SamTVR | MTRK
5.02K subscribers
98.3K photos
46.8K videos
454 files
59.4K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Самарқандда “Янги нафас” югуриш мусобақаси старт олди

«Буюк ипак йўли» халқаро туризм марказида Давлат байроғи қабул қилинганининг 32 йиллиги муносабати билан “Бир Ватанда, бир вақтда, бир масофага, бир мақсадда – бирга югурамиз!” шиори остида ҳаваскорлар ўртасида “Янги нафас” оммавий югуриш мусобақасига старт берилди.

Мусобақанинг очилиш маросимида вилоят ҳокимининг ўринбосари Р.Қобилов иштирок этди.

Унда етти минг нафардан зиёд иштирокчи 5 километр масофага югурмоқда.

———

Samarqandda “Yangi nafas” yugurish musobaqasi start oldi

“Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida havaskorlar oʻrtasida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimining oʻrinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.

Unda yetti ming nafardan ziyod ishtirokchi 5 kilometr masofaga yugurmoqda.

@Zarnews_uz
#Yashil_makon

Respublikamizda ayni kunlarda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Payariq tumanida ham «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida avtomobil yoʻllari boʻylariga manzarali daraxt va butalar ekilmoqda.
Payariq tumani Choshtepa mahallasi hududida sektor rahbarlari va viloyat avtomobil yo‘llari boshqarmasi mas’ullari ishtirokida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Samarqandyo‘lko‘kalam" DK tomonidan yashil bog‘ barpo etish maqsadida daraxt ko‘chatlari ekildi.

https://t.iss.one/SamTvr