Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.64K subscribers
7.72K photos
654 videos
17 files
2.04K links
Download Telegram
#Ishga_taklif
📣 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi:

BOSH BUGALTER
MUHANDIS DASTURCHI

Talablar:
🔹kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot (iqtisodiy, moliyaviy iqtisodiy yo‘nalishlarda);
🔹davlat tilida ravon yozma va og'zaki nutq;
🔹ingliz tilini bilishi maqsadga muvofiq;
🔹axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana bilishi.
🔹moliya-buxgalteriya (moliya-iqtisodiyot) sohasida kamida 5 yillik ish staji.

👉Hujjatlar ro'yxati:
Ma'lumotnoma
Diplom
Mehnat staji to'g'risida ma'lumotnoma

Talabgorlarni tanlab olishda qonun hujjatlariga asoslaniladi.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar.

📌 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 15-sentabr kuniga qadar qabul qilinadi.

📁 Ma’lumotnomangizni ushbu telegram manzilga jo‘nating: @hudajkulnirikgmail

📞Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
+99899718978
☀️Beshinchi sinf boʻlish osonmi? Mavzusida psixologik trening oʻtkazildi.

Maqsad:
bolalarga bir-birlari bilan yaqinroq tanishish uchun imkoniyat yaratish, hamjihatlikni shakllantirishga yordam berish, moslashish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni oldini olish choralarini koʻrishdan iboratdir.

Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.iss.one/SamarqandPM
Telegram | Instagram | Facebook
#OAV_biz_haqimizda

⚡️ Prezident maktablari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun "tayanch maktab" etib belgilanyapti
#12sep #kun_uz

❗️Bunda, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari “tayanch maktablar” tomonidan yangi ta’lim dasturlari, dars o‘tishning ilg‘or metodikalari va o‘quvchi bilimini baholashning zamonaviy usullariga o‘rgatiladi.

🗣Batafsil: https://kun.uz/09233048

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR QATOR VAZIFALAR BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida“gi Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi.

Mazkur qarorga asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari beriladi;

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlaridagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari eksperiment tariqasida ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi hamda kelgusida mazkur tajriba respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;

banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

⚡️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi 10-sinf o‘quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi;

❗️Bunda, dastlabki bosqichda ushbu tartib zarur kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

👉 Batafsil

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📊Samarqand shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchilarining 2023-yil sentabr oyi holatiga ko‘ra qayd etgan natijalari:

➡️Xalqaro IELTS imtihonidagi natijalari:
Musurmonov Azamatjon - 8.0
Shamsiyev Sherzod - 8.0
Kazimova Sevara - 8.0
Sadriyev Kamronbek - 8.0
Asadullaev Davlatbek - 7.5
Farhodov Jahongir - 7.5
Valikulova Durdona - 7.5
Muhammadjonov Dilyorbek - 7.0
Maxmudov Abduazim - 7.0
Xudoyberdiyev Javohir - 7.5
Jo'raqulova Shahrizoda - 7.5
Maxmudov Davlatbek - 7.5
Mustafokulov Azimbek - 7.5
Nematov Asadbek - 7.5
Pulatova Sevara - 7.5

Xalqaro SAT imtihonidagi natijalari:
✔️Xudoyberdiyev Javohir - 1520
✔️Kazimova Sevara - 1470
✔️Shamsiyev Sherzod - 1470
✔️Mustafokulov Azimbek - 1420
✔️Xasanov Azizbek - 1410
✔️Nematov Asadbek - 1410
✔️Valikulova Durdona - 1410
✔️Muhammadjonov Dilyorbek - 1390
✔️ Jo'raqulova Shahrizoda -1390
✔️Maxmudov Davlatbek - 1390
✔️Toxirkulov Shoxruxbek - 1360
✔️Sulaymonova Dilsuz - 1330

https://t.iss.one/SamarqandPM
Diqqat_tanlov!

📣📣 Aziz o’quvchilar!

1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozingizni noodatiy yo'l bilan xursand qilmoqchimisiz?

Unda biz sizga shunday imkon beramiz!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugungi kunda yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy tarmoqdagi faolliklari, ular tomonidan ishlanayotgan roliklarning trendga chiqayotganini inobatga olib, ushbu mahorat evaziga rag'batga ega bo'lishga chorlab qoladi.

❗️O'qituvchingiz haqida rolik suratga oling va ustozingiz uchun sovg'a yutib oling!

⚠️Xo’sh, buning shartlari qanday?

Rolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak;

Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishishingiz lozim (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lsin);

Ijodiy ishingizni #Ustozimga xeshtegi bilan o‘z sahifangizda ham, vazirlikning Facebook sahifasida ushbu tanlov e'lon qilingan post ostida ham bo‘lishing.

✔️ Jamoatchilik tomonidan eng ko'p layk yiqqan ijodiy ish tanlov g’olibi deb topiladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdirlanadi.

🥇1-o'rin - monoblok
🥈2-o'rin - kompyuter
🥉3-o'rin - noutbuk

Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.

❗️Tanlovda qatnashish huquqiga faqat barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar ega bo’ladi.

⚡️Tanlov g'oliblari 28-sentabr kuni soat
1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ da e'lon qilinadi.

Vaqt ketdi!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Silk Road Samarkand” туристик марказида бошланган триатлон бўйича “Challenge Samarkand” баҳслари якунланди.

35 давлатдан келган икки минг нафарга яқин спортчи очиқ ҳавзада 1,9 километрга сузиш, 21,5 километрга югуриш ва 86 километрга велопойга баҳсларида беллашди.

Ғолибликни қўлга киритган 30 нафардан ортиқ  спортчи мусобақа сўнггида муносиб тақдирланди.

Тадбирда вилоят ҳокими Эркинжон Турдимов иштирок этди.

——————

“Silk Road Samarkand” turistik markazida boshlangan triatlon bo‘yicha “Challenge Samarkand” bahslari yakunlandi.

35 davlatdan kelgan ikki ming nafarga yaqin sportchi ochiq havzada 1,9 kilometrga suzish, 21,5 kilometrga yugurish va 86 kilometrga velopoyga bahslarida bellashdi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan 30 nafardan ortiq sportchi musobaqa so‘nggida munosib taqdirlandi.

Tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.
Forwarded from Daryo — LIVE
O‘zbekistonda Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etiladi

Cintana kompaniyasi asoschisi va raisi Duglas Bekker Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekistonda Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish ustida ish olib bormoqda.

@daryo_live
# Kutubxonada_ijod

Sheriyat
- insonning hissiy tuyg’ularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini rag’batlantirish vositasi sifatida muhim rol o’ynaydi.

📃 Maktabimiz kutubxonasi o’quvchining iste’dodini kashf qilishda ko’maklashadigan ajoyib maskan! Iqtidorli o’quvchilar o’z ijod namunalari bilan bo’lishishdi.

Kanalga ulanish
👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
Telegram | Instagram | Facebook