Samarqand TVR | MTRK
4.62K subscribers
105K photos
52.7K videos
534 files
66.3K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Hokim yoshlar bilan bellashdi

Ishtixon tumanida o‘tayotgan ''Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida sportning stol tennisi, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilmoqda. Musobaqa jarayonlarini kuzatayotgan tuman hokimi yoshlar bilan kuch sinashdi.

https://t.iss.one/SamTvr
#jamoatchilik_nazorati

Urgut va Toyloq tumanlarida navbatdagi jamoatchilik monitoringi tadbirlari oʻtkaziladi

Bugun, 21-iyun kunidan boshlab "Yuksalish" umummilliy harakati Samarqand viloyat boʻlinmasi hamda Taraqqiyot strategiyasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha viloyat Jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirokida hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan navbatdagi jamoatchilik monitoringi amalga oshiriladi.

Monitoring davomida quyidagilar koʻrib chiqiladi:

1. Samarqand viloyatida 2022-yilda amalga oshiriladigan hududiy investitsiya loyihalarining bajarilishi holati.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi “2022 – 2026-yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi holati.
Инсон қадри ҳар нарсадан устун

📍Самарқанд вилояти

Ўзбекистон Республикаси Президенти маслаҳатчиси, Маҳалла ва нуронийларни қўллаб-қувватлаш вазири Турсунхан Худайбергенов раҳбарлигида тузилган ишчи гуруҳ, иштирокидаги оммавий сайёр қабуллар давом этмоқда.

Айни дамда вилоятнинг Каттақўрғон туманида Каттақўрғон шаҳри, Пахтачи, Нарпай ва Каттақўрғон туманлари аҳолиси учун сайёр қабуллар ўтказилмоқда.

Фотолавҳалар👆

Улашинг: 👉@Samtvr
#ҳозир
Республика ишчи гуруҳи билан мулоқот учрашуви ўтказилмоқда

Хотин-қизларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш бўйича Президент фармони, қарор ва фармойишлари ижроси, хотин-қизлар фаолларининг фаолият самарадорлиги, эришилган натижа ва йўл қўйилган камчиликлар таҳлили юзасидан Республика ишчи гуруҳи Оқдарё туманига келди.
Айни пайтда туман ҳокимлигида ўтказилаётган мулоқот учрашувида ишчи гуруҳ аъзоси, Президент Админстрацияси масъул ходими Нуриддин Нарматов, Оила ва хотин-қизлар давлат қўмитаси бош мутахассиси Т.Кадирова, Самарқанд вилояти Оила ва хотин-қизлар бошқармаси бош мутахассиси О.Абдураимова, туман ҳокими Ш.Қудратов, сектор раҳбарлари, хотин-қизлар фаоллари ва ҳамкор ташкилотларнинг масъул ходимлари иштирокида аниқ вазият рақамлар мисолида таҳлил қилинмоқда.

Оқдарё туман ҳокимлиги ахборот хизмати

https://t.iss.one/SamTvr
#Yangiliklar
#Qo'l_to'pi_sport
#LIVE

“Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik”
shiori ostida OTM lar birinchiligiga start berildi.

🏛 Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida qo'l to’pi sport turi bo’yicha ayollar o’rtasida “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida OTM lar birinchiligiga start berildi.

👉🏻 uzfi.uz | Telegram_rasmiy | Telegram_union | Facebook | Instagram