Samarqand TVR | MTRK
4.59K subscribers
106K photos
52.8K videos
535 files
66.5K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шавкат Мирзиёев: Президент сифатида мен мамлакатимиз тинчлиги, эл-юрт фаровонлиги, Ватан тараққиёти йўлида бутун борлиғимни бағишлаб, халқимга садоқат билан хизмат қилишни ҳаётимнинг маъно-мазмуни деб биламан

Шавкат Мирзиёев: Как Президент я считаю смыслом своей жизни преданно служить нашему народу, полностью посвятив себя обеспечению мира и благополучия родной страны, ее развитию.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🌤7-noyabr. Samarqandda ob-havo biroz isiydi

Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq boʻladi.

Viloyatimizning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 0-5 daraja iliq boʻladi.
#Samarqand
#Samarkand_bandlik

Samarqand viloyati sudi sudyalari
bilan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mehnat nizolari yuzasidan sudlarga kiritilayotgan da’vo arizalar, mehnat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar, yangi tahrirdagi mehnat kodeksining mohiyati muhokama qilindi

💁‍♀Batafsil....

Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik
Ички ишлар ходимлари касб байрамини нишонлади

Бугун Оқдарё туманида Ўзбекистон Республикаси ички ишлар органлари ташкил этилганлигининг 30 йиллиги ва ички ишлар идоралари ходимлари касб байрами муносабати билан тантанали тадбир бўлиб ўтди.

Тадбирда туман ҳокими Н.Сулаймонмов сўзга чиқиб, аҳоли тинчлиги ва осойишталиги йўлида фидокорона хизмат қилиб келаётган соҳа вакилларини касб байрами билан табриклади.
–Мамлакатимизда ҳуқуқ-тартибот идоралари ходимларига ҳар доим алоҳида ҳурмат ва эҳтиром билан қаралган. Уларнинг муваффақиятли хизмати замирида эса ҳар доим шахсий ҳалоллик, ўз иши ва бурчига садоқатлилик каби эзгу фазилатлар мужассам, – деди ҳоким.
Тадбир давомида пайтда юрт тинчлиги ва халқ осойишталиги йўлида кўп йиллар меҳнат қилган ва айни вақтда самарали хизмат қилаётган ички ишлар идоралари ходимларига туман ҳокимлигининг фахрий ёрлиқ ва эсдалик совғалари топширилди.

Оқдарё туман ҳокимлиги ахборот хизмати
OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK ILMIY FAOLIYATIMIZ NATIJADORLIGIGA VA SALOHIYATLI KADRLAR TAYYORLASHGA XIZMAT QILADI

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida ilmiy-amaliy faoliyat davomida bu boradagi vazifalarga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 5-6-noyabr kunlari Pedagogika va tillarni o‘qitish hamda Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakultetlarida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetida o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishida SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sherzod Urakov, fakultet dekani Anvar Sobirov va boshqalar universitet va ota-onalar hamkorligi talabaning o‘z majburiyatini belgilangan talab asosida bajarishi, ilmiy salohiyat yuksalishiga xizmat qilishini ta'kidladi.

Batafsil: 👉 telegra.ph/samdukf-ped-11-07

https://t.iss.one/SamTvr