SamTVR | MTRK
5.08K subscribers
96.2K photos
45.2K videos
431 files
57.4K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
69-maktabning yangi binosi foydalanishga topshirildi

Polvonariq mahallasidagi 69-maktabning 330 o'rinli qo'shimcha binosi Investitsiya dasturi asosida ajratilgan 4 mlrd 290 mln so'm mablag' evaziga rekonstruksiya qilindi.

Bugun foydalanishga topshirilgan ob'yektlar qatorida ushbu makab binosi ham foydalanishga topshirildi. Zamonaviy tibda qurilgan va zamonaviy mebel jihozlar bilan ta'minlangan 3 qavatli yangi bino ochilishida tuman rahbari boshchiligidagi mas'ullar hamda hudud aholisi ishtirok etdi.

Tadbirda so'z olganlar davlatimiz rahbari tomonidan ta'lim sohasiga qaratilgan e'tibor, yaratilgan sharoitlarni e'tirof etishdi. Ushbu obyekt ham ana shu e'tibor namunasi ekanligi qayd etildi.

Jarayonda, rasmiy lenta kesilib, tadbir ishtirokchilari binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

@SamTvr
Ҳурматли ватан ҳимоячилари, азиз мард ўғлонлар!
🧑🎨 Сиз, азизларни, Сизлар орқали оила аъзоларингизни Қуролли Кучларимиз ташкил этилганининг 33 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни байрами билан чин қалбимдан табриклайман!
Эл-юртимизга садоқат билан хизмат қилиш, халқимизнинг тинч, эркин ва фаровон ҳаётининг мустаҳкам кафолати бўлган мустақиллигимизни асраш, ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, янги Ўзбекистонни барпо этишга қўшаётган ҳиссангиз бардавом бўлсин!
🧑🎨 Сизларга мустаҳкам соғлик, оилавий хотиржамлик, барча эзгу ишларингизга ривож тилайман. Ватанимиз сарҳадлари ҳамиша мустаҳкам, халқимиз тинч-омон бўлсин!
Эл-юртимизнинг юксак меҳри ва ишончи Сизларга доимо ёр бўлсин!
Илҳом Ботиров, ЎзЛиДеП Самарқанд вилоят Кенгаши раиси,
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутати
Forwarded from Samarqand sadosi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar

"Nafaqat jismoniy jihatdan kuchli boʻlgan, balki aqliy va maʼnaviy yetuk boʻlgan harbiy xizmatchilar yurtimiz sarhadini ishonchli tarzda himoya qila oladi"

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi hamda Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibida faoliyat olib boruvchi kichik serjantlarning faoliyati haqida intervyu tayyorlandi.

You Tube orqali toʻliq va sifatli tomosha qilishingiz mumkin 👉
https://youtu.be/APOIxuI6Myg?si=TCC4OZhddKXpEBSd

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Qadrli Vatanimiz posbonlari! Axborot-kutubxona markazlari tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan samimiy qutlayman.

Yurtimizning tinchligi, sarhadlarimizning daxlsizligini ta’minlashga qo'shayotgan munosib hissangiz uchun minnatdormiz, oilalarimizning tayanchi, ishonchisiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik ona Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatingizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Hurmat bilan,
Zebiniso Shodiyeva


https://t.iss.one/SamTvr
#Тайинлов

“Самарқанд сув таъминот” корхонасига раҳбар тайинланди

Бобоев Толибжон Нуриддинович “Самарқанд сув таъминот” акциядорлик жамияти раҳбари этиб тайинланди.

Т.Бобоев шу пайтга қадар "Ўзсувтаъминот" акциядорлик жамиятининг "Сув таъминоти ва оқова сув объектлари қурилиши бўйича инжиниринг компанияси" унитар корхонаси директори лавозимида ишлаётган эди.

@Zarnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_tabrigi

#Qalqon

📌14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan universitet Yoshlar Ittifoqi "Qalqon" jamoatchilik guruhi a’zolari sizlarni samimiy muborakbod etadi!

🎯Sizlarning jasorat va fidoyiligingiz tufayli yurtimiz tinch, xalqimiz xotirjam va kelajagimiz yorqin bo‘lib qolmoqda. Har biringizning mas’uliyatli xizmatlaringiz Vatanimizni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Biz sizlarning mardlik va matonatingizdan faxrlanamiz.

🎗Bayramingiz muborak bo‘lsin!

https://t.iss.one/SamTvr
Hurmatli Vatan himoyachilari!

Sizlarni barchamiz uchun muhim va aziz sanaga aylanib ulgurgan 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Sizlarning mardona xizmatlaringiz tufayli xalqimiz osoyishta, yurtimiz tinch, oilalarimiz baxtli va farovon hayot kechirmoqda. Vatanimizning mustahkam qalqoni boʻlib, uning sarhadlarini asrab, xalqimizning tinchligi va farovonligini himoya qilish yoʻlida koʻrsatgan jasoratlaringiz yuksak hurmat va eʼtirofga loyiqdir.

Sizlarga mustahkam sogʻlik, bardavom kuch-quvvat, oilaviy baxt va mashaqqatli, ammo sharafli ishlaringizda doimo omad yor boʻlishini tilayman. Yurtimiz tinchligi va xavfsizligini himoya qilish yoʻlida koʻrsatgan fidoyiligingiz va matonatingiz xalqimiz qalbida abadiy yashaydi.

Bayramingiz muborak boʻlsin!


Hurmat bilan,
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori
Shahzoda Negmatova.


https://t.iss.one/SamTvr
🟢 Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi eng namunali faoliyat yuritgan madaniyat muassasasiga ovoz bering sarlavhasi ostida onlayn soʻrovnomasi tashkil etilgan edi.

Bugun ushbu onlayn so'rovnama natijalariga ko'ra “Yilning eng namunali madaniyat bo'limi -2024” nominatsiyasi bo'yicha 1240 nafar ovoz bilan Narpay tumani Madaniyat bo'limi hamda “Yilning eng namunali ta'lim tashkiloti -2024” nominatsiyasi bo'yicha 2482 nafar ovoz bilan Samarqand shahar 1-son Bolalar musiqa va san'at maktabi g'olib deb topildi.

⚡️ Viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Hayitov ushbu onlayn so'rovnomada g'olib deb topilgan tashkilot rahbarlariga maxsus statuetka hamda esdalik sovg'alarini topshirdi.

🎶 Qolaversa ushbu rahbarlarga viloyatimiz madaniyat va san'at sohasi rivojiga qo'shayotgan hissasi uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi.
Bu yutuq 1-son BMSM jamoasi uchun katta rag'bat bo'lib, kelgusida yanada yuqori marralarni zabt etishga undaydi.

https://t.iss.one/SamTvr