Samarqand TVR | MTRK
4.58K subscribers
106K photos
52.9K videos
535 files
66.5K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#Live
#Zakovat_viloyat_bosqichi

"Zakovat" intellektual o'yini - jamoaviy musobaqa bo'lib, unda jamoalar belgilangan vaqt doirasida mantiqiy savollarga javob berish bo'yicha musobaqalashadi. O'yin davomida jamoalarning maqsadi raqiblarga qaraganda ko'proq savollarga to'g'ri javob berishdan iboratdir.

Ayni vaqtda Yoshlar markazida "Zakovat" intellektual o'yinining viloyat bosqichiga start berildi.

Tadbirni Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig'i o‘rinbosari S.Boboev ochib berib barcha jamoalarga omad tiladi.

Jarayonlarni biz bilan birgalikda kuzatib boring...
Seminar

TAKRORIY EKIN - QO‘SHIMCHA DAROMAD MANBAI

G‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekish uchun ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 25 sotixdan yer ajratish, ularga somon tarqatish tartibi yuzasidan mahallalardagi hokim yordamchilari o‘rtasida seminar tashkil etildi.

Seminarda Narpay tumani hokimi va sektor rahbarlari shakllantirilgan ro‘yxat asosida fuqarolarga yer ajratish, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyilida dehqonchilik qilish, shu kabi mahsulotlarni sotish uchun eksportyor korxonalar bilan shartnoma imzolash borasida so‘z yuritdilar.

Bundan tashqari, dala boshida urug‘lar, mineral o‘g‘it, zararkunandalarga qarshi vositalar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Forwarded from Zarnews.uz
Бугун 23 ёшгача бўлган ёшлар ўртасида Осиё кубоги финал учрашуви бўлиб ўтади.

Тошкентдаги "Бунёдкор" стадиони мазкур беллашувга мезбонлик қилади. Унда Ўзбекистон ҳамда Саудия Арабистони Олимпия терма жамоалари ғолиблик учун кураш олиб боради. 

Ушбу ўйинни "Uzreport.uz" телеканали орқали томоша қилишингиз мумкин. 

Мазкур учрашув Тошкент вақти билан соат 18:00 да старт олади. 

@Zarnews_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Ердан унумли ва мақсадли фойдаланиш
#19june #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv