SamTVR | MTRK
5.08K subscribers
95.7K photos
44.9K videos
435 files
57.1K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#SPORT
#DIREKTOR_KUBOGI

"LOCHIN" JAMOASI SAMDUKF CHEMPIONI!

Avval xabar berganimizdek, SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida sport turlarini ommalashtirish va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida “Sog‘lom avlod - yurt kelajagi!” shiori ostida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda filial rahbariyatining "Rektorat", Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetining "Lochin" va "Liderlar" hamda Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakultetining "Buxgalter" jamoalari o'zaro bahs olib borishdilar.

Qizg'in va murosasiz o'tgan bahslarda "Lochin" jamoasi "Buxgalter" jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi. Finalda esa filial rahbariyatining "Rektorat" jamoasini mag‘lub etgan "Lochin" jamoasi #DIREKTOR_KUBOGI sohibi bo‘ldi.

Musobaqada 1-, 2- va 3-o'rinlarni egallagan jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

https://t.iss.one/SamTvr
#SPORT

Joriy yilning 14-15 may kunlari Toshkent shahrida Karate sportining Fullcontak yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chimpionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada NARPAY MIX FIGHT SPORT clubidan ikki nafar sportchilarimiz qatnashib, 18 yoshlilar o‘rtasida Toshniyozov Muhammadxon 70 kg vazinda 1- o‘rinni qo‘lga kiritdi. 15-16 yoshlilar o‘rtasida esa Bo‘riyev Sherbek 68 kg vazinda 1- o‘rinni qo‘lga kiritib, 2 ta oltin medal bilan musobaqa g‘oliblari bo‘lib qaytishdi.

https://t.iss.one/SamTvr