#xalqaro_qizlar_kuni
#forum
🌹 🌹 🌹 🌹 🌹 🌹 🌹 🌹 🌹 🌹 🌹 🌹 🌹
Filialning faol talaba-qizlari forumda ishtirok etishdi
⏳ Bugun poytaxtimizdagi “Yoshlar markazi”da «11 oktyabr xalqaro qizlar kuni» munosabati bilan “Sening tashabbusing - sening kelajaging uchun” shiori ostida forum bo‘lib o‘tdi. ⏳ Har bir sohada faol va tashabbuskor qizlarni bir joyga jamlagan forum ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining talaba-qizlari forum doirasida o‘tkazilgan o‘quv-seminarlari, ziyoli ayol-qizlar bilan uchrashuvlar singari tadbirlarda va «Zakovat» intellektual o‘yini bellashuvi va sportning shaxmat turidan musobaqada G.Kazaxbaeva rahbarligida faol ishtirok etishdi. ⏳ O‘z taassurotlari bilan bo‘lishar ekan,— Bayram arafasida o‘tkazilgan ushbu forum bizga haqiqiy bayramona atmosferani yaratib bera oldi. Tadbirlarda qatnashib, kayfiyatlarimiz ko‘tarildi va yangi do‘stlar orttirdik. O‘z o‘rnida tashkilotchilarga minnatdorchiligimizni bildiramiz —deydi 2-bosqich talabasi Shaxnoza Baltabaeva. Yoshlar ishlar agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan forumda respulikamiz oliy ta'lim muassasalarining talaba-qizlari qatnashdi va bayram kayfiyatiga ega bo‘lishdi.
👩💻 Axborot xizmati
📹 Rasmlar 2-bosqich talabasi M.Mirzabekov tomonidan olindi
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube
#forum
Filialning faol talaba-qizlari forumda ishtirok etishdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1
#Xalqaro_qizlar_kuni
#Insholar_tanlovi
⚡Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan talaba qizlar orasida “Men zo‘ravonlikka qarshiman!” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi
🏛️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali Xotin qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Z.Dawletova tomonidan 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan talaba qizlar orasida “Men zo‘ravonlikka qarshiman!” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
🔷Tadbir boshida mamlakatimizda so‘nggi yillarda xotin-qizlar huquqlarini qonunchilik doirasida yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga alohida urg‘u berildi.
🔶Tanlovda iqtidorli talaba qizlar faol ishtirok etishdi. Eng yaxshi insho mualliflari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Axborot xızmati
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

👍4