SamTVR | MTRK
5.08K subscribers
95.8K photos
44.9K videos
436 files
57.2K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
«Samarqand» telekanali | 4-dekabr

@mtrk_tvdasturlar
Ob-havo

Bugun, 4-dekabr kuni Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

https://t.iss.one/SamTvr
ANONS VAQTI

Haftaning dushanba kunidan shanba kuniga qadar soat 07.00 dan 08.00 gacha “Assalom, Samarqand!” musiqiy-koʻngilochar dam olish dasturi xonadoningiz mehmoni!
Yangi tongni “Samarqand” telekanalida “Assalom, Samarqand!” dasturi bilan qarshi oling!

https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴LIVE

Бугун эрта тонгдан Иштихон тумани “Чағатой” маҳалласида Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 31 йиллигига бағишлаб
, Ҳарбий оркестр, Миллий гвардия отлиқлари ва “Ватанпарвар” ташкилоти, фавқулодда вазиятлар бошқармаси махсус техникалари иштирокида маҳалла аҳолиси ўртасида “Беш минг қадам” оммавий юриш тадбири бошланди.
“Чағатой” обод маҳаллага айланди!!!

https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Quyosh panellarini oʻrnatish borasida qanday qulayliklar borligini bilasizmi?

https://t.iss.one/SamTvr
#BUGUN

☀️Samarqand shahridagi Prezident maktabida ertalabki o‘quvchilar bilan uchrashuv vaqtida yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan muhim voqealar, hodisalar tafsilotiga to‘xtalib o‘tildi.
Konstitutsiya haftaligi doirasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🏆Shuningdek 2023-2024-o‘quv yilida umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichida ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallagn o‘quvchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.


https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Konstitutsiya haqida nimalarni bilasiz?

Huquqiy bilimga ega talaba-yoshlarimiz bu savolga video orqali javob berishadi.

"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

https://t.iss.one/SamTvr
Jurnalistikaga qiziquvchi iqtidorli yoshlar diqqatiga!

“Mahorat maktabi” uchun qabul davom
etmoqda.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi huzuridagi “Mahorat maktabi”ga jurnalistikaning:
- bosma nashrlar;
- tele va radio;
- foto va video;
- internet yo‘nalishilari;
- tasvirga olish hamda axborot xizmati bo‘yicha tinglovchilarni qabul qiladi.

Murojaat uchun manzil: Samarqand shahri Ulug‘ Tursunov ko‘chasi 80-uy, viloyat Matbuot uyi binosi.

Ma’lumotlarni (66) 233-91-69, (66) 233-91-59, (93) 339-99-84 telefon raqamlaridan olishingiz mumkin.

@samjurnalist_uz
Nurobod tumanida zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Bugun Nurobod tumani “Buloqboshi” mahallasida yangi tashkil etilgan zamonaviy 28-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Buloqboshi" mahalla fuqarolar yig‘inida bugungi kunda 1 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, maktabgacha ta’lim yoshidagi 3-7 yoshli bolalar soni 151 nafarni tashkil qiladi.

"O‘ralov Ravshan quruvchi" MCHJ rahbari R.O‘ralov tomonidan mahallada Respublika byudjeti hisobidan 4 mlrd 690 mln so‘mlik zamonaviy 90 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi qurib bitkazildi.

Yangi tashkil etilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti zamonaviy mebellar, o‘quv-uslubiy, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yin va o‘yinchoqlar bilan jihozlangan.

https://t.iss.one/SamTvr