SamTVR | MTRK
5.07K subscribers
95.8K photos
44.9K videos
436 files
57.1K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
​​Markaziy Osiyoda ilk bor
Shu yilning 27-29-aprel kunlari Samarqandda Osiyo endoskopik va laporoskopik xirurglar jamiyati (ELSA)ning “Ipak yoʻlida minimal invaziv xirurgiya” mavzuidagi I bahorgi kongressi oʻtkaziladi.
ELSA notijoriy tashkilot boʻlib, Osiyo endoskopik va laporoskopik xirurglarining tashabbuskor guruhi tomonidan 1992-yilda Singapurda taʼsis etilgan boʻlib, Osiyo mintaqasida endoskopik xirurgiyani rivojlantirish, jamiyatga aʼzo davlatlardagi tibbiy muassasalarda mazkur sohaga doir tavsiyalarni amaldagi standartlar asosida ishlab chiqishni maqsad qilgan.
– Bugungi kunda ELSA Osiyo-Tinch okeani mintaqasida endoskopik xirurglarning katta obroʻga ega jamiyati hisoblanadi, – deydi Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-klinikasi – ixtisoslashgan bolalar xirurgiyasi markazi bosh vrachi, professor Jamshid Shamsiyev. – Bu tashkilot endoskopik xirurglar jamiyati xalqaro federatsiyasi (IFSES) ning asoschilaridan boʻlib, uning rahbarlik organi Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 37 mamlakatdagi yetakchi endoskopik xirurglar vakillaridan tashkil topgan. Bizning markazimiz jarrohlari 2016-yilda mazkur jamiyatga aʼzo boʻlgan. Jamiyat har yili bir marta kuzda oʻzining kongressini oʻtkazadi. Lekin biz jamiyatga taklif bilan chiqib, bahorgi kongressini tashkil etish va uni Oʻzbekistonda oʻtkazish tashabbusini bildirdik. Bunga keyingi yillarda yurtimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida tibbiy muassasalarimiz moddiy-texnika bazasi mustahkamlanayotgani, yuqori texnologik davolash metodlari qoʻllanilayotgani va murakkab jarrohlik amaliyotlari oʻtkazilayotgani ham asos boʻldi.
Kongressda Malaziya, Singapur, Fillipin, Janubiy Koreya, Pokiston, Bangladesh, Yaponiya, BAA, Xindiston, Yaman, Turkiya singari 45 davlatdan 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Xalqaro forum doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetining ixtisoslashlgan bolalar xirurgik klinikasida xalqaro ekspertlar ishtirokida kam invaziv xirurgiyaning soʻnggi yutuqlari asosida jarrohlik amaliyoti va mahorat saboqlari oʻtkaziladi. Ushbu jarayonni tadbir ishtirokchilari jonli kuzatish va interfaol muhokama kilish imkoniyatiga ega boʻladi.
Kongressning asosiy tadbirlari Samarqand xalqaro turistik markazida oʻtkaziladi.
📄 Ўзбекистон Республикаси референдумини ёритувчи оммавий ахборот воситалари вакилларининг ҳуқуқ ва мажбуриятлари

🔹
Батафсил: Ўзбек (кирилл) |Oʻzbek (lotin) |Русский


https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Quyosh panellarini oʻrnatish borasida qanday qulayliklar borligini bilasizmi?

https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Isroil Madrimov, boks boʻyicha Osiyo chempioni:

— Vaqt odamlarni oʻzgartiradimi? Ha! Vaqt hammasini oʻzgartiradi. Biroq sportda faqat vaqtga tayanish mumkin emas. Aks holda vaqtni boy berish mumkin!
30-aprel — biz befarq emasmiz!

@menbefarqemasman
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertangi muvaffaqiyatni bugungi toʻgʻri tanlovimiz belgilab beradi

Bugun yurtimizda har bir ishbilarmon davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan, yangi tanishuvlar, yangi hamkorliklarga yetaklaydigan, kichik biznes yangi bosqichlarni zabt eta oladigan va har bir tashabbus tinglanib, imkoniyat beriladigan davr. Va bu imkoniyatlarni amalda qoʻllash uchun biz toʻgʻri qaror qabul qila olishimiz kerak.

Bugun har birimiz oʻz kelajagimizga, taqdirimizga va iqtisodiyotimizga ijobiy taʼsir oʻtkaza olishimiz mumkin.

#uzlidep #konstitutsiya #referendum

https://t.iss.one/SamTvr
#СамДВМЧБУ_янгиликлари
#Ректор_табриги

РАМАЗОН ҲАЙИТИ МУБОРАК БЎЛСИН!

Меҳр ва эътибор кўрсатиш, яхшилик, сабру – қаноат каби эзгу ҳислатларни ўзида жам этган бу байрамнинг мазмун – моҳиятини бугун ҳар биримиз яхши англаймиз...

♻️Батафсил қуйидаги ҳаволада

-------------------

#SamDVMCHBU_yangiliklari
#Rektor_tabrigi

RAMAZON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!

Mehr va e’tibor ko‘rsatish, yaxshilik, sabru – qanoat kabi ezgu hislatlarni o‘zida jam etgan bu bayramning mazmun – mohiyatini bugun har birimiz yaxshi anglaymiz...

♻️Batafsil quyidagi havolada

🏛SamDVMCHBU axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kun davomida barchangizga ko‘tarinki kayfiyat tilaymiz!
"Samarqand" telekanalini kuzatib boring! Siz uchun namoyish etamiz
!

https://t.iss.one/SamTvr
Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

https://t.iss.one/SamTvr
#Mening_Konstitutsiyam

⚡️⚡️⚡️ Kuchli ijtimoiy himoya davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylanmoqda

O‘zXDPning “Mening Konstitutsiyam” shiori ostidagi navbatdagi targ‘ibot tadbiri Samarqand viloyat Jomboy tumani G‘azira qishlog‘idagi markaziy stadionda partiya Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zosi Ulug‘bek Vafayev ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbir davomida yangi me’yorlarning mazmun-mohiyati, ta’lim rivoji va yoshlar hayotidagi o‘rniga doir muhim jihatlar xususida to‘liq ma’lumotlar berildi...

https://t.iss.one/SamTvr