Samarqand TVR | MTRK
4.59K subscribers
105K photos
52.7K videos
534 files
66.4K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
uz.pdf
359.5 KB
30.04.2023

🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining to‘liq matni e’lon qilindi.


Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

“Zakovat intellektual klubi” NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev “Zakovat” klubi aʼzolari, bilimdonlar va bilimga beeʼtibor bo‘lmagan insonlarga murojaat bilan chiqib, ularni referendumga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.

"Chunki men kelajagimga befarq emasman" deyiladi murojaatda.

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Марказий сайлов комиссиясининг референдумни ўтказишга тайёргарлик кўриш билан боғлиқ мажлиси бўлиб ўтмоқда. Унда референдумда муддатидан олдин овоз бериш жараёни 19-26 апрель кунлари бўлиб ўтиши айтилди.

————

📹 Markaziy saylov komissiyasining referendumni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 19-26 aprel kunlari bo‘lib o‘tishi aytildi.

@Zarnews_uz
Bugungi kunda, Oʻsimliklar karantini va himoyasi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tuman boʻlimlarida faoliyat olib borayotgan nazorat qiluvchi inspektorlarga, joylarda jamgʻarilgan urugʻlik kartoshkalarni belgilangan talablar asosida sifatli ekish ishlarini olib borish holati boʻyicha nazorat tadbirlari olib borilib, koʻrsatmalar berib borilmoqda. Xususan, shu kunlarda urugʻlik kartoshkani yerga qadash ishlari Kattaqoʻrgʻon tumanida ham avjida. Bugun tuman inspektorlari nazorati ostida tumandagi “Chupboz fayzli dalasi” fermer xoʻjaligida ham urugʻlik kartoshka ekish ishlari olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun taʼkidlash lozimki, tumanda 289 ta fermer xoʻjaliklar mavjud boʻlib, 1 135 gektar maydonga urugʻlik kartoshka ekish rejalashtirilgan. Tumanda jamgʻarilgan jami 1 663 tn urugʻlik kartoshka mavsum boshidan bugungacha 521 gektarga yaʼni (45,9%) ekildi.

Manba: Axborot xizmati


https://t.iss.one/SamTvr
Bugun Samarqand tuman XTBga qarashli 45-umumiy o'rta ta'lim maktabida Navro'z bayrami munosabati bilan "Bahodirlar" osh pishirish musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda maktabning yuqori sinf o'quvchilari ishtirok etib o'zlarining osh tayyorlash borasidagi mahoratlarini namoyish qildilar. Katta konsert dasturidan so'ng ishtirokchi o'quvchilar orasidan g'oliblar aniqlanib diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Bobur Bekmurodov:

Men farzandlarimning umuminsoniy va milliy qadriyatlarimiz asosida shakllanishini, yetuk insonlar boʻlishini istayman. Shuning uchun ham Oʻzbekistonning dunyoviy va huquqiy davlat ekanligini yangilanayotgan Konstitutsiyada mustahkamlash zarur, deb hisoblayman. Men befarq emasman!

https://t.iss.one/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📜Urgut tumani hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh bilan Urgut shahri Pochvon ko'chasida joylashgan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish binolarida tashqi yozuvlar, reklama va boshqa targʻibot vositalarining "Reklama toʻgʻrisida" hamda "Davlat tili toʻgʻrisida"gi Qonunlariga rioya etilgan holda oʻrnatilishi, shuningdek, tozalik va obodonlashtirish ishlarining tashkillashtirilganligi oʻrganilib, bartaraf etildi.
🟢Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi tashabbusi bilan Nurobod tumani Jom qishlog'ida “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” nomli bosh g‘oya asosida o‘tkaziladigan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan "Ma'naviyat sayli" tashkil etildi.

https://t.iss.one/SamTvr