Samarqand TVR | MTRK
4.68K subscribers
102K photos
49.3K videos
484 files
62.3K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
“Samarkand apparel” “Engelbert Strauss” брендига тайёр кийим-кечак маҳсулотларини экспорт қилмоқда

🔸 Сўнги йилларда мамлакатимизда жозибадор инвестицион муҳит яратилди. Тадбиркорларга яратилаётган шарт-шароитларни узоққа бормасдан биргина ўзим фаолият юритаётган корхоналар мисолида айтиб ўтмоқчиман.

Ҳозирда мен Самарқанд шаҳридаги “SAMARKAND APPAREL” хорижий корхонасига раҳбарлик қилиб келмоқдаман. Корхонамиз Жанубий Кореядаги машҳур йирик корпорация иштирокида ташкил этилган бўлиб, бугунга қадар жалб этилган тўғридан-тўғри хорижий инвестициялар миқдори 28 млн доллардан ортиқни ташкил қилади. Келгуси икки йил ичида яна 30 млн доллар қўшимча инвестиция киритиб, ишлаб чиқариш ва экспорт ҳажмини янада кенгайтиришни режа қилганмиз.


Корхонамиз асосан тайёр кийим-кечак маҳсулотлари ишлаб чиқаради.

🔗 Батафсил

• Азиз Ахраров
“SAMARKAND APPAREL” хорижий корхонаси раҳбари,
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутати


#munosabat

https://t.iss.one/SamTvr
ISHTIXONLIK MAHALLA RAISLARI GʻOLIB DEB TOPILDI

👍 "Mustaqilligimizning 33 yilligiga 33 ta loyiha" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

🔍Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston mahallalari uyushmasining eng yirik loyihalaridan biri, "Mustaqilligimizning 33 yilligiga 33 ta loyiha" tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔍Respublika komissiyasi tomonidan ushbu loyihalar o‘rganib chiqilib, 33 ta loyiha va grantlar g‘olib deb topildi.

Ushbu gʻoliblar orasida Ishtixon tuman “Chinortepa” mahallasi raisi Maxmudov Aktam Kurkamovich hamda “Humo” mahallasi raisi Asomov Akmal Amirovich borligi quvonarli albatta.

🔍Mazkur loyihaning yorqin yo‘nalishlaridan biri "Biznesni rivojlantirish banki"  bilan hamkorlikda tashkil etilgan  “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib, unda tadbirkorlar o‘z biznes loyihalari bilan faol ishtirok etdilar.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


https://t.iss.one/SamTvr
Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid!

Samarqand viloyat jinoyat ishlari sudining sudyasi Alisher Xolboyev,Samarqand tumanlararo maʼmuriy sudining sudyalari Bahrom Ablahatovlar hamda Ulugʻbek Davronovlar tomonidan Samarqand viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasida “KORRUPSIYA - TARAQQIYOTGA TAHDID” mavzusida soha xodimlari oʻrtasida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.iss.one/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabор kanal


https://t.iss.one/SamTvr
👍1
#Innovatsiya
#Startap

Startap loyihalarning ijro holati o‘rganildi

Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyati hokimi E.O.Turdimov tashabbusi bilan respublika yoshlarining startap loyihalari va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masadida “Startap loyihalar” tanlovi o‘tkazilgan edi. Ushbu tanlovga respublikaning barcha viloyatlaridan jami 101 nafar yoshlar o‘zlarining loyihalari bilan ishtirok etishgan.

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining 24 nafar yoshlar ham mazkur tanlovda ishtirok etishgan. Hozirgi kunda 9 nafar yoshlarning startap loyihalari moliyalashtirilgan bo‘lib, yoshlarining o‘zlarining loyihalari ustida amaliy ishlar boshlab yuborishdi.

Jumladan, institut talabasi Abdunazarova Marg‘iyonaning “Soyani innovatsion usulda qayta ishlash texnologiyasi” startap loyihasi “SIYOB SHAVKAT ОRZU” fermer xo‘jaligi tomonidan 73 mln. so‘m miqdorida moliyalashtirildi. Xayradov Boburning “Mevalarni resurtejamkor texnologiyalar asosida quritish” startap loyihasi “METIN GROUP IMPEKS” MChJ tomonidan 17,5 mln. so‘mga moliyalashtirildi.

Ma’lumot uchun!
Bugungi kunga qadar Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida tahsil olayotgan 14 nafar yoshlarning umumiy qiymati 622,3 mln. so‘m bo‘lgan loyihalari xususiy sektor vakillari tomonidan moliyalashtirilgan.
👍1