Samarqand TVR | MTRK
4.59K subscribers
105K photos
52.8K videos
535 files
66.4K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
📚Harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

“Xalq va armiya bir tanu, bir jondir!” shiori ostida o‘tkazilayotgan vatanparvarlik oyligi doirasida Milliy gvardiya tizimidagi yosh harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.
➡️Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusi doirasida yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, buyuk adib va mutafakkirlarimizning nodir merosini o‘rganish, yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish hamda ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yanada yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.
🟢Yakuniy natijalariga ko‘ra, “Avlodlar” jamoasi 58 ball bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
❇️Tanlov g‘oliblari tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

https://t.iss.one/SamTvr
🔵 Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazilmoqda

Ayni vaqtda xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi elliginchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Kengash raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi deputat Nasiba Mamadiyarova raisligida o‘tkazilayotgan sessiyada sektor rahbarlari, kun tartibiga aloqador hokim o‘rinbosarlari hamda tashkilot va muassasa rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishmoqda.

Ayni vaqtda Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonovning “Tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayorgarlik ko‘rish uni betalofat o‘tkazish yuzasidan hisoboti” tinglanmoqda.

Sessiya tafsilotlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.


https://t.iss.one/SamTvr
Ушбу инстаграм канали орқали сиз Ортиқ Султонов ижод-ўқув маркази хақида маълумот олиб, бориб ўқишингиз мумкин.

https://t.iss.one/SamTvr
#presstur

“Pet agro oil” qo‘shma korxonasi 2021 yilda 487,0 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan

Korxona rahbariyati yana yangi loyihalar ustida ish olib bormoqda...

Batafsil:👇
https://tayloq.uz/uz/node/1682

https://t.iss.one/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Арзонлаштирилган савдо ярмаркалари
#24dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Халқ қабулхонасида туман ҳокимининг қабули ўтказилди

⚡️Хабарингиз бор, ҳафтанинг ҳар жума куни Оқдарё тумани ҳокими “Халқ қабулхонаси”да фуқароларни қабул қилади.
Бугун Халқ қабулхонаси биносида туманимизнинг янги ҳокими Шерзод Қудратов фуқаролар муаммоларини ўрганиш, уларнинг турмуш тарзини яхшилаш мақсадида аҳоли билан юзма-юз учрашиб, уларни қийнаб келаётган муаммолар билан ўртоқлашди.
Халқ қабулхонаси мудири А.Игамбердиев ҳамда тегишли ташкилот раҳбарлари иштирок этган мазкур қабул давомида уй-жой масаласи, кредит ажратиш, моддий ёрдам тайинлаш, бандлик, йўл таъмири, тиббий ёрдам сингари масалалар борасида қилинган мурожаатлар юзасидан қонун доирасида тушунтиришлар берилди. Муддат талаб қиладиган мурожаатлар ижросини таъминлаш борасида тегишли ташкилот раҳбарларига топшириқлар берилиб, ижроси қатъий назоратга олинди.

Оқдарё туман ҳокимлиги ахборот хизмати

https://t.iss.one/SamTvr