Samarqand TVR | MTRK
4.59K subscribers
105K photos
52.8K videos
535 files
66.5K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркияга амалий ташрифи якунланди, давлатимиз раҳбари Тошкентга жўнаб кетди.

Рабочий визит Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Турцию завершился, глава нашего государства отбыл в Ташкент.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍1
Yurimizga xalqimizning necha asrlik urf -odatlari va qadriyatlarini oʻzida mujasam etgan 21-mart Navroʻz umumxalq bayrami yaqinlashib kelmoqda. Sana munosabati bilan Samarqand tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 34-umumtaʼlim maktabida ham Navroʻz bayrami keng nishonlandi.
Tadbirda soʻz olganlar Navroʻz necha ming yillik tarixy bayram ekanligi, uni xalqimiz oʻziga xos tarzda kutib olishi, u kishilarga mehr-muruvvat, saxovat qolaversa rizq va baraka ulashuvchi bayram sanalishi xususida toʻxtalib oʻtdi.
Oʻquvchilar tomonidan yurtni, bahorni tarannum etuvchi kuy va qoʻshiqlar ijro etildi. Ular tomonidan tayyorlangan miliy taomlar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

Sherzod Bek,
Samarqand tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 34-umumtaʼlim maktabida targʻibotchisi.
1👍1
Ob-havo

Bugun, 17-mart kuni Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

https://t.iss.one/SamTvr
«Samarqand» telekanali | 17 mart

@mtrk_tvdasturlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz samarqandliklar va uloq-koʻpkari musobaqasi muxlislari!
Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan 2023-yil 19-mart kuni soat 10.00 dan boshlab Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi General maydonda uloq-koʻpkari musobaqasi boʻlib oʻtadi.
Sovringa tuya, toy, tana, televizor, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, gilam va pul mukofotlari qoʻyiladi. Bosh sovrin avtomobil!
Tadbirda xalqimizning sevimli sanʼatkorlari ishtirok etib, oʻzlarining diltortar taronalari bilan yigʻilganlarni xushnud etadi.
Barcha samarqandliklarni va chavandozlarni uloq-koʻpkari musobaqasiga taklif etamiz.

https://t.iss.one/SamTvr
ANONS VAQTI

Haftaning dushanba kunidan shanba kuniga qadar soat 07.00 dan 08.00 gacha “Assalom, Samarqand!” musiqiy-koʻngilochar dam olish dasturi xonadoningiz mehmoni!
Yangi tongni “Samarqand” telekanalida “Assalom, Samarqand!” dasturi bilan qarshi oling!

https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Zarnigor Umirova
:

- Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning ta'lim olishi uchun yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlardan mamnunman....

https://t.iss.one/SamTvr
Live stream started
Aziz samarqandliklar!
Viloyatimizda Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari boʻlib oʻtadi.
Bayram shodiyonalari 2023-yil 21-mart kuni – Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻi va shu nom bilan ataluvchi koʻcha hamda “Moʻjiza” amfiteatrida;
21-mart kuni Yuqori Xoʻjasoat mahallasi Firdavsiy bogʻida;
20-mart kuni Farxod shaxarchasi 6 son madaniyat markazi hududida;
19-mart kuni Kimyogarlar qoʻrgʻoni “Nurafshon” madaniyat saroyi hududida;
19-mart kuni Xishrav qoʻrgʻoni 2 son madaniyat markazi hududida;
22-mart kuni Qorasuv massivi hududida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan shodiyona tadbirlari oʻtkaziladi.
Tadbirlar davomida konsert dasturlari, sanʼatkorlarning bayram chiqishlari, Navroʻz milliy qadriyatlarimizni oʻzida aks ettirgan milliy taomlar, liboslar koʻrgazmalari namoyish etiladi.
Barchangizni Navroʻz tantanalariga taklif etamiz!

https://t.iss.one/SamTvr