Samarqand TVR | MTRK
4.61K subscribers
105K photos
52.7K videos
534 files
66.3K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari, journalist va blogerlar!

19, 20 va 21-mart kunlari “Silk Road Samarkand” majmuasining “Boqiy shahar” bogʻida Navroʻz bayrami tadbirlarini nishonlashga taklif etamiz.
Sizni turli xil tanlovlar, flesh-moblar, milliy liboslar namoyishi, animatorlar ishtiroki va sevimli animatsion filmlarning kostyumli qahramonlari bilan unutilmas ko'ngilochar dastur kutmoqda!
Har kuni katta qozonlarda osh, sumalak va boshqa an'anaviy, milliy taomlar tayyorlanadi.
Bundan tashqari, varrak uchirish festivalida ham ishtirok etishingiz mumkin.
Har kuni siz uchun DJ va o'zbek estradasi yulduzlari chiqish qiladi.
Barchangizni 19, 20 va 21-mart kunlari soat 10:00 dan 21:00 gacha "Boqiy shahar"da kutamiz.
Kirish: soat 10:00 dan 17:00 gacha hamma uchun bepul.
Soat 17:00 dan yopilgunga qadar kattalar uchun – 30 000 so'm, 8 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun – 10 000 so'm. 8 yoshgacha bo'lgan bolalar bepul kirishadi.

https://t.iss.one/SamTvr
Live stream started
Forwarded from Zarnews.uz
Янгиланаётган конституция суд-ҳуқуқ соҳасидаги ислоҳотлар натижаларини ҳуқуқий мустаҳкамлайди

Қабул қилинган “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида”ги Конституциявий қонуни лойиҳасига кўра, амалдаги Конституцияга 27 та янги модда киритилмоқда, моддалар сони 128 тадан 155 тага ошмоқда.

—————

Yangilanayotgan konstitutsiya sud-huquq sohasidagi islohotlar natijalarini huquqiy mustahkamlaydi

Qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasiga ko‘ra, amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshmoqda.

👉 https://zarnews.uz/24gx

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
#Qoyil
Bu suratni olish uchun bir inson 18 ta kamera bilan 62 kun vaqtini sarflagan.

Bir marta qarang va keyin telefoningizni teskari aylantiring.

https://t.iss.one/SamTvr
👍4👌1
​​SOʻROVNOMA: Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda qanday muammo va tushunmovchiliklarga duch kelmoqdasiz?

🔸 Bojxona sohasi boʻyicha oʻz fikr va mulohazalaringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim.

📆 Soʻrovnoma 2023-yil 24-martgacha davom etadi.

Soʻrovnomada ishtirok etish uchun quyidagi manzilga kirishingiz kifoya.
↘️
https://forms.gle/ZbZnTpmn7TYejxAV8
👍1
📣 Davlat mulkini "E-auksion.uz" platformasi orqali oson ijaraga oling!
Bugungi kunda Samarqand viloyatidan
E-auksion.uz elektron savdo platformasida 340 ta davlat ko‘chmas mulk obektlarini ijaraga olish imkoniyati mavjud.

➡️
Oqdaryo tumanidan 5 ta (ko‘rish)
➡️ Bulung‘ur tumanidan 20 ta (ko‘rish)
➡️ Jomboy tumanidan 8 ta (ko‘rish)
➡️ Ishtixon tumanidan 18 ta (ko‘rish)
➡️ Kattaqo‘rg‘on tumanidan 29 ta (ko‘rish)
➡️ Qo‘shrabot tumanidan 3 ta (ko‘rish)
➡️ Narpay tumanidan 16 ta (ko‘rish)
➡️ Payariq tumanidan 12 ta (ko‘rish)
➡️ Pastdarg‘om tumanidan 30 ta (ko‘rish)
➡️ Paxtachi tumanidan 11 ta (ko‘rish)
➡️ Samarqand tumanidan 15 ta (ko‘rish)
➡️ Nurobod tumanidan 13 ta (ko‘rish)
➡️ Urgut tumanidan 21 ta (ko‘rish)
➡️ Toyloq tumanidan 22 ta (ko‘rish)
➡️ Samarqand shahridan 139 ta (ko‘rish)
➡️ Kattaqo‘rg‘on shahridan 15 ta (ko‘rish)

➡️ YANADA KO’PROQ👉 (koʼrish)


Telegram | Facebook | Youtube |Admin
#Jarayon
#Yashil_makon

🌱Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ishlar uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Xususan, Ishtixon tumani mahalla, korxona tashkilotlar hamda fermer xo‘jaliklari dalalari hududida ham ko‘chat ekish bo‘yicha hasharlar tashkil etilmoqda.
Kecha, 15 mart kuni tumanning “Qiyot” MFY hududidagi o‘rmon hujaligi yerlarining dala chetlariga 2000 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
#Jarayon
#Yashil_makon

Payariq tumani Samarqand “Yo‘l ko‘kalam” UK xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tuman Kulto‘sin MFY hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida yashil belbog‘larni barpo etish maqsadida hasharlar tashkil qilinmoqda.
Tabiat resurslari vazirligi Payariq tumani bo‘limi nazorati ostida o‘tkazilayotgan mazkur xasharlar davomida yo‘l bo‘ylarida hudud iqlim sharoitiga mos bo‘lgan 4500 tup qayrag‘och daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari tashkil etildi.
Mazkur ekilayotgan daraxtlarni sug‘orish va uning parvarish qilishga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullarga biriktirib borilmoqda.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
#Jarayon
#Yashil_makon

🌱 Kattaqo‘rg‘onda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ishlar davom etmoqda

🌿 Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 52-DMTT hududiga 1250 dona terak qalamchalari, 200 dona manzarali daraxt ko‘chatlari, 650 dona mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

🌿 Mazkur hashar davomida hududda jami 2100 dona daraxt ko‘chatlari Tabiat resurslari vazirligi tuman bo‘limi hamda Maktabgacha ta’lim bo‘limi hamkorligida ekildi.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube |Admin