Samarqand TVR | MTRK
4.59K subscribers
106K photos
52.8K videos
535 files
66.5K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришди ва қасамёд қилди. Айни пайтда давлатимиз раҳбари маъруза қилмоқда.

Шавкат Мирзиёев вступил в должность Президента Республики Узбекистан и принес присягу. В эти минуты глава государства выступает с инаугурационной речью.
Шавкат Мирзиёев: Жонажон Ватанимиз тимсоли ва мустақиллигимиз рамзи бўлган давлат байроғимиз, мадҳиямиз ва гербимизга, менга топширилган Президентлик Олий нишони ва байроғига юксак ҳурмат бажо келтираман.

Шавкат Мирзиёев: Высоко чту символы нашей дорогой Родины и независимости – государственный флаг, гимн и герб, а также врученные мне высший знак и штандарт Президента.
​​Tahlil va sarhisob

Ta’kidlash joizki, viloyatda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, xorijga tayyor mahsulotlar eksportini amalga oshirish jarayonida bojxona organlari tadbirkorlik subyektlariga yaqindan ko‘mak berib kelishmoqda.
Masalan, 2021 yilning yanvar-oktabr oylari davomida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan xorijdan import qilingan tovarlarga qonunchilikda belgilangan stavkalar asosida jami 2 907,77 mlrd. so‘m bojxona to‘lovlari hisoblangan bo‘lsa, shundan, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 365,15 mlrd. so‘m yoki hisoblangan bojxona to‘lovlarining 46,9 foizi miqdorida imtiyozlar qo‘llanildi.
Shuningdek, viloyat hududida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga o‘tgan davr mobaynida jami 68 ta holatda 368,7 mlrd. so‘m miqdoridagi bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi.
Samarqand viloyatining tashqi savdo aylanuvi 2021 yilning yanvar-oktabr oylari davomi yillik davomida 1 372,70 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Quvonarlisi shundagi hamon davom etib kelayotgan koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’siriga qaramay, viloyatning eksport ko‘rsatkichlari tobora oshib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Xususan, 2020 yilning shu davrida 236,55 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovarlar xorij bozoriga yo‘l olgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 108,83 mln. AQSH dollariga yoki – 46,0 foizga ko‘payib, 345,38 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Eksport qilingan tovarlar asosan:
- meva-sabzavot mahsulotlari-97,8 mln. AQSH dollar yoki 28,3%;
- to‘qimachilik mahsulotlari - 84,6 mln. AQSH dollar yoki 24,5%;
- kalava ip - 32,3 mln. AQSH dollar yoki 9,3%;
- transport va uning ehtiyot qismlari - 27,6 mln. AQSH dollar yoki 8,0%;
- metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar – 21,6 mln. AQSH dollar yoki 6,3%;
- oziq-ovqat mahsulotlari - 20,7 mln. AQSH dollar yoki 6,0%;
- hayvonlar uchun ozuqalar (maydalanmagan dondan tashqari) – 17,4 mln. AQSH dollar yoki 5,3%;
- boshqa tovarlar – 43,3 mln. AQSH dollar yoki 12,5% ni tashkil etadi.
Hisobot davri davomida Xavfni boshqarish tizimi orqali jami 43 156 ta bojxona yuk deklaratsiyalari tegishli “yashil”, “sariq”, “qizil” yo‘laklarga yo‘laklarga taqsimlanib, qisqa vaqt mobaynida rasmiylashtirilishiga erishilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 172 taga yoki 27,0 foizga ko‘p BYUD rasmiylashtirilgan.
Bugungi kunda viloyat hududida 42 ta (35 ta ochiq va 7 ta yopiq) bojxona omborlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘tgan davr mobaynida viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan jami 625 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, ular bo‘yicha 12 mlrd. 658,2 mln. so‘mlik tovarlar ushlab qolingan, ularga 27 mlrd. 655,3 mln. so‘m bojxona to‘lovlari hisoblangan. Ushbu davrda 32 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Kontrabandaga qarshi kurashish borasida 99 ta holatda 2238,72 gr. geroin, 22655,77 gr. opiy, 8057,95 gr. gashish, 1410,95 gr. marixuana, 112 tup kannabis o‘simligi, 7 dona kuchli ta’sir qiluvchi tabletka aniqlangan.
Shuningdek, 8857 kg. rangli metall va qora metall mahsulotlari, 6 mln. 490 ming so‘mlik paxta yog‘i ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan moyjuvoz, 4 ta ov quroli yasash uchun moslamalar hamda 75 dona gilza, 124 mln. 976 ming so‘mlik biologik aktiv qo‘shimchalar, 3,050 mln. so‘mlik 500 liter dizel yoqilg‘isi, 3530 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuvining oldi olingan.
2021 yilning 10 oyi yakuni davomida viloyat bojxona boshqarmasiga jismoniy shaxslardan 45 ta hamda yuridik shaxslardan 28 ta yozma murojaatlar kelib tushgan.
Ushbu fursatdan foydalanib eslatib o‘tamiz, Davlat bojxona qo‘mitasining 11-08 hamda viloyat bojxona boshqarmasining (66) 233-63-00 raqamli “Ishonch telefoni” tizimi 24 soat davomida faoliyat olib bormoqda.
Sohaga oid savollaringiz yuzasidan mazkur telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin. Sizning har bir murojaatingiz javobsiz qoldirilmaydi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | «Samarqand half marathon»га тайёргарлик жараёнлари
#6nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv