Samarqand TVR | MTRK
4.59K subscribers
105K photos
52.7K videos
534 files
66.4K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Электр энергияси билан боғлиқ муаммолар бартараф этилмоқда
#9dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Аҳолини суюлтирилган газ билан таъминлаш
#9dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
📌 Ko‘mir yetkazib berish boshlandi

“Jomboy ko‘mir ta’minot” korxonasida aholi uchun arzonlashtirilgan ko‘mir zahirasi yaratilgani haqida xabar qilgandik. Erta tongdan yurtdoshlarimizga belgilangan limitda qattiq yoqilg‘i yetkazib berish boshlandi.

Qayd etish joiz, aholiga yetkazib beriladigan bir tonna ko‘mir narxi 303 ming so‘mni tashkil etadi. Bu boradagi joriy vaziyat yuzasidan jamoatchilikka haqqoniy axborot taqdim etish maqsadida korxonaga ommaviy axborot vositalari taklif etildi.

https://t.iss.one/SamTvr
🔹HЕCH BIR MUROJAAT E’TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI

Aziz ota-onalar!
hurmatli ustozlar, qadrli o‘qituvchilar!

Qishning qorli, qirovli kunlarida ayrim ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan kuzgi-qishki mavsum hozirligidan ko‘nglingiz to‘lmayotgan bo‘lsa yoki xalq ta’limi tizimida sizni tashvishlantirayotgan muammo va kamchiliklarga duch kelsangiz, Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ishga tushirilgan https://t.iss.one/samXTBshtab telegram guruhi yoki
@shsultonov_bot telegram botiga o‘z murojaatingizni yozib qoldirishingiz mumkin. Shuningdek, quyidagi havolada ko'rsatilgan telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.👉https://t.iss.one/samarqandvxtb/29310 Sizning murojaatingiz qisqa fursatda tegishli mutasaddilar nazorati ostiga olinadi va joylardagi muammo va kamchiliklar tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram
SamVXTB KUZ-QISH SHTABI
Samarqand VXTBga qarashli tuman (shahar) bo'limlari va maktablardagi kuz-qish mavsumi
Нуробод тумани марказида сайёр қабул ўтказилди

Бугун Нуробод тумани ҳокими С.Бердиқулов, тумандаги корхона ва ташкилот раҳбарлари иштирокида туманнинг Амир Темур, Шарқ Юлдузи ва Наврўз маҳалла фуқаролар йиғинларида истиқомат қилаётган фуқаролар учун сайёр қабул ўтказди.

Қабул давомида А.Темур маҳалласи фуқаролари томонидан маҳалла ҳудудида қурилган ноқонуний қурилишлар фуқаролар ва автомобилларнинг қатновига халақит бераётганлиги тўғрисидаги мурожаатлари туман раҳбари томонидан жойига чиқиб ўрганилиб, ўзбошимчалик билан қурилган объектларни ўрганиб чиқиш, таъмирталаб йўлларни таъмирлаш бўйича чора-тадбирлар белгиланди.

Сайёр қабул давомида фуқаролардан тушган 20 га яқин мурожаатлар юзасидан масъулларга топшириқ ва кўрсатмалар берилиб, ижроси назоратга олиниши белгиланди.

Қабулда билдирилган мурожаатларни ҳал этиш бўйича амалий ишлар куннинг иккинчи ярмида бошлаб юборилди.

@SamTvr