Samarqand TVR | MTRK
4.61K subscribers
105K photos
52.7K videos
534 files
66.3K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

📌 1989-yil 21-oktabrda "O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan. Unga asosan, o‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasida yagona davlat tili sifatida tan olingan. Mazkur qonun 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan.

🔹Bugun tumandagi 35-umumta'lim maktabida sana munosabati bilan bayram dasturi o'tkazildi. Tadbir dastlab O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so'ng, tuman hokimi so'zga chiqib, xalqimizning istiqlolga bo'lgan umid-ishonchini, milliy g'urur tuyg'usini kuchaytirishda, mustaqilligimizning o'ziga xos poydevori vazifasini bajarishda o'zbek tilining o'rni va roli muhim ekanligini e'tirof etib, barchani bayram bilan samimiy qutladi.

🔸Tadbirda maktab o'quvchilari tomonidan ona Vatan, tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar, she'rlar va raqslar ijro etildi.

Ishtixon tumani hokimligi Axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Саноат тармоқларида инвестициявий лойиҳалар
#21oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
👍1
🔹TIL BOR EKAN, MILLAT BARHAYOTDIR

Shokir Sultonov
Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i

Batafsil:


https://t.iss.one/SamTvr
"InnoWeek.Uz-2022" xalqaro g'oyalar haftlaligi.

"InnoWeek.Uz-2022" xalqaro g'oyalar haftlaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova, Samarqand viloyatidan keltirilgan innovatsion ishlanmalar bilan tanishdi. Innovatsion mahsulotlarni Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Narbayev loyihalar bilan tanishtirdi. Galina Saidova Samarqand viloyati boshqarma boshlig‘i Alisher Narbayevga o‘z minnatdorchiligini bildirib kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyatlar bildirdi.

https://t.iss.one/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik
#Til_bayrami
#Samarqand_Prezident_maktabi

📚Samarqand
shahridagi Prezident maktabi Ona tilimiz- o'zbek tilining 33 yillik shodiyonasi bilan samimiy muborakbod etadi.

https://t.iss.one/SamTvr
Самарқанд туманидаги 26-умумтаълим мактабида "Тил - маънавият кўзгуси" мавзусида тил байрамига бағишланган тадбир ташкил этилди.
Унда ўқувчилар тилимизни мадҳ этувчи чиқишларини намойиш қилишди.


https://t.iss.one/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ASSALOM SAMARQAND" musiqiy dam olish dasturi | 21.10.2022
#Долзарб_40_кунлик

Тойлоқ туманидаги “Қўшчинор” МФЙ ҳудудида атроф-муҳитни кўкаламзорлаштириш, манзаралари ва мевали дарахтларни ўтқазиш ҳамда ёғочбоп дарахтлар - терак кўчатлари, кўчатларини экиш бўйича дастлаб туман ҳокими бошчилигида семинар ўтказилди. Шундан сўнг, ушбу маҳалла ҳудудидаги танланган ер майдонига 500 туп ёнғоқ ва 1000 тупдан ортиқ терак кўчатлари экиш ишлари олиб бошлаб юборилди. Айни дамда, бу борада амалий жараёнлар амалга оширилмоқда.

Лойиҳа доирасида йил якунига қадар Тойлоқ тумани ҳудудида 281 минг дона мевали ва манзарали дарахт кўчатлар экиш кўзда тутилган.

Самарқанд вилояти Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш бошқармаси матбуот хизмати