Samarqand mámleketlik veterinariya medicinası, sharwashılıq hám biotexnologiyalar universiteti Nókis filialı | Rásmiy
1.08K subscribers
13K photos
1.91K videos
121 files
5.84K links
SamVMShBU Nókis filialınıń rásmiy kanalı
Web-sayt:https://www.sdvunf.uz
Facebook: https://www.facebook.com/samvminf.samvminf.5
Instagram:https://instagram.com/samvmshbunf?
Bizge múrájat etiw➡️igshid=YmMyMTA2M2Y= https://
https://t.iss.one/pressa_murajat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#test2023
#jarayon

Vazirning birinchi oʻrinbosari Qoraqalpogʻistonda abituriyentlarning ota-onalari bilan suhbatlashdi

Bugun, 1-avgust kuni respublikamizning barcha hududlari qatorida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi 6 oʻrinda 2023/2024-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov Respublika oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida oʻtkazilayotgan test sinovlari jarayonini koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, shu yerda abituriyentlarning ota-onalari uchun yaratilgan sharoitlar, test jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati bilan tanishdi. Ota-onalar bilan oʻtkazilgan muloqotda Qoraqalpogʻiston Respublikasi abituriyentlari uchun bu yilgi qabulda davlat granti asosida 3 ming oʻrin ajratilganligi, shu bilan birga, yoshlarni oliy ta’limga qamrab olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ma’lumotlar berdi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Mutolaa

📚 Jojo Moyesning “Sen bilan uchrashguncha” asari davomi...

Endi Uillning muloqot qilish imkoniyati kengaygandi. Uill Luizaning tug‘ilgan kuni uyiga mehmon bo‘lib keladi. Qizning ota-onasi uning tashrifidan xursand bo‘lishadi. Luiza ota-onasining sovg‘asini ochib ko‘rgach, Patrik unga duxobali kichik qutini uzatarkan, Luiza bu nikoh uzugi emasmikan, deb havotirlanib qoladi.

📖Maroqli mutolaa

👉
https://online.pubhtml5.com/ilkp/tbhq/

PDF shaklida o‘qish

Avvalgi qismlari 👈

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#o‘qishni_ko‘chirish
#infografika

Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar statistikasi

2-avgust soat 09:00 holatiga ko‘ra, talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha jami 59 ming 431 nafar talaba onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada👆).

respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali – 26 647 nafar;

nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali – 32 784 nafar talaba ariza topshirgan.

❗️Eslatma: arizalar 5-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

O‘tish ballari 👉 @eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ESLATMA!

Belgilangan talablarga rioya etmagan abituriyentlar imtihon jarayonlaridan chetlashtiriladi

Xususan, 1-avgust kuni Samarqand viloyatida o‘tkazilgan test sinovlarida abituriyent tomonidan kimyo fanidan test topshiriqlari kitobining varag‘ini yirtib, olib chiqib ketilgani videokuzatuv orqali aniqlanib, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 52-bandiga muvofiq test sinovidan chetlashtirildi.

Hurmatli abituriyentlar, ruxsatnomada ko‘rsatilgan talablarga qat’iy rioya etishingiz so‘raladi.

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Hindistonning “Nath Bio-Genes CA” kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori, doktor V. Kulkarni va Hindiston eksport qiluvchi tashkilotlar federatsiyasi raisi Nanda Kaglivalarni qabul qildi.

Uchrashuvda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Hindistonning “Nath Bio-Genes CA” va “Surxondaryo agroxizmat” MChJ hamkorligida 4 xil navli urugʻ tajriba sifatida yetishtirilayotgani, keyingi yillarda ushbu urug‘lar uchun ajratilgan ekin maydonini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Bundan tashqari, Samarqand viloyatidagi professional ta’lim muassasasida Hindiston tajribasi asosida o‘quv jarayonini tashkil qilish hamda namunaviy tarzda ta’lim muassasalaridan birida ish boshlashga kelishib olindi.

Shuningdek, uchrashuvda joriy yil sentabr oyida Jahon paxta tadqiqotlari “Nath Bio-Genes CA” kompaniyasining zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan urug‘ navlari bo‘yicha seminari tashkil qilinishi ma’lum qilindi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Mutolaa

📚 Jojo Moyesning “Sen bilan uchrashguncha” asari davomi...

Patrik Luizani Uillga rashk qiladi. Luiza undan xafa bo‘lib, ko‘ngli qoladi. Axir Uill nogiron bo‘lsa... Luizaning otasi ishsiz qoladi. Luiza Uill tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilgan pulni ota-onasiga beradi, ammo ular bu pullarni qizlariga qaytarib berishadi.

📖Maroqli mutolaa

👉
https://online.pubhtml5.com/ilkp/gsug/

PDF shaklida o‘qish

Avvalgi qismlari 👈

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
⚡️ 2023-yil 1-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari bilan tanishing.

1-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

—————————

⚡️ Опубликованы результаты вступительных тестовых испытаний в бакалавриат высших образовательных учреждений, состоявшихся 1 августа 2023 года.

Абитуриенты, принявшие участие в тестировании 1 августа, могут узнать свои результаты 3-мя разными способами:

1️⃣ введите серию и номер паспорта и личный идентификационный номер в разделе «Узнать результат» сайта my.uzbmb.uz.

2️⃣ введите ID абитуриента, указанный в регистрационной форме абитуриента или разрешении абитуриента на сайте mandat.uzbmb.uz

3️⃣ введите ID абитуриента, указанный в регистрационной форме абитуриента или разрешении абитуриента через телеграм боты Агентства по оценке знаний и квалификаций:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

⚡️Hurmatli abituriyentlar, imtihonga pasport bilan kelishingiz zarurligini unutmang!

1-avgustdan e’tiboran OTMlarga kirish test imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

So‘nggi kunlarda ayrim abituriyentlarning test sinovlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yoki kechikib kelishlari ularni imtihonga kiritilmasliklariga sabab bo‘lmoqda.

Shu o‘rinda, shaxsi tasdiqlanmangan yoki kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmasligini eslatib o‘tamiz.

📹 Test sinovlariga kirish tartibi videoda

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

Bir qator OTMga rektorlar lavozimga tayinlandi

🔰Hukumat qarori (329-son, 03.08.2023-y.) bilan:

🔹Muhamedov G‘ofurjon Isroilovich Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori etib;

🔸Sharipov Shavkat Safarovich Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori etib;

🔹Yunusov Xudoynazar Beknazarovich Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori etib;

🔸Rizayev Jasur Alimjonovich Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu OTMlar universitet sifatida qayta tashkil etilgan edi. Mazkur qaror bilan vazifasini bajaruvchi rektorlar rasman lavozimga tasdiqlandi.



Проведен ряд назначений ректоров  ВУЗов

🔰Постановлением Правительства (№329 от 03.08.2023 г.):

🔹Мухамедов Гофуржон Исроилович назначен ректором  Чирчикского педагогического  университета;

🔸Шарипов Шавкат Сафарович – ректором Джизахского государственного  педагогического университета;

🔹ЮнусовХудойназар Бекназарович – ректором Самаркандского государственного университета ветиренарной медицины, животноводства и биотехнологий;

🔸Ризаев Жасур Алимжонович – ректором Самаркандского государственного медицинского университета.

Настоящие высшие образовательные учреждения были реорганизованы в университеты. Вышеуказанным постановлением исполняющие обязанности ректоров были официально утверждены в должности.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Avgust_kengashlari

Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis – barqaror iqtisodiyotning asosi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan 28–31-avgust kunlari professional taʼlim muassasalarida “Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis – barqaror iqtisodiyotning asosi” shiori ostida Avgust kengashlarining sho‘ba va yalpi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi.

Unda texnikum, kollej va kasb-hunar maktablarining 2023/2024-oʻquv yiliga tayyorgarligini taʼminlash, rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, oʻquv-metodik taʼminotni kuchaytirish, taʼlim sifatini oshirish hamda taʼlim jarayonini samarali tashkil etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

👉 Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5524

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Vazir_Nukus

“Eng yaxshi pedagog – ota-onalar”: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Nukusda abituriyentlarning ota-onalari bilan muloqotda bo‘ldi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Nukus shahridagi Respublika oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida boʻlib oʻtayotgan test sinovlari jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, shu yerda abituriyentlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi.

– Biz uchun sizning takliflaringiz juda ahamiyatli. Chunki, biz mazkur jarayonlarni qanday tashkillashtirayotganligimiz toʻgʻrisida xolis baho beruvchilar – bu sizlarsiz. Taklif va tavsiyalaringiz kelgusida ishlarimizni yaxshi tashkil etishimiz uchun katta ahamiyatga ega. Shu sababli, joylarda mana shunday oʻrganish ishlarini olib boryapmiz. Biz ta’limni tarbiya bilan uzviylikda olib borishni maqsad qilganmiz. Bunda, albatta, sizlarning qoʻllab-quvvatlashingiz juda zarur. Chunki, eng yaxshi pedagog – ota-onalar, – deya ta’kidlab oʻtdi vazir muloqot davomida.

Oʻz navbatida, ota-onalar ham soʻzga chiqib, bu yilgi qabul jarayonida yoshlarni oliy ta’limga qamrov koʻrsatkichlarining oshirilgani, shu jumladan, qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun davlat granti asosida 3 ming oʻrinlik kvota ajratilib, ota-onalar uchun kutish joylari tashkil qilingani hamda ularning taklif va tavsiyalari oʻrganilayotganligini mamnuniyat bilan aytib o‘tdilar.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube