Samarqand TVR | MTRK
4.6K subscribers
105K photos
52.7K videos
534 files
66.3K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#Jarayon
#Yashil_makon

🌱Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ishlar uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Xususan, Ishtixon tumani mahalla, korxona tashkilotlar hamda fermer xo‘jaliklari dalalari hududida ham ko‘chat ekish bo‘yicha hasharlar tashkil etilmoqda.
Kecha, 15 mart kuni tumanning “Qiyot” MFY hududidagi o‘rmon hujaligi yerlarining dala chetlariga 2000 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
#Jarayon
#Yashil_makon

Payariq tumani Samarqand “Yo‘l ko‘kalam” UK xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tuman Kulto‘sin MFY hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida yashil belbog‘larni barpo etish maqsadida hasharlar tashkil qilinmoqda.
Tabiat resurslari vazirligi Payariq tumani bo‘limi nazorati ostida o‘tkazilayotgan mazkur xasharlar davomida yo‘l bo‘ylarida hudud iqlim sharoitiga mos bo‘lgan 4500 tup qayrag‘och daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari tashkil etildi.
Mazkur ekilayotgan daraxtlarni sug‘orish va uning parvarish qilishga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullarga biriktirib borilmoqda.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
#Jarayon
#Yashil_makon

🌱 Kattaqo‘rg‘onda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ishlar davom etmoqda

🌿 Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 52-DMTT hududiga 1250 dona terak qalamchalari, 200 dona manzarali daraxt ko‘chatlari, 650 dona mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

🌿 Mazkur hashar davomida hududda jami 2100 dona daraxt ko‘chatlari Tabiat resurslari vazirligi tuman bo‘limi hamda Maktabgacha ta’lim bo‘limi hamkorligida ekildi.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
#Jarayon
#Yashil_makon

🌱''Yashil makon'' loyihasi davom etmoqda

🌿Yoshlar ishlari agentligi Bulung'ur tumani bo‘limi tomonidan mahallalardagi yoshlar yetakchilari va ko'ngilli yoshlar ishtirokida "Yashil makonni birga quramiz" loyihasi hayotga tadbiq etildi.

🌿 Loyiha doirasida tumanning Fozil Yo'ldosh mahallasidagi bo‘sh maydonga 400 ga yaqin turli xil mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.


Telegram | Facebook | Youtube |Admin