Samarqand TVR | MTRK
4.6K subscribers
105K photos
52.7K videos
534 files
66.3K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ QISHLOQ XO‘JALIGI FIDOYILARI!

Bugun tumanimizdagi "Yagona" bazmgohida "Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Batafsil: https://sampayarik.uz/uz/node/2780


https://t.iss.one/SamTvr
Маҳалла раислари учун саёҳат ва концерт дастурлари ташкил этилди

🔹Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 30 йиллиги муносабати билан Самарқанд вилояти Маҳалла ва нуронийларни қӯллаб-қувватлаш бошқармаси томонидан вилоятдаги 1126 нафар маҳалла раисларини Самарқанд шаҳридаги "Туризм маркази"га саёҳати ташкил этилди.

🔹Саёҳатдан сўнг раисларимиз маданий ҳордиқ чиқаришлари учун шаҳардаги Концерт залида
Ўзбекистон давлат филармониясининг концерт-томоша
тадбирлари ташкил этилди.

🔹Тадбирда Ӯзбекистон ва Тожикистон халқ артисти М.Мавлонов ва Ӯзбекистон халқ артисти Э.Қайтаровлар ӯзларининг куй-қӯшиқлари билан иштирок этишди.

https://t.iss.one/SamTvr
''Yoshlar va qonun'' tanlovining Samarqand viloyat bosqichi yakunlandi

Bugun Samarqand shahridagi "Yoshlar markazi" binosida 14-18 yosh toifasi bo‘yicha o'tkazilgan "Yoshlar va qonun" tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.

Hakamlar hay'ati tomonidan 4 shart yakuni bo'yicha birinchi o'ringa Payariq tumani "Toxir shayx" mahallasining “Toxir shayx” jamoasi, ikkinchi o'rinni Urgut tumani "Yangiobod" mahallasining "Liberal" jamoasi, uchinchi o'rinni Jomboy tumani “Eski Jomboy” mahallasining ‘’Yosh huquqshunos’’lar jamoasi qo'lga kiritdi.

G'olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg'alari tantanali ravichda topshirildi.

https://t.iss.one/SamTvr
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DEHQONLAR UCHUN BAYRAM TADBIRI

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Narpay tumanidagi “Davrnur” bazmgohida tashkil etilgan katta bayram tadbirida yil o‘n ikki oy dalada mehnat qilgan haqiqiy dehqonlar – fermerlar ishtirok etdilar.
Tadbirda tuman hokimi Sherzod Rahmonov soha vakillari, shu kabi tantana ishtirokchilarini ushbu bayram bilan chin dildan tabrikladi.

Shundan so‘ng bir qator ilg‘or fermerlar, qishloq xo‘jaligiga aloqador tashkilotlar vakillari tuman hokimligining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bundan tashqari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri imzosi bilan “Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga topshirildi.

Toshkent shahridan tashrif buyurgan xushovoz xonanda Nargiza Azimovaning diltortar qo‘shiqlari davraga yana-da fayz kiritdi.

https://t.iss.one/SamTvr