Samarqand mámleketlik veterinariya medicinası, sharwashılıq hám biotexnologiyalar universiteti Nókis filialı | Rásmiy
1.06K subscribers
13.1K photos
1.93K videos
121 files
5.87K links
SamVMShBU Nókis filialınıń rásmiy kanalı
Web-sayt:https://www.sdvunf.uz
Facebook: https://www.facebook.com/samvminf.samvminf.5
Instagram:https://instagram.com/samvmshbunf?
Bizge múrájat etiw➡️igshid=YmMyMTA2M2Y= https://
https://t.iss.one/pressa_murajat_bot
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#seminar

Tyutorlar faoliyatini tashkil etishga doir seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filialida tyutorlar faoliyatini tashkil etishga doir dolzarb masalalarga bag‘ishlangan namunaviy seminar-trening tashkil etildi.

Unda Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining 2 nafardan tajribali tyutorlari ishtirok etmoqda. Dasturga muvofiq, ishtirokchilar 1 hafta muddatda o‘z ish faoliyatini olib borayotgan oliy ta’lim muassasasidagi boshqa hamkasb tyutorlari uchun kaskad usulida seminarlar tashkil qilish reja qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Respublikamizdagi 211 ta oliy ta’lim muassasalarida 3000 dan ortiq tyutorlar faoliyat olib bormoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#xalqaro_olimpiada

Xabar berganimizdek, bugun Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 200 dan ortiq talabalar hamda yuqori malakali hakamlar hayʼati aʼzolari ishtirok etmoqda.

Olimpiadadan ko‘zlangan asosiy maqsad buyuk donishmand, matematik olim Muhammad al-Xorazmiyning butun dunyo fan va sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasini xalqaro ravishda tanitish, shuningdek, bilimli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni boshlang‘ich va aniq fanlar bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish hamda fan sohasidagi xalqaro aloqalarni kengaytirishdan iborat.

Jarayonlar Youtube hostingi orqali jonli uzatilmoqda.

➡️ https://youtube.com/live/_TaC6pCp_E4?feature=share

Bizni kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#olimpiada
#marosim

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II xalqaro olimpiadasining ochilish marosimi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan poytaxtimiz Nukus shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II xalqaro olimpiadasi o‘tkazilmoqda. Kuni-kecha Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida olimpiadaning tantanali ochilish marosimi boʻlib o‘tdi.
Ushbu tadbirga Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali jamoasi va talaba-yoshlari direktor A.Esimbetov rahbarligida o‘z ko‘rgazmalari bilan faol qatnashdi va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan konsert dasturini tomosha qilishdi.

Batafsil

📸Rasmlar muallifi: Miyirbek Mirzabekov
👩‍💻Axborot xizmati uchun olindi

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook