Yaponiya Xalqaro Hamkorlik agentligi (JICA) bilan uchrashuv
Bugun Toyloq tuman hokimi Bahodir Babonazarov Yaponiya Xalqaro Hamkorlik agentligi (JICA) loyiha bosh maslahatchisi KURODA Kiyohiko, ekspertlari Yoshikawa Takuma, Khasanov Jurabek, Sobirov Temur hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi mutaxassissi Akbarali Mirzayevlarni kutib oldi.
Uchrashuvda O'zbekiston fuqarolarini Yaponiyada "Munosib mehnat" bilan shug'ullanishlarini qo'llab-quvvatlash hamda mehnat migratsiyasi yo'nalishida "Toyloq modeli" yuzasidan fikr almashinildi.
Ushbu tashrif Samarqand viloyati Toyloq tumani yoshlari uchun Yaponiyada o'qish va ishlash eshiklarini ochishda yangi imkoniyat yaratadi va O'zbekiston-Yaponiya aloqalarini mustahkamlashga hissa qo'shadi.
https://t.iss.one/SamTvr

#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
Bayramlar arafasida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bojxona faxriylari holidan xabar olishadi.
“9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamda bojxona faxriylari birgalikda bojxona organlarida uzoq yillar ishlab, hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriylar hamda marhum bojxona xodimlari xonadoniga tashrif buyurishdi.
Jumladan, marhum bojxona xodimi Ulugʻbek Suyarov xonadoniga borilib, oila aʼzolariga bayram sovgʻalari va boshqarma rahbariyatining samimiy tilaklari yetkazildi.
@SamTvr

👍1
Samarqand – Gʻaziantep: qardoshlik sari qadam
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Turkiyaning yirik sanoat va madaniyat markazi — Gʻaziantep shahri meri Fatma Shaxin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda ikki shaharning o‘xshash tarixi, iqtisodiy va madaniy salohiyati, turizm va ta’lim sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Delegatsiya tashrif davomida shahrimizdagi tarixiy qadamjolarda bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
@samarkand_shahar_hokimligi
#samarqandmtrk

👍2
Tarixiy obidalar bo‘ylab avtobusda sayohat qiling
Samarqand shahriga tashrif buyuruvchi sayyohlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida tarixiy maskanlarni o‘zaro bog‘lovchi yo‘nalishda ikki qavatli sayyohlik avtobusi harakati yo‘lga qo‘yilganligi haqida xabar bergandik. Hozirda 2 ta avtobus yo‘lovchilar xizmatiga chiqarilgan.
Sayyohlar Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Shohi Zinda ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasini bir-biri bilan bog‘lovchi mazkur halqa yo‘nalishidagi avtobuslarda tarixiy va zamonaviy Samarqand bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.
Avtobuslardan foydalanish narxi bir yo‘lovchi uchun bir kunlik sayohat narxi 100 000 (yuz ming) so‘m, yosh bolalar uchun 50 000 (ellik ming) so‘mni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, olingan chiptadan kun davomida foydalanish mumkin.

🫂 Koreya hukumati “Statistika salohiyatini oshirish” loyihasi uchun O‘zbekistonga 3,8 mln dollarlik grant ajratdi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi va Koreya Respublikasining “Statistics Korea” idorasi o‘rtasida 2025–2028-yillarga mo‘ljallangan “Statistika salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida muhim hamkorlik boshlandi. Koreya hukumatining rivojlanishga rasmiy yordam dasturi (ODA) doirasida 3,8 million AQSH dollari miqdoridagi grant asosida moliyalashtiriladigan ushbu loyiha mamlakatimizda statistika tizimini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalar va xalqaro tajribalarni joriy etishga qaratilgan.
Ayni paytda Koreya statistika idorasi vakillari Milliy statistika qo‘mitasiga tashrif buyurib, loyiha doirasidagi yakuniy yo‘nalishlarni muhokama qilmoqda. Muhokamalarda kadrlar malakasini oshirishga alohida e’tibor berildi. Bu yo‘nalishda Milliy statistika qo‘mitasi xodimlari uchun Koreya va O‘zbekistonda o‘quv kurslari tashkil etiladi, shuningdek, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida kompyuter va audio qurilmalar bilan jihozlangan zamonaviy o‘quv xonalari tashkil etiladi.
Loyiha doirasida CATI (kompyuter yordamida telefon orqali intervyu o‘tkazish) tizimi joriy etiladi, bu esa tanlanma kuzatuvlarni tezkor va aniq amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, ma’muriy ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi yaratilib, davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar integratsiyasi ta’minlanadi va statistik tahlillar avtomatlashtirilgan, ishonchli platformalarda amalga oshiriladi.
Ushbu loyiha O‘zbekiston statistika tizimiga innovatsiya va yuqori texnologiyalarni joriy etish, sohani xalqaro andozalarga mos ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.

Markaziy harbiy okrug tashabbusi bilan Samarqand garnizonidagi “Sazagan” dala o‘quv maydonida Samarqand viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari uchun harbiy-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Tadbir yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, ularni Qurolli Kuchlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, hamda boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotlarda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan yuzlab o‘quvchilar ishtirok etdi. Dala sharoitida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilar harbiy saf harakatlari, jangovar holatdagi yurish va joylashish, shuningdek, quroldan foydalanish qoidalari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.
#samarqandmtrk
Telegram | Facebook | Youtube |Admin

Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv habga "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva va UNICEFning ijrochi direktori Ketrin Meri Rassel tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlar Markazning rivojlanish strategiyasi, metodologik yondashuvi hamda O‘zbekistonda inklyuzivlikni ilgari surish bo‘yicha tashabbuslari — jumladan, inklyuziv ta’lim, bandlik va qulay muhit yaratish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Samimiy va do‘stona muhitda Ziroat Mirziyoyeva va Ketrin Meri Rassel Markaz o‘quvchilari bilan muloqot qilishdi, UPSHIFT dasturi doirasidagi yoshlar tashabbuslari bilan tanishdilar hamda o‘quvchilar tayyorlagan teatr sahnasidan yorqin taassurotlar oldilar.
UNICEFning ijrochi direktori barcha yoshlar uchun teng imkoniyatlar yaratish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, inklyuziv amaliyotlarni rivojlantirishdagi hissasi uchun Markaz jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
—
Международный инклюзивный хаб при Национальном агентстве социальной защиты посетили Председатель Попечительского совета Фонда Zamin Зироат Мирзиёева и Исполнительный директор ЮНИСЕФ Кэтрин Мэри Рассел.
В ходе визита гости ознакомились со стратегией развития Хаба, его методологическим подходом, инициативам по продвижению инклюзивного Узбекистана, в том числе инклюзивному образованию, трудоустройству и доступной среде.
В тёплой атмосфере Зироат Мирзиёева и Кэтрин Мэри Рассел пообщались со студентами Хаба, познакомились с молодёжными инициативами в рамках программы UPSHIFT и получили яркие впечатления от театральной постановки, подготовленной участниками творческих курсов.
Исполнительный директор ЮНИСЕФ отметила важность создания равных возможностей для всех молодых людей и выразила признательность команде Хаба за развитие инклюзивных практик.
Zamin | Facebook | Instagram | YouTube

Nurobodlik 50 nafar nuroniylar Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishdi
Bugun Nurobod tumanidan 50 nafar mehnat faxriysi va nuroniylar Samarqand shahrida yangidan bunyod etilgan “Nuroniylar maskani” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Samarqand shahrining go‘zal hududida qad rostlagan, zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan “Nuroniylar maskani” mehmonlarni iliq kutib oldi. Tashrif davomida faxriylar bu yerda nuroniylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlar, madaniy-ma’rifiy dasturlar hamda sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Nuroniylar ushbu maskan faoliyatiga yuksak baho berib, Davlatimiz Rahbari tomonidan nuroniylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan chuqur mamnun ekanliklarini ta'kidladilar.
Shuningdek, nuroniy mehnat faxriylari Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylar va tarixiy qadamjolarni ziyorat qildilar.
So'ngra "Nuroniylar maskani"da mo'jaz dasturxon yozilib, samimiy suhbat qurildi hamda faol nuroniylar hamda mehnat faxriylariga esdalik sovg'alari topshirildi.
Sayohat davomida nuroniylar ulkan o‘zgarishlar, taraqqiyot, tarixiy merosga bo‘lgan e’tibor va mehnat faxriylariga ko‘rsatilayotgan hurmat uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Ushbu tashabbus yurtimizda “Keksalarni qadrlash – kelajakka hurmat” tamoyili izchil amalga oshirilayotganining amaliy ifodasidir.
©️ @nur_press

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi Ya.Mirzaraximov “Terabayt texno servis” korxonasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.
Korxona yoqilgʻi tarqatish kolonkalari, sunʼiy intellekt kameralar, quyosh panellari va invertorlar, led monitorlar va led mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.
Mahsulot ishlab chiqarilishi boshlangan vaqtda 85 foiz xom-ashyo import hisobiga amalga oshirilgan boʻlsa, hozirgi kunda korxona oʻzining yangi xarid qilgan uskunalari hisobiga mayda detallarni oʻzimizda ishlab chiqarilib, xom-ashyolar importi 20 foizdan 35 foizgacha kamayishiga erishildi.
Korxonaga oʻtgan yil davomida ogʻirligi 177 tonna, qiymati 834 ming AQSH dollarga teng boʻlgan tovarlar import qilinib, bojxona toʻlovlaridan 432 mln. soʻm imtiyoz berilgan.
Uchrashuvda muvofiqlik sertifikatini olish bilan bogʻliq yengilliklar yetkazildi hamda tadbirkorlarning bojxona tizimiga oid muammo va takliflari tinglandi.

Ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Muminov tomonidan Samarqand shahrining Mikrorayon, Sattepo kabi hududlarida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati o‘rganildi.
Tashrif davomida boshqaruv tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, obodonlashtirish ishlari, shuningdek, kommunal soha bilan bog‘liq qonun va qarorlar ijrosining holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Hududlardagi o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

#xorijiy_gastrol
#memorandum
Xabaringiz bor Samarqand viloyati musiqali drama teatri direktori B.Tugalov tashabbusi bilan teatr ijodiy jamoasi Gruziya davlatida gastrol safarida bo'ldi.
Gruziyaning Akaki Xorava nomidagi Senaki Davlat drama teatri bilan Samarqand viloyat musiqali drama teatri o'rtasida memorandum imzolandi. Ikki teatr rahbarlari tomonidan har ikkala davlatda yetuk adiblarning sara asarlari asosida spektakl sahnalashtirish bo'yicha kelishib olindi. Joriy yilning oktabr oyida Akaki Xorava nomidagi Senaki Davlat drama teatri ijodiy jamoasi teatrimizga o'z spektakli bilan tashrif buyuradi.

Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasi Samarqand viloyat boʻlimining oʻtgan yigʻilishida federatsiyasi raisi Ya.Mirzaraximov tomonidan masʼullarga shahar va tumanlarga chiqib, u yerda moddiy-texnik holat va sportchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganib, taklif kiritish yuzasidan topshiriq berilgan edi.
Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan viloyat bojxona boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Muxammadiyev va masʼul xodimlar Ishtixon tumanidagi sport maktabiga borishdi.
Tashrif davomida trener-oʻqituvchi va sportchilar bilan suhbatlashib, mavjud kamchilik va muammolar tinglandi.
Sport maydonining holati koʻzdan kechirildi va yengil atletika boʻyicha yosh sportchilarni saralash, tanlash va musobaqalarga tayyorlash jarayonlarining borishi muhokama qilindi.
Uchrashuvda sohadagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga koʻrsatmalar berildi.

Issiqlik ta’minoti va qurilish ishlari holati muhokama qilindi
Viloyat hokimi o‘rinbosari A.Shukurov mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida RK-1 markaziy qozonxonasida olib borilayotgan ishlar, aholini barqaror issiqlik energiyasi bilan ta’minlash oldidan olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.
Shuningdek, RK-2 qozonxonasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari o‘rganilib, mavjud masalalar yuzasidan mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
Tashrif davomida Shirin massivida olib borilayotgan qurilish jarayonlari ham muhokama qilindi. Qurilish ishlarining borishi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli va belgilangan muddatda yakunlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

#Xalqaro_hamkorlik
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining xalqaro hamkorligi kengaymoqda
Joriy o‘quv yilida institutimizning uch nafar professor-o‘qituvchimiz Turkiyaning Selçuk universitetida bo‘lib, o‘zaro tajriba almashib qaytishgan edi. Mazkur xorijiy stajirovka davomida nufuzli universitet bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan bir qator vazifalar belgilangan edi.
Shu munosabat bilan Turkiyaning Selçuk universitetidan 30 nafar delegatsiya vakillari Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
👇
👉 BATAFSIL: samdukf.uz
👆

❤1
Samarqand viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan "Behbudiy" spektakli namoyishi boʻlib oʻtdi.
Mazkur spektaklni tomosha qilishga hokimlik va tashkilot rahbarlari, qolaversa bir guruh jurnalistlar tashrif buyurishdi.
Spektakl tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.
Samarqand viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati.
#samarqandmtrk
Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Mazkur spektaklni tomosha qilishga hokimlik va tashkilot rahbarlari, qolaversa bir guruh jurnalistlar tashrif buyurishdi.
Spektakl tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.
Samarqand viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati.
#samarqandmtrk
Telegram | Facebook | Youtube |Admin
👍2
Urgut tumanidagi Omonqo‘ton qishlog‘iga rasman “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi
“Omonqo‘ton” turizm qishlog‘ining ochilish marosimida viloyat rahbari Adiz Boboyev, soha mutaxassislari hamda qishloq aholisi ishtirok etishdi.
Viloyat rahbari Samarqandda turizm sohasiga berilayotgan e’tibor, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va turizm qishloqlari orqali hududlar iqtisodiyoti va jozibadorligini oshirish imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tdi.
Omonqo‘ton mahallasi Samarqand viloyatidagi eng katta va tashrif buyuruvchilar soni ko‘pligi bilan ajralib turadigan hudud hisoblanadi. Mahallaga yoz mavsumida bir kunda 5-10 ming nafargacha dam oluvchilar va sayyohlar keladi. Hududning bahavo tabiati, baland tog‘lari, soyidan oquvchi zilol suvi kishilarni jalb qiladi.
Mahallaga tashrif buyuruvchilar uchun bir qator qulayliklar yaratish maqsadida infratuzilma yaxshilandi.
Hozirgi kunda sayyohlar uchun 50 dan ortiq oilaviy mehmon uylari, kapsulali joylashtirish vositalari va boshqa xizmat ko‘rsatish shaxobchalari faoliyat yuritib kelmoqda.
Viloyat rahbari turizm qishlog‘ida yangi imkoniyatlardan foydalanishga qaratilgan taqdimotlar bilan tanishib, hududda aholi daromadini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berdi.
Samarkand.uz |Telegram|Facebook | Instagram

👍2❤1
#XalqaroHamkorlik
Oʻzbekiston–Qozog‘iston hamkorligi: yangi imkoniyatlar
Joriy yilning 3-iyul kuni Samarqand viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Nasimov tashabbusi bilan 50 nafar dan ziyod texnikum direktori, o‘rinbosarlari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari vakillaridan iborat delegatsiya Qozog‘istoning Turkiston viloyatidagi texnikumlarga 4 kunlik amaliy tashrif bilan jo‘nab ketishdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad kasbiy taʼlim sohasidagi hamkorlik, o‘zaro ta’lim kelishuvlarga erishish hamda 10 dan ortiq kasblar bo‘yicha WorldSkills standartlari asosida master-klasslarda ishtirok etish belgilangan.

❤1👍1
#ayni_vaqtda
#XalqaroHamkorlik
Oʻzbekiston–Qozog‘iston hamkorligi: yangi imkoniyatlar
Samarqand viloyatidan kelgan delegatsiya Qozog‘istoning Turkiston viloyatidagi Ahmad Yassaviy nomidagi kollejga tashrif buyuridi. Tashrif davomida kollejidagi yaratilgan shart-sharoitlar hamda kollej hududidagi muzey bilan tanishmoqdalar.

Rossiya Federatsiyasining Maksim Gorkiy nomidagi Primorskiy akademik drama teatrining bir guruh ijodkorlari Samarqand viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi.
Joriy yilning 12-18- iyul kunlari Samarqand viloyati musiqali drama teatrida rossiyalik ijodiy jamoaning spektakl-tomosha tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Samarqand viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati.
#samarqandmtrk
Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Joriy yilning 12-18- iyul kunlari Samarqand viloyati musiqali drama teatrida rossiyalik ijodiy jamoaning spektakl-tomosha tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Samarqand viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati.
#samarqandmtrk
Telegram | Facebook | Youtube |Admin
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Komplayens xodimlari Latviyada ilk bor tashkil etilgan Yozgi maktabda ishtirok etdi
Joriy yilning 7-11 iyul kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda tegishli vazirlik va idoralarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (komplayens) xodimlaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Latviya davlatida tashkil etilgan Yozgi maktabda ishtirok etdi.
Ishtirokchilar uchun Latviyaning davlat moliyaviy nazorati, davlat mulkini hisobga olish va uni idora qilish, investitsiya, sanoat va erkin iqtisodiy hududni rivojlantirish, bojxona, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish, korrupsiyaga qarshi kurash va shaffoflikni taʼminlash, huquqni muhofaza qilish va odob-axloq qoidalari nazoratiga masʼul vakolatli idora va tashkilotlari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Shuningdek, odob-axloq qoidalari borasida ilg‘or yondashuv va zamonaviy mexanizmlar bilan yaqindan tanishildi.
Yozgi maktab tadbirlari doirasida Transparensy International tashkilotining sohadagi standartlari va hisobotlariga asoslangan holda milliy amaliyotni kuchaytirishga qaratilgan takliflar ham ishlab chiqildi.
Ushbu tashrif — ikki davlat o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va xalqaro standartlarga asoslangan komplayens tizimini takomillashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Yevropa Ittifoqi va Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi moliyaviy ko‘magida Latviya Moliya va shartnomalar markaziy agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish – inklyuziv korrupsiyaning oldini olish” loyihasi doirasidagi ushbu tashabbus korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlari vakillari uchun Yevropada ilk bor tashkil etilgan tajriba maydoni bo‘ldi.
Ishtirokchilar uchun Latviyaning davlat moliyaviy nazorati, davlat mulkini hisobga olish va uni idora qilish, investitsiya, sanoat va erkin iqtisodiy hududni rivojlantirish, bojxona, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish, korrupsiyaga qarshi kurash va shaffoflikni taʼminlash, huquqni muhofaza qilish va odob-axloq qoidalari nazoratiga masʼul vakolatli idora va tashkilotlari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida mazkur tashkilotlarning ichki nazorat tuzilmalari tomonidan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining faoliyatida korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va bartaraf etish, ayni jarayonlarning normativ hujjatlar bilan tartibga solinishi aniq amaliy misollar orqali o‘rganildi.