photos
602 videos
17 files
1.88K links
Download Telegram
#dars_vaqti
#musiqa_fani

🎼MUSIQA
_FANI

🎻Samarqand shahridagi Prezident maktabining musiqa fani oʻqituvchisi Rashidov Sardor 5-sinfi o'quvchilari uchun musiqa fanidan dutor va pionina musiqa asboblari bilan amaliy dars mashgʻulotlari o'tkazmoqda.

Telegram kanal:👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
#Samarqand_shahridagi_Prezident_maktabi
#Pazandalik_sirlari

⚡️SIFATLI TA'LIM, KATTA HAYOT SARI BILIM!

🔰Samarqand shahridagi Prezident maktabida o‘quvchi qizlarimizning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribalarini oshirish maqsadida ularga pazandalik sirlari ham o‘rgatib borilmoqda.

🥘 Shuningdek, ushbu jarayonda o'quvchilar qandolatchilik va pazandalik, ro'zg'orda tejamkorlik hamda saranjom-sarishtalik sirlarini o'rganishadi.

🍽Mashg'ulotni maktab psixologi Lobar Kuralova 6-sinf o'quvchilari bilan olib bordi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Buyuk_siymolarga_ehtirom

Samarqand shahridagi Prezident maktabi 5-sinf o‘quvchi qizlari Toshmurodova Umida va Samardinova Lobar Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan tanlovi uchun yod olgan g'azalarini ijro etishdi.

🎬Tayyorladi: 11-sinf o'quvchisi Sevara Kazimova.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM

➤ Telegram | Instagram | Facebook
Ta’limning uzviyligini ta’minlashda hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ta’limning uzviyligini ta’minlashda hamkorlikdagi yo‘nalishlar, jumladan ikki tashkilot tizimidagi ta’lim muassasalari integratsiyasi, turli fan olimpiadalarini tashkil etish, akademik litsey o‘quv dasturlarini ixtisoslikka moslashtirish, OTM bitiruvchi bosqich talabalarining Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablaridagi amaliyotini tashkil etish yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirish, shuningdek, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda professor-o‘qituvchilar tajribasidan foydalanish kabi takliflar muhokama qilindi.

Muloqot so‘nggida tomonlar bildirilgan takliflarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil qilish va amaliy chora-tadbirlarni boshlashga kelib olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy ijodida so'z sehri va jozibasi

☀️Buyuk mutafakkir, sheʼriyat mulkining sultoni Navoiy ijodi bamisoli cheksiz bir ummon, ushbu ummonga qancha chuqurroq shoʻngʻisangiz shuncha koʻp inju terasiz. Shu sababdan ham Navoiy asarlari necha asrlardan buyon oʻz qiymatini, betakrorligini yoʻqotmagan. Navoiy asarlarini qanchalik koʻp oʻqigan sari, oʻrgangan sari, shuncha koʻp hayratga tushadi kishi.

7-sinf o'quvchilari Saydaliyeva Sharofatbegim, Isroilov Sardor, Baxtiyorov Azizbek va Orolova Muslimalar Navoiy ijodidan g'azal va fardlaridan namunalar ijro etishdi.

https://t.iss.one/SamarqandPM
#chellenj
#Samarqand_shahridagi_Prezident_maktabi

⚜️Alisher Navoiy — ulug‘ mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni!

⚜️Samarqand shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlab, g‘azalxonlik chellenjini davom ettirishmoqda.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM

➤ Telegram | Instagram | Facebook
#milliy_ixtiro

“Yangi O‘zbekiston” universiteti professorining ixtirosi Amerikada patentlashtirildi


Raqamli texnologiyalar maktabi Informatika departamenti professori doktor Sirojiddin Jo'rayevning ixtirosi Amerika Qo'shma Shtatlari hukumati tomonidan patentlashtirildi.

Mazkur ixtiro WiFi tarmoqlarida shovqin hujumidan qochadigan tizim vazifasini bajaradi. Uni harbiy xizmat jarayonida va boshqa ko'plab simsiz tarmoq sohalarida qo'llash mumkin.

Ixtiro bundan avval Koreya Respublikasida ham patentlashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube