Samarqand TVR | MTRK
4.59K subscribers
106K photos
52.8K videos
535 files
66.5K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Ички ишлар ходимлари касб байрамини нишонлади

Бугун Оқдарё туманида Ўзбекистон Республикаси ички ишлар органлари ташкил этилганлигининг 30 йиллиги ва ички ишлар идоралари ходимлари касб байрами муносабати билан тантанали тадбир бўлиб ўтди.

Тадбирда туман ҳокими Н.Сулаймонмов сўзга чиқиб, аҳоли тинчлиги ва осойишталиги йўлида фидокорона хизмат қилиб келаётган соҳа вакилларини касб байрами билан табриклади.
–Мамлакатимизда ҳуқуқ-тартибот идоралари ходимларига ҳар доим алоҳида ҳурмат ва эҳтиром билан қаралган. Уларнинг муваффақиятли хизмати замирида эса ҳар доим шахсий ҳалоллик, ўз иши ва бурчига садоқатлилик каби эзгу фазилатлар мужассам, – деди ҳоким.
Тадбир давомида пайтда юрт тинчлиги ва халқ осойишталиги йўлида кўп йиллар меҳнат қилган ва айни вақтда самарали хизмат қилаётган ички ишлар идоралари ходимларига туман ҳокимлигининг фахрий ёрлиқ ва эсдалик совғалари топширилди.

Оқдарё туман ҳокимлиги ахборот хизмати
OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK ILMIY FAOLIYATIMIZ NATIJADORLIGIGA VA SALOHIYATLI KADRLAR TAYYORLASHGA XIZMAT QILADI

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida ilmiy-amaliy faoliyat davomida bu boradagi vazifalarga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 5-6-noyabr kunlari Pedagogika va tillarni o‘qitish hamda Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakultetlarida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetida o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishida SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sherzod Urakov, fakultet dekani Anvar Sobirov va boshqalar universitet va ota-onalar hamkorligi talabaning o‘z majburiyatini belgilangan talab asosida bajarishi, ilmiy salohiyat yuksalishiga xizmat qilishini ta'kidladi.

Batafsil: 👉 telegra.ph/samdukf-ped-11-07

https://t.iss.one/SamTvr
#LIVE

"SAMARKAND HALF MARATHON" халқаро мусобақаси иштирокчилари стартга тўпланишмоқда...

https://t.iss.one/SamTvr
"SAMARKAND HALF MARATHON" халқаро спорт мусобақаси иштирокчилари бугун 2 км, 10 км ва 21 км масофани қуйидаги йўналишлар бўйича босиб ўтишади...

https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"SAMARKAND HALF MARATHON" халқаро мусобақасига старт берилди...


https://t.iss.one/SamTvr
​​❗️Kasallanishlar soni yana pasaydi: kecha mamlakatimizda 260 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, pnevmoniyaga chalinish holatlari qayd etilmadi

🔺2021 yil 6 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 187924 (+258) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌18 nafari Andijon viloyatida,
📌6 nafari Buxoro viloyatida,
📌6 nafari Jizzax viloyatida,
📌3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌1 nafari Navoiy viloyatida,
📌14 nafari Namangan viloyatida,
📌22 nafari Samarqand viloyatida,
📌3 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌23 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌17 nafari Xorazm viloyatida,
📌48 nafari Toshkent viloyatida,
📌92 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️Kecha kun davomida:
🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar,
🔹Andijon viloyatida 27 nafar,
🔹Buxoro viloyatida 5 nafar,
🔹Jizzax viloyatida 31 nafar,
🔹Qashqadaryo viloyatida 6 nafar,
🔹Navoiy viloyatida 2 nafar,
🔹Namangan viloyatida 21 nafar,
🔹Samarqand viloyatida 25 nafar,
🔹Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
🔹Farg‘ona viloyatida 20 nafar,
🔹Xorazm viloyatida 7 nafar,
🔹Toshkent viloyatida 45 nafar,
🔹Toshkent shahrida 156 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 183969 (+357) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

⚫️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1338 nafarni tashkil qildi.

Mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgan bo‘lsa-da, aholidan hotirjamlikka berilmaslikni, belgilangan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini va bu orqali o‘zlarini hamda boshqa yurtdoshlarimizning salomatligini asrashini so‘rab qolamiz.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.