#Zahira
Samarqand viloyatida 2024-2025 yillar qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy muassasalarining asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji uchun 20 623 tonna kartoshka, 10 658 tonna piyoz, 7 406 tonna sabzi, 7 106 tonna guruch zahirasi jamg‘arilishi rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan “Dehqon” MChJ omborxonasida joriy yilning 12 dekabr holatiga ko‘ra, 99 tonna kartoshka, 120 tonna piyoz, 50 tonnadan sabzi va guruch mahsulotlari zahira qilingan. Ushbu zihiraga olingan mahsulotlarning fitosanitar tozaligini ta’minlash maqsadida o‘simliklar karantini va himoyasi tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan to‘liq nazorat qilib borilmoqda. Omborxonalarga aldamchi xo‘raklar qo‘yilib, namunalari viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining fitosanitar laboratoriyasiga yuborilib, natijalari bo‘yicha xulosalar berilmoqda.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
@SamTvr